lozim ko‘rardi. Lekin tan olish kerakki, u zamonaviy arboblarning
odamlarni birma-bir sanab chiqqan edi.
292
Abbat Pirar qo‘shni mehmonxonaga o‘tdi. Jyulen unga ergashdi.
– Sizni ogohlantirib qo‘yay: markiz iste’dodsiz qalamkashlarni
yoqtirmaydi. U yomon ko‘radigan yagona narsa ana shu. Mayli, agar
qo‘lingizdan kelsa, lotin, grek tillari, Misr va Eron tarixi va shunga
o‘xshash bo‘lak fanlarni bilaverishingiz mumkin, u sizni olim sifatida
hurmat qilib, sizdan marhamatini ayamaydi. Ammo fransuz tilida bir
sahifa ham yozishdan sizni Xudo saqlasin, ayniqsa sizning jamiyatda
tutgan o‘rningizga munosib bo‘lmagan jiddiy materiyalar to‘g‘risi-
da yoza ko‘rmang, u darhol sizni no‘noq qalamkash deb ataydi-yu,
yomon ko‘radi-qo‘yadi. Nahot arkoni davlatning xonadonida ya-
shab turib, shu paytgacha gersog de Kastrining d’Alamber va Russo
haqida: «Hamma narsa haqida mulohaza yuritishni istaydilar, ammo
o‘zlarining ming ekyu ham rentalari yo‘q», deya aytgan mashhur
gapini bilmasangiz?!
«Demak, bu yerda ham, – deya xayolidan o‘tkazdi Jyulen, – xuddi
seminariyadagi kabi hamma narsa ma’lum bo‘lar ekan!» Bir kuni u
yuksak uslubda besh-o‘n qog‘oz qoralab qo‘ygan edi. Bu, Jyulenning
o‘zi e’tirof qilishicha, uni odam qilgan keksa tabib nomiga madhiyadek
bir narsa edi. «Lekin o‘sha daftarcham doim tortmada qulflog‘liq turar
edi-ku axir!» – deya o‘zicha xitob qildi Jyulen. Ammo u shu zahoti o‘z
xonasiga kirib, qo‘lyozmani yoqib yubordi-da, mehmonxonaga qayt-
di. Basavlat muttahamlar g‘oyib bo‘lib, faqat orden taqqan nufuzli
zotlargina qolishgandi.
Xizmatkorlar mehmonxonaga yasatib olib qirgan stol atrofida
o‘ttiz yoshdan o‘ttiz beshgacha bo‘lgan yetti-sakkizta eng asilzoda,
juda taqvodor va takabbur xonimlar o‘tirishgan edi. Mehmonxonaga
shu qadar kechikib kelgani uchun uzr so‘raganicha marshal de Fer-
vakning go‘zal rafiqasi kirib keldi. Vaqt yarim kechadan oshib qolgan
edi. U markizaning yoniga borib o‘tirdi. Jyulenning qalbini chuqur
hayajon qamrab oldi: bu ayolning ko‘zlari va nigoh tashlashi de Renal
xonimnikiga juda ham o‘xshab ketardi.
M-l de lya Molning to‘garagi hali ancha gavjum edi. Qiz va uning
do‘stlari bechora graf de Talerni zavq bilan kalaka qilishmoqda edi.
Bu behisob boyligi bilan mashhur bo‘lgan yahudiyning yolg‘iz o‘g‘li
edi. U bu boylikni xalqlarga qarshi kurash olib borish uchun qirollarga
pul qarz berib yurib orttirgandi. Yahudiy yaqinda qazo qilgan bo‘lib,
o‘g‘ilchasiga oyiga yuz ming ekyu renta hamda afsuski yomon nom
chiqargan ismi sharifini meros qoldirgan edi.
293
Bunday g‘alati ahvolga tushib qolgan odam yo juda soddadil yoki
irodasi mustahkam bo‘lmog‘i lozim. Graf soddadil edi-yu, lekin baxtga
qarshi laganbardorlarning ta’sirida o‘ziga ancha bino qo‘ygandi.
Janob de Kaylyusning ta’kidlashicha, graf de Taler laganbar-
dorlarning maslahati bilan bo‘lajak gersog va yuz ming livr rentaning
egasi markiz de Kruaznua ko‘nglini ovlamoqchi bo‘lib yurgan m-l de
lya Molga sovchi qo‘ymoqchi ekan.
– Eh, unda shunday istak tug‘ilib qolgani uchun u kishini aybsit-
manglar, – dedi go‘yo rahmi kelgan kishi bo‘lib Norber.
Bechora graf de Talerga, chamasi, chindan ham xuddi ana shu
istash qobiliyati yetishmasdi. O‘z xarakterining ana shu xususiya-
tiga ko‘ra u qirollik taxtiga munosib odam edi. U dunyodagi barcha
odamlar bilan maslahatlashar, biroq olgan maslahatini nihoyasiga
yetkazmoq uchun hech qachon matonati yetishmasdi.
– Uning basharasini ko‘rishim bilanoq qotib-qotib kulgim keladi, –
dedi m-l de lya Mol. Bezovtalik va ko‘ngil qolishning g‘aroyib ifodasi
aks etgan bu basharada ba’zi-ba’zida birdan Fransiyadagi eng badavlat
kishiga va, ayniqsa, yoshi o‘ttiz oltidan oshmagan xushro‘ygina yi-
gitga munosib ravishda viqorli va shijoatli bo‘lib ko‘rinishga urinish
alomatlari sezilib qolardi. «Tortinchoq surbet», derdi uni janob de
Kruaznua. Graf de Kaylyus, Norber va yana ikki-uch mo‘ylovdor yigit
graf de Talerni rosa kalaka qilishgach (buni u tushunmadi, albatta),
soat birga zang chalganidan so‘ng uni mehmonxonadan chiqarib
yuborishdi.
– Nahot o‘sha mashhur arabiy tulporlaringiz shunday ob-havoda
sizni ko‘chada kutayotgan bo‘lsa? – dedi unga Norber.
– Yo‘q, bu boshqa otlar, ularni ancha arzonga olganman, – deya
javob qildi janob de Taler. – So‘l tomondagi ot menga besh ming
frankka tushgan, o‘ng tomondagisi uchun esa bor-yo‘g‘i yuz luidor
to‘laganman, lekin uni karetaga faqat tunda qo‘shishadi. Gap shundaki,
ikkovi ham bir xil yo‘rg‘alaydi.
Norberning gapidan so‘ng graf o‘zi kabi bir odam uchun otlarga
ishqibozlik juda yarashajagi va shu boisdan ham ularni yomg‘ir tagida
kuttirib qo‘yishi yaxshi emasligini o‘ylab qoldi. U chiqib ketdi, haligi
yigitlar esa bir daqiqalardan so‘ng uning ustidan kula-kula mehmonx-
onani tark etishdi.
«Mana, – deya o‘ylardi Jyulen yigitlarning zinapoyada xaxolab
kulishlariga quloq solar ekan, – bugun o‘zining jamiyatdagi mavqeiga
294
ko‘ra mening butunlay aksim bo‘lgan odamni ko‘rdim. Mening bir
yillik daromadim yigirma luidorga ham bormaydi, shundoq yongi-
namda esa bir soatlik daromadi yigirma luidorni tashkil etadigan
odam turibdi. Lekin hamma uni kalaka qiladi. Bunday tomosha hasad
qilish dardidan butunlay davolashi mumkin».
Do'stlaringiz bilan baham: