Fan nomi: Atrofimizdagi olam Sinf: 2 “_____” Sana: ____________
Mavzu: Hashorotlar hayoti.
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: o‘quvchilarni hasharotlar haqida tushuncha berish, fikr-mulohazalarni oshirish;
b) tarbiyaviy: o‘quvchilarda tabiatga g‘amxo‘rlik hissini uyg‘otish, hasharotlarning tabiatga foydali va zararli oqibatlarini o’quvchilarga yetkazish;
d) rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning o'zlari yashab turgan tabiatdagi hashorotlar haqidagi bilimlarini rivojlantirish, ular haqidagi dastlabki ko‘nikmalarni shakllantirish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi.
Darsning uslubi: savol-javob, tushuntirish, „Klaster“ usuli.
Didaktik mashqlar: ,,0‘rnini top!“ mashqlari,
Dars jihozlari: slaydlar, darslik, foydali qazilma- lardan namunalar, suv.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism:
—salomlashish;
—davomatni aniqlash;
—ob-havo haqida suhbat.
II. 0‘tilgan mavzuni so‘rash va mustahkamlash:
— Aziz bolajonlar, biz o‘tgan darsimizda qaysi mavzu bilan tanishgan edik?
0‘tilgan dars mavzusi asosida savollar beriladi.
1. Ijtimoiy-foydali mehnat nima degani?
2. Ijtimoiy-foydali mehnat haqida nimalarni bilasiz?
0‘quvchilarning javoblari tinglanadi va klaster usulida yozib boriladi.
III. Yangi rnavzu bayoni:
Yer yuzida hasharotlarning turi juda ko'p. Ular, asosan, quruqlikda yashaydi. Suvda juda kam hasharotlar hayot kechiradi. Hasharotlarning asosiy belgisi ko'pchiligining oyoqlari 6 ta ekanligidir. Ularning kattaligi har xil bo'ladi.
Hasharotlar: 1 — chumoli; 2 —ninachi; 3 —kapalak; 4 — chigirtka.
Hasharotlarning foydalilari ham, zararlilari ham bor. Chigirtka ekinlarga, buta va daraxtlarga katta zarar yetkazadi. Chivin, pashsha, burga kabi hasharotlar kasallik tarqatadi. Lekin foydali hasharotlar ham ko'p. Asalarilar bol yig'ayotib olma, nok, shaftoli va boshqa daraxt gullarini changlatadi. Changlangan gullar mevaga kiradi. Asalarining asali juda mazali. Ipak qurti esa ipak tayyorlaydi. Xonqizi zararli qurtlarni yeydi. Chuvalchang yerni yumshatib, unumdor bo'lishiga yordam beradi.
Hasharotlar, asosan, to'da-to'da bo'lib yashaydi. Chumolilar, arilar, asalarilar shular jumlasiga kiradi.
A salarilar mumdan to'g'ri katakli in qurishadi. Chumolilar esa yerni kovlab uya qurishadi. Ularning uyalari ko'p xonali bo'lib, birxonada Ona chumoli yashaydi. Ozuqalar boshqa xonada, tuxumlari yana boshqa xonada bo'ladi. Ishlar ham aniq taqsimlanadi. Ona chumoli tuxum qo'yadi. Ishchi chumolilar oziq-ovqat keltirishadi, ularni tozalashadi, chirindi, po'choqlarni uyadan tashqariga chiqarib tashlashadi. Jangchi chumolilar esa Ona chumoli, ishchi chumolilar, tuxumlar, uya va yig'ilgan ozuqalarni qo'riqlaydi.
Ko'p hasharotlar qishda uyquga ketishadi. O'z uyalarida erta bahorgacha uxlashadi. Shuning uchun ular kuzda qishga oziq-ovqat yig'ishadi.
IV. Mustahkamlash:
0‘quvchilarga quyidagi topshiriq beriladi: foydali va zararkurada hashorotlar nomini yozishadi.
FOYDALI HASHOROTLAR
|
ZARARKURANDA HASHOROTLAR
|
|
|
|
|
|
|
|
|
O’quvchilar savollarga javob berishadi.
Hasharotlarning asosiy belgisi nima?
Foydali hasharotlardan qaysilarini bilasiz?
Qaysi zararli hasharotlarni bilasiz?
V. 0‘quvchilami baholash va darsni yakunlash:
— Bugungi dars sizga yoqdimi? Hashorotlar haqida nimalarni bilib oldingiz?
Darsda faol qatnashgan o‘quvchilar rag‘batlantiriladi.
VI. Uyga vazifa:
Chumolilarni kuzating. Ular uyasiga nimalar tashib kelayotganini, uyasidan nimalarni chiqarib tashlayotganini, Ona chumolining oddiy chumolidan farqini aniqlang.
Chumoli uyasining tashqi ko'rinishi rasmini ishlang.
Ko’rildi
O‘TIBDO‘: ___________ ____________________
(imzo)
Do'stlaringiz bilan baham: |