Qizil va qora indd



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/106
Sana13.07.2021
Hajmi3,11 Mb.
#117514
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   106
Bog'liq
Qizil va qora

III

Ilk qadamlar

Yarqirab turgan chiroqlarning shu’lasiga 

garq bo‘lgan bepoyon vodiy va son-sanoqsiz 

olomon ko‘zimni qamashtiryapti. Meni bironta 

ham odam tanimaydi, hamma menga yuqoridan 

qaraydi. Es-hushimni yo‘qotib qo‘ydim.



Reyna.

Ertasi kuni erta tongda Jyulen kutubxonada o‘tirib, xatlarni 

qay ta ko‘chirmoqda edi, birdan yon tomondagi devorda kitoblar 

bilan niqoblangan yashirin eshik ochilib m-l

34

 Matilda paydo bo‘ldi. 



Jyulen bu mohirona kashfiyotga qoyil qolib tikilar ekan, m-l Matilda 

yigitga hayratlanib qarab turar va, chamasi, uni bu yerda uchratib 

qolganidan juda norozi ko‘rinar edi. Sochlariga papilotkalar

35

 qadab 



olgan qiz Jyulenga dag‘al, dimog‘dor va, hatto, erkak kishiga o‘xshab 

ko‘rindi. M-l de lya Mol otasining kutubxonasidan yashirincha kitob 

olib yurar va uydagilardan birontasi ham bundan bexabar edi. Endi 

bo‘lsa, ma’lum bo‘lishicha, qiz bu yerga bekor kelibdi. Unga eng alam 

qiladigan joyi shu bo‘ldiki, bugun u Volterning «Vavilon malikasi» 

kitobining ikkinchi jildiga kelgan edi. Bu kitob esa mustabidona va 

yuksak diniy tarbiyasi bilan faxrlanuvchi Iso qalbi monastirida tahsil 

ko‘rgan qiz uchun munosib qo‘llanma edi. Endigina o‘n sakkiz bahorni 

ko‘rgan bu qiz endi oddiy romanlar bilan qanoatlanmay, biror o‘tkir-

roq asarni o‘qishni istardi.

Soat uchlarga yaqin kutubxonada graf Norber paydo bo‘ldi: u, 

mabodo kechqurun siyosatdan gap ochilsa, noqulay ahvolda qolmas-

lik uchun gazeta varaqlash niyatida kirgan bo‘lib, Jyulenni ko‘rgani-

dan mamnun ekanligini aytdi. Aslida esa u dunyoda shunday odam 

borligini allaqachon unutib bo‘lgan edi. U juda xushmuomalalik bilan 

Jyulenga ot minib sayr qilishni taklif etdi.

– Otam bizga peshinga qadar javob berdi. Jyulen «bizga» degan 

so‘zning ma’nosini uqib, zavqlandi.

34

 Mademuazel. Bundan keyingi o‘rinlarda bu so‘z shu tarzda qisqartirilib 



beriladi.

35

 Papilotka – sochni jingalak qilish uchun ishlatiladigan qog‘oz (tarj.).




278

– Yo Xudoyim, janob graf, – dedi Jyulen, – agar gap ulkan bir da-

raxtni qulatib, uning po‘stlog‘ini shilish va taxta tilib arralash haqida 

ketganida edi, men o‘zimning naqadar shovvoz ekanimni ko‘rsatib 

qo‘yardim. Biroq umrim bino bo‘lib, nari borsa, olti marta ot mingan 

bo‘lsam kerak.

– Juda yaxshi, bu endi yettinchisi bo‘ladi, – deya javob qildi Norber.

Verrerda qirolni kutib olingan kunni eslar ekan, Jyulen o‘zicha 

otni juda yaxshi minaman, deb o‘ylardi. Biroq Bulon o‘rmonidan 

qaytishar ekan, Jyulen Bak ko‘chasining eng gavjum joyida yelib ke-

layotgan kabrioletga chap beraman, deb otdan yiqilib tushdi va butun 

engil-boshini loyga bulg‘ab oldi. Yaxshiyamki unga ikkita kostyum 

tiktirishgan ekan. Tushki ovqat payti u bilan gaplashmoqchi bo‘lgan 

markiz ulardan qanday sayr qilishganini so‘radi. Norber umumiy bir 

gap aytib, javob berib qo‘ya qoldi.

– Janob graf menga cheksiz muruvvat ko‘rsatyaptilar, – deya 

e’tiroz bildirdi Jyulen. – Men u kishidan benihoya minnatdorman 

va marhamatlarini sira unutmayman. U kishi menga eng yuvosh va 

eng chiroyli otni berishni buyurdilar, lekin baribir meni otga bog‘lab 

qo‘ya olmasdilar-ku, shu boisdan ham mana shu uzun ko‘chaning 

qoq o‘rtasida, shundoq ko‘prikning oldida men otdan qulab tushdim.

M-l Matilda, o‘zini tutib turishga qanchalik harakat qilmasin, 

piqillab kulib yubordi, keyin esa sira tortinib o‘tirmay bu voqeaning 

tafsilotlarini surishtira boshladi. Jyulen soddagina qilib bor gapni 

aytib berdi, shu boisdan ham garchi o‘zi sezmagan bo‘lsa-da, hikoyasi 

juda yoqimli chiqdi.

– Bu abbatcha tushmagurdan ish chiqadiganga o‘xshaydi, – dedi 

markiz akademikka qarab. – Bunday vaziyatda o‘zini shu qadar erkin 

tutadigan provinsiyalikni birinchi ko‘rishim! Bunisi ham yetmagan-

day, bu voqeani xonimlar oldida hikoya qilayotganini aytmaysizmi?

Jyulen bu ko‘ngilsiz voqeani hikoya qilib tinglovchilarini o‘ziga 

shu qadar rom qilib qo‘ydiki, tushlikning oxirida umumiy suhbat 

boshqa mavzuga ko‘chganidan keyin ham m-l Matilda hamon 

akasidan bu voqea tafsilotlarini so‘rab-surishtirishda davom etardi. 

Uning savollarini eshitib o‘tirar ekan, Jyulen bir necha marta qizning 

o‘ziga qarab qo‘yganini ko‘rib, garchi u savolni akasiga berayotgan 

bo‘lsa-da, unga o‘zi javob qilishga jur’at etdi va ular uchovlashib 

xuddi chekka bir qishloqdagi oddiy dehqon bolalari kabi xaxolab 

kula boshlashdi.



279

Ertasi kuni Jyulen uluhiyat bo‘yicha ikkita leksiya tingladi-da, 

so‘ngra yigirmatacha xatni qayta ko‘chirmog‘i lozim bo‘lgan kutub-

xonaga qaytdi. Bu yerda u o‘z stoli yonida juda bashang kiyingan, 

lekin hasadgo‘yligi basharasidan shundoqqina bilinib turgan juda 

ko‘rimsiz bir yigitga duch keldi.

Shu payt kutubxonaga markiz kirib qoldi.

– Siz bu yerda nima qilyapsiz, janob Tambo? – deya so‘radi u jiddiy 

ohangda kelgindi yigitdan.

– Men o‘ylovdimki... – deya gap boshladi yigit yaltoqilik bilan 

iljayib.

– Yo‘q, afandim, siz hech nimani o‘ylagan emassiz. Urinishingizni 

muvaffaqiyatsiz chiqdi, deb hisoblashingiz mumkin.

Yosh Tambo sapchib o‘rnidan turdi-da, achchiqlanganicha kutub-

xonadan g‘oyib bo‘ldi. Bu de lya Mol xonimning do‘sti, anavi akademi-

kning adabiyot sohasiga kirmoqchi bo‘lib yurgan jiyani edi. Akademik 

markizdan uni kotiblikka olishni iltimos qilgandi. Tambo alohida 

xonada ishlardi, lekin u Jyulenning qanday imtiyozga ega ekanligini 

bilgach, o‘zining ham ko‘ngli shunday imtiyozdan foydalanishni tu-

sab qolgan va bugun ertalab barcha yozuv anjomlarini ko‘targanicha 

kutubxonaga kirib kelgan edi. 

Soat to‘rtda Jyulen, biroz ikkilanib turgach, graf Norberning oldiga 

kirishga jur’at etdi. Graf ot minib sayrga chiqmoqchi bo‘lib turgan edi 

va g‘oyat xushmuomala odam bo‘lgani uchun ham birmuncha noqulay 

ahvolga tushib qoldi.

– O‘ylaymanki, – dedi u Jyulenga. – Siz tez orada manejda saboq ola 

boshlaysiz, shunda bir necha haftadan so‘ng men siz bilan bajonidil 

sayr qilgani chiqaveraman.

– Menga ko‘rsatayotgan iltifotingiz uchun sizga o‘z minnat-

dorchiligimni bildirmoqchi edim. So‘zlarimga ishoning, taqsir, – deya 

qo‘shimcha qildi Jyulen nihoyatda samimiyat bilan, – sizdan naqadar 

minnatdor bo‘lmog‘im lozimligini juda chuqur his etyapman. Agar 

kechagi uquvsizligim tufayli otingizga ziyon yetmagan bo‘lsa, bugun 

ham uni minib sayr qilsam, devdim.

– Mayli, azizim Sorel, lekin yiqilib mayib bo‘lsangiz, o‘zingizdan 

ko‘ring. Ehtiyotkorlik yuzasidan sizni ogohlantirib qo‘ydim. Gap 

shundaki, soat to‘rt bo‘ldi, vaqtni boy bermaylik bo‘lmasam.

– Yiqilmaslik uchun nima qilish kerak o‘zi? – deya so‘radi Jyulen 

yosh grafdan ular otlarga minishgach.



280

– Juda ko‘p sharti bor buning, – dedi javoban Norber xaxolab 

kular ekan. – Xo‘sh, masalan, egarda gavdangizni orqaga tashlab 

o‘tirmog‘ingiz kerak.

Jyulen otni yo‘rttirib ketdi. Ular Lyudovik XVI maydoniga chi-

qishdi.


– Obbo botir-ey! – dedi Norber. – Ekipajlarning ko‘pligini ko‘ryap-

sizmi, ularni o‘lguday beparvo odamlar boshqarib boryapti. Yiqilib 

tushsangiz bormi, manovi tilbyurilarning bari sizni darhol bosib 

ketadi: yelib borayotgan otni birdan to‘xtataman, deb suvliq bilan 

uning jag‘ini yirtishni kim ham istardi deysiz.

Norber yigirma martacha Jyulenning otdan yiqilay-yiqilay 

deyayotganini ko‘rdi, lekin oxir-oqibatda, sayr tinchlik bilan tugadi. 

Ular uyga qaytib kelishgach, yosh graf singlisiga qarab dedi:

– Marhamat qilib, hech narsadan qaytmaydigan dovyurak odam 

bilan tanishib qo‘ying!

Ovqatlanib o‘tirishib, stolning narigi tomonidagi otasi bilan suh-

batlashayotgan Norber Jyulenning beqiyos jasoratini maqtay boshladi. 

Biroq bu yigitning ot minish san’atida maqtovga arzigulik yagona 

narsa edi. Yosh graf ertalab hovlida otlarni tozalayotgan otboqarlar 

Jyulenning yiqilib tushganini g‘iybat qilishgani va adabsizlik bilan 

uning ustidan kulishganini eshitgan edi.

Ana shu barcha iltifot va xayrixohlikka qaramay, Jyulen tezda o‘zini 

bu oilada butunlay yolg‘iz his eta boshladi. Bu yerda hukm surayotgan 

qoida va odatlar unga juda g‘alati bo‘lib tuyular va yigit dam-badam 

ularni buzib turardi. Xizmatkorlar esa, u yo‘l qo‘ygan xatolarni ko‘rib, 

og‘izlari quloqlariga yetardi.

Abbat Pirar o‘z qavmiga jo‘nab ketdi. «Agar Jyulen tebranib turgan 

qo‘g‘a bo‘lsa, mayli, halok bo‘laversin, lekin matonatli odam bo‘lsa, u 

holda o‘ziga-o‘zi yo‘l ochsin», deya muhokama yuritardi u.




281


Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish