Qizil va qora indd


V Ta’sirchanlik va akobir munofiq



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/106
Sana13.07.2021
Hajmi3,11 Mb.
#117514
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   106
Bog'liq
Qizil va qora

V

Ta’sirchanlik va akobir munofiq

Xiyol bo‘lsa-da, jonli fikr aytish gustoxlikdek 

ko‘rinadi, bu yerda siyqa va ma’nisiz gaplarga shu 

qadar o‘rganib qolishgan. Suhbat chog‘i o‘ziga xos 

gaplarni aytgan odamni Xudo urdi deyavering.

Foblaz.

Bir necha oy sinov muddati tugab, uy boshqaruvchisi yilning 

uchinchi choragi uchun maoshini keltirib berganida Jyulenning ahvoli 

quyidagicha edi. Janob de lya Mol unga Bretan va Normandiyadagi 

yerlarni boshqarish ustidan nazorat qilib turishni topshirdi. Abbat 

de Friler bilan bo‘lgan o‘sha mashhur da’volashuv bo‘yicha barcha 

yozishmalar ham uning zimmasiga yuklandi. Abbat Pirar uni bu ish 

bilan batafsil tanishtirib chiqdi.

Markiz o‘zining nomiga kelgan turli-tuman xatlarning hoshiyasiga 

yozib qo‘ygan qaydlarni dasturilamal qilgan holda Jyulen javoblar 

yozar va bu javoblarning deyarli hammasi markizning imzosiga noil 

bo‘lar edi.

Seminariyada o‘qituvchilar Jyulenning darslarga qunt qil-

masligidan afsuslanishardi, lekin shunga qaramay, uni o‘zlarining 

eng ajoyib shogirdlaridan biri deb hisoblashardi. Nafsoniyati aziyat 

chekkan bu odam turli-tuman ishlarga shu qadar jon-jahdi bilan 

berilib ketdiki, provinsiyadan kelganida ikki yuzi qip-qizil bo‘lsa, 

endi bir holatga tushib qolgan edi. Ammo uning bunday so‘lg‘inligini 

se minarist o‘rtoqlari fazilat deb hisoblashardi, Jyulenning nazarida, 

bular bezansonlik hamkasabalari kabi yovuz ham, pulga o‘ch ham 

emasdilar, talabalar esa, o‘z navbatida, uni sil kasali bo‘lsa kerak, 

deb o‘ylashardi. Markiz unga ot sovg‘a qildi. Otda sayr qilib yurgan 

chog‘ida tasodifan seminaristlardan birontasi ko‘rib qolishidan 



295

cho‘chigan Jyulen ularga, ot minib sayr qilishni menga doktorlar 

buyurgan, deb aytdi. Abbat Pirar uni turli yansenist doiralarga olib 

kirdi. Jyulen qattiq hayratga tushdi, shu paytga qadar uning din 

haqidagi tasavvuri munofiqlik va pulga hirs qo‘yish bilan bog‘liq edi. 

Yigit daromad haqida mutlaqo o‘ylamaydigan bu qattiqqo‘l, xudotars 

odamlarga ixlos qo‘yib qoldi. Ulardan ko‘pchiligi yigitga do‘stona mu-

nosabatda bo‘lib, unga turli maslahatlar berishardi. Jyulenning oldida 

yangi bir dunyo ochilmoqda edi. Yansenistlar orasida u juda baland 

bo‘yli, liberal, o‘z vatanida o‘limg‘a ham hukm qilingan va, shu bilan 

birga, g‘oyat xudojo‘y bir odam bo‘lgan graf Altamira bilan tanishib 

qoldi. Bu g‘alati ziddiyat – xudojo‘ylik va ozodlikka bo‘lgan muhab-

batning bir kishida mujassamligi uni juda hayratga solmoqda edi.

Jyulenning yosh graf Norber bilan o‘zaro munosabati birmun-

cha sovuqroq bo‘lib qolgandi. Norber ba’zi do‘stlarining hazil-huzul 

gaplariga javob berishda Jyulen biroz haddidan oshyapti, deb hi-

soblardi. Bir-ikki marta suhbat chog‘i odob qoidalarini buzib qo‘ygani-

dan so‘ng Jyulen o‘ziga-o‘zi m-l Matilda bilan hech qachon birinchi 

bo‘lib gaplashmaslikka so‘z berdi. De lya Mol xonadonida barcha u 

bilan doim g‘oyat muloyim gaplashardi, biroq yigit ularning ko‘zida 

ma’lum qadar obro‘sini tushirib qo‘yganini his etdi. Uning provinsial 

bama’niligi buni hamma narsa yangiligida yaxshi bo‘ladi, degan xalq 

maqoli bilan izohlardi. Ehtimol, u birinchi kunlardagiga qaraganda 

farosatliroq bo‘lib qolgandir yoki balkim parijliklarning boshida Jyu-

lenni o‘ziga rom qilib qo‘ygan xushmuomalaligi endi uni shunchaki 

kamroq maftun qilayotgandir.

U ishini tugatgan zahoti haddan tashqari zerika boshlardi; in-

sonning kiborlar jamiyatidagi tutgan o‘rniga qarab juda aniq taq-

simlangan, bir maromdagi xushmuomalalikning tinkani qurituvchi 

ta’siri shunaqa bo‘ladi. Sal bo‘lsa-da, ta’sirchan odam muomaladagi 

bu sun’iylikni juda yaxshi his etadi.

Albatta, provinsiyada odamlar birmuncha qo‘rsroq bo‘lishadi, 

lekin u yerda siz bilan gaplashayotgan suhbatdoshingiz biroz ruh-

lanib ketadi. De lya Mol xonadonida Jyulenning izzat-nafsi hech 

qachon aziyat chekmasdi, ammo kunning oxiriga borib u ko‘pincha 

yig‘lagisi kelardi. Provinsiyada mabodo qahvaxonaga kirayotib biron 

nojo‘ya ish qilib qo‘ysangiz, ofitsiant darrov sizga e’tibor berardi. 

Agar o‘sha voqeaning nafsoniyatingizga tegadigan biror tomoni 

bo‘lsa, u sizga hamdardlik bildirar va dilingizni og‘ritadigan o‘sha 



296

so‘zni kamida o‘n marta takrorlardi. Parijda esa nazokat yuzasidan 

sezdirmay qulishadi, lekin siz u yerda doim va hamma uchun begona 

bo‘lib qolaverasiz.

Biz, agar Jyulenni jamiyatda tutgan o‘rni tufayli kalaka qilishga 

arzimaydi deb hisoblamaganlarida, qahramonimizni kulgili ahvolga 

solib qo‘yishi mumkin bo‘lgan turli-tuman mayda sarguzashtlarni 

gapirib o‘tirmaymiz. U o‘zining o‘ta ta’sirchanligi sababli behisob 

xatolarga yo‘l qo‘ymoqda edi. Uning barcha ko‘ngil ochishlari ehti-

yotkorlikka o‘xshab ketardi: u har kuni to‘pponcha otib mashq qilar 

va mashhur qidichboz-o‘qituvchilardan birining tirishqoq shogirdi 

hisoblanardi. Bo‘sh vaqti bo‘ldi deguncha, bir paytdagiga o‘xshab, 

kitob o‘qish o‘rniga, u manejga yugurar va eng asov otlarni berishni 

talab qilardi. Bereytor bilan sayr qilar ekan, u deyarli har gal otdan 

yiqilardi.

Markiz Jyulenni o‘zi uchun juda ma’qul xodim hisoblardi, zero 

Jyulen zo‘r berib ishlar, kamgap va ziyrak edi; asta-sekin markiz unga 

tushunib tagiga yetmoq uchun anchayin aql-idrok talab qilinadigan 

ishlarni ham topshira boshladi. Dabdabali rejalaridan qo‘li bo‘shagan 

kezlari markiz o‘z ishlarini juda oqilona yuritardi; barcha yangiliklar-

dan boxabar bo‘lgani tufayli u birjada muvaffaqiyat bilan o‘ynardi. U 

uy va mulklar sotib olardi, biroq jahli tez bo‘lgani sababli arzimagan 

narsa uchun ham g‘azablanaverardi. U yuzlab luidorni sovurib yubo-

rardi-yu, qandaydir yuz frankni deb sudlashardi. Qo‘li ochiq badavlat 

odam ishlarda ham daromad emas, ermak izlaydi. Markizga chindan 

ham moliyaviy ishlarni qulay va izchil bir tartibga sola biladigan o‘ziga 

xos shtab boshlig‘i kerak edi.

De lya Mol xonim o‘zining bosiq tabiatiga qaramay, ba’zan Jyulenni 

masxara qila boshlardi. Ta’sirchanlik natijasida beixtiyor qilingan 

barcha xatti-harakatlar asilzoda xonimlarni dahshatga soladi – buni 

ular odob qoidalariga zid deb hisoblaydilar. Markiz ikki-uch bor 

Jyulenning yonini oldi: «Agar u sizning mehmonxonangizda kulgili 

ko‘rinsa, yozuv stoli yonida zo‘r ish qilyapti...» Jyulen, o‘z navbatida, 

markizaning sirini bilib oldim, deya hisoblardi. Xonim baron de lya 

Jumatning ismini eshitgan zahoti juda sermulozamat bo‘lib, har 

narsaga qiziqa boshlardi. Baron basharasi gezarib yuradigan behad 

sovuq bir odam edi. U o‘rta bo‘yli, ozg‘in, bad-bashara kimsa bo‘lib, 

doim juda yaxshi kiyinardi, saroydagi qabul marosimlariga kanda 

qilmay borib turar va, odatda, biron nimani gapirmasdi. Uning fikr 



297

yuritish tarzi ana shunday edi. De lya Mol xonim agar uni kuyov qilib 

olishga erishganida, umri bino bo‘lib birinchi marta o‘zini chinaka-

miga baxtiyor his etgan bo‘lardi.




Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish