Qizil va qora indd



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/106
Sana13.07.2021
Hajmi3,11 Mb.
#117514
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   106
Bog'liq
Qizil va qora

IKKINCHI QISM

O‘zi chiroyli emas, chunki yuziga qizil surt-

magan.

Sent-Byov.

I

Qishloqdagi ermaklar

O rús, guando ego te adspiciam!

29

 

Goratsiy.



– Siz, afandim, Parijga boradigan pochta karetasini kutyapsiz 

shekilli? – dedi unga mehmonxona xo‘jayini yigit u yerga tamaddi 

qilgani kirganida.

– Bugun bo‘lmasa, ertaga ham ketaveraman, shoshiladigan joyim 

yo‘q, – deya javob qildi unga Jyulen.

U o‘zini iloji boricha beparvo ko‘rsatishga harakat qilardi. Shu 

payt bekatga pochta karetasi yetib keldi. Unda ikkita bo‘sh o‘rin  

bor ekan.

– Iye! O‘zingmisan, bechora Falkoz! – deya xitob qildi Jenevadan 

kelayotgan sayyoh Jyulenning ortidan karetaga chiqib kelayotgan 

yo‘lovchiga qarab.

– Men bo‘lsam seni, Lionga yaqin biror joyda, Rona sohilidagi biror 

ajoyib vodiyda o‘rnashib olgandirsan, deb o‘ylovdim.

– O‘rnashib olganmishman! Qochib kelyapman u yerdan.

– Nimalar deyapsan! Sen, ya’ni Sen-Jiro bo‘la turib qochib kel-

yapsanmi? Farishtadek bir odam bo‘lsang, sen ham jinoyatchilar 

qatoriga qo‘shilib qolibsan-da! – dedi Falkoz kulib.

29

 O, qishlog‘im, seni ko‘rar kun ham bormikin!




257

– Shunday bo‘lsa, ehtimol, yaxshiroq ham bo‘lardi, Xudo haqqi. 

Men provinsiyadagi dahshatli hayotdan qochib kelyapman. O‘zing 

bilasan, o‘rmonining soya-salqini-yu, qishloqning sukunatini yaxshi 

ko‘raman. Xayolparastligim uchun necha bor ta’na qilgan eding. Um-

rim bino bo‘lib o‘sha la’nati siyosatga aralashgan emasman, meni esa 

u yerdan xuddi shu siyosat quvib yubordi.

– Qanaqa partiyaga a’zosan o‘zi?

– Hech qanday partiyaga, lekin xuddi shu narsa mening boshimga 

yetdi. Men musiqani, tasviriy san’atni sevaman. Yaxshi kitob – men 

uchun katta bir voqea. Mening butun siyosatim ana shu. Yaqinda qirq 

to‘rt yoshga to‘laman. Xo‘sh, yana qancha yashashim mumkin? O‘n 

besh yil yasharman, yigirma yil, xo‘p – nari borsa o‘ttiz yil degin. Endi 

bu yog‘ini eshit. O‘ylaymanki, o‘ttiz yillardan so‘ng ministrlar ancha 

quvroq bo‘lib qolishadi, lekin, albatta, ular ham hozirgilaridek juda 

halol odamlar bo‘lishadi. Angliya tarixi, xuddi ko‘zgudek, menga butun 

kelajagimizni ko‘rsatib turibdi. Doim o‘zining alohida huquqini ken-

gaytirishni istaydigan birorta qirol topiladi, doim deputatlik kursisi, 

Miraboning shuhrati va u yuz minglab o‘margan pul haqidagi orzular 

provinsiya boyonlarining uyqusini buzib keladi: ularning tilida bu li-

beral bo‘lish va xalqni sevish deb ataladi. Perlar yoki kamer-yunkerlar 

safiga qo‘shilish istagi ultraroyalistlarni doimo gijgijlab keladi. Har 

qanday odam ham davlat kemasining darg‘asi bo‘lib olishga intiladi, 

zero bunga durust haq to‘lashadi. Nahotki u yerda oddiy bir sayyoh 

uchun ham kichkinagina joy topilmasa?

– Nima bo‘ldi o‘zi, qani gapir, boshingga qanday g‘avg‘o tushdi? 

Sening tepsa-tebranmas odam ekanligingni nazarda tutganda juda 

qiziq ish bo‘lganga o‘xshaydi: seni provinsiyadan so‘nggi saylovlar 

quvib yubormadimi ishqilib?

– Mening baxtsizliklarim ancha ilgariroq boshlandi. To‘rt yil 

muqaddam, qirq yoshda ekanligimda mening besh yuz ming frank 

pulim bor edi, endi yoshim to‘rt yilga ko‘paydi, pulim esa ellik minglar 

chamasi kamayadiganga o‘xshaydi. Bu pulni men Ronadagi Monfleri 

qasrimni sotish vaqti yo‘qotyapman. O‘zi juda ajoyib joy.

Parijda o‘n to‘qqizinchi asr sivilizatsiyasi deb atalgan lo‘ttiboz-

ligingiz jonimga tegdi. Men kunimni vaqtichog‘lik bilan o‘tkazib, 

tinchgina yashasam, degandim. Shuning uchun Rona sohilidagi tog‘ 

yonbag‘ridan bir mulkni sotib oldim. Xushmanzaralikda beqiyos, 

dunyoda bundan chiroyliroq joy topilmasa kerak.



258

Qavm ruhoniysi va mayda-chuyda dvoryanchalar, mening qo‘shni-

larim, yarim yilgacha ko‘nglimni olishga urinib yurishdi, men esa 

ularni ziyofat qilib, derdim: «Men siyosat haqida umrimning oxiri-

gacha bir og‘iz ham so‘z eshitmaslik uchun Parijdan bu yerga ko‘chib 

keldim. Ko‘rib turibsizlar, bironta ham gazetaga yozilgan emasman. 

Keyin pochtalyon menga qancha kam xat olib kelsa, shuncha ko‘p 

xursand bo‘laman».

Biroq, ma’lum bo‘lishicha, qavm ruhoniysining o‘z rejalari bor 

ekan: tez orada ming xil talablar, aybsitishlar bilan tinkamni qurita 

boshlashdi. Men yo‘qsillar uchun yiliga ikki yuz-uch yuz frank berib 

turmoqchi edim. Yo‘q! Ular bu pulni qandaydir Avliyo Iosif, Bibi 

Maryam va hokazo diniy jamiyatlar foydasiga to‘laysiz, deb talab qi-

lishdi. Men yo‘q dedim, shundan so‘ng bechora boshimga la’nat tosh-

lari yog‘ila boshladi. Men, ahmoq, xafa bo‘lib yuribman. O‘sha-o‘sha 

ertalab uydan chiqib, tog‘larimizning chiroyidan bahra ololmaydigan 

va bemalol sayr qilolmaydigan bo‘lib qoldim, albatta biror bemazagar-

chilik sodir bo‘lardi-yu, shirin xayol surib yurganimda ta’bimni tirriq 

qilar va menga eng jirkanch bir usul bilan dunyoda johil odamlar mav-

judligini eslatar edi. Mana, masalan, oyat o‘qib, sanam yurishi o‘tyapti, 

deylik – men oyat kuyini yaxshi ko‘raman (chamasi bu kuy qadimgi 

greklar davridan qolgan bo‘lsa kerak), – shunday qilib, ular mening 

dalalarimni duo qilmay o‘tishardi, zero, popimizning aytishicha, bu 

dalalar aslida noinsof odamning yerlari emish. Munofiq qishloqi kam-

pirning sigiri harom o‘ldi, deylik. Shundan so‘ng u darhol, sigirim anavi 

parijlik nopok faylasufning hovuzi yonida o‘tlagani uchun harom o‘ldi, 

deya gap tarqatadi. Qarabsizki, bir haftadan so‘ng hovuzdagi barcha 

baliqlarim qornilarini osmonga qilib, suv betida qalqib yurgan bo‘ladi: 

ularni ohaktosh bilan zaharlashibdi. Xullas, menga yomonlik qilish-

ning ming xil yo‘li bor edi. Sudyamiz halol odam edi, lekin u lavozi-

midan ajralib qolishdan qo‘rqardi, shu boisdan ham meni doim nohaq 

derdi. Qishloqdagi tinchgina hayot men uchun jahannamga aylandi. 

Odamlar iezuitlarning mahalliy jamiyati boshlig‘i – qavm ruhoniysi 

mendan yuz o‘girganini, o‘sha yerdagi liberallar rahbari – iste’fodagi 

kapitan esa meni qo‘llab-quvvatlamayotganini ko‘rishgach, hamma 

menga qarshi tish qayray boshladi, bir yil davomida non-tuzimni yeb, 

menikida yashagan g‘isht teruvchidan tortib plugimni tuzatayotib 

meni chuv tushirishdan hayiqmagan aravasoz ustagacha – hamma 

menga qarshi chiqdi.



259

Nihoyat, biror suyanchiqqa ega bo‘lib, suddagi da’volashuvlardan 

hech bo‘lmasa bittasini yutib chiqmoq niyatida men liberal bo‘lib ol-

dim. Shu payt hozir o‘zing aytgan saylovlar boshlanib qoldi va mendan 

ovoz berishni talab qilishdi.

– O‘zingga noma’lum bo‘lgan nomzodgami?

– Yo‘q, aksincha, u menga otning qashqasidek ma’lum edi. Men 

bosh tortdim – bilsam, o‘taketgan darajada ehtiyotsizlik qilibman! 

Endi liberallardan baloga qoldim, ahvolim chidab bo‘lmaydigan da-

rajada chatoqlashdi. Agar qavm ruhoniysining miyasiga meni idish 

yuvuvchi xotinni so‘yib o‘ldirganlikda ayblash fikri kelib qolganida, 

ikkala to‘dadan ham mening jinoyatimni o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan yigir-

matadan guvoh topilishi turgan gap edi.

– Nima, sen qishloqda pastkash qo‘shnilaring ko‘nglini topmay, 

hatto ularning safsatasiga quloq solmay yashash mumkin, deb 

o‘ylovmiding? G‘irt ko‘rlik-ku axir bu!

– Endi ko‘zim ochildi. Monflerini sotyapman, mayli, lozim bo‘lsa, 

shu ish tufayli ellik ming frank yo‘qotsam yo‘qota qolay, lekin, nihoyat, 

o‘sha munofiqlik va razolat botqog‘idan qutulib chiqqanim uchun 

xursand bo‘lganimdan hali ham o‘zimga kelolganim yo‘q.

Endi men yolg‘izlik va qishloq osoyishtaligini Fransiyada topilishi 

mumkin bo‘lgan yagona joydan – bironta uyning to‘rtinchi qavatidagi 

derazasi Yelisey maydoniga qaragan mansardasidan izlashga qaror 

qildim. Bilasanmi, men hatto qavmimizga prosforalar

30

 in’om etish 



yo‘li bilan Rul kvartalida siyosiy obro‘yimni ta’minlasammikin, deb 

o‘ylab ham yuribman.

– Ha, Bonapart davrida boshingga bunday g‘avg‘olar tushmagan 

bo‘lardi! – dedi Falkoz ko‘zlari g‘azab va o‘kinchdan chaqnab.

– Salomat bo‘lsinlar-e! O‘sha Bonaparting nega kerak bo‘lmagan 

joyga tumshug‘ini tiqdi? Hozir mening boshimga tushgan kulfatlar-

ning bari o‘shaning ishi.

Boyadan beri diqqat bilan quloq solib kelayotgan Jyulen bu gapni 

eshitib yanada sergaklandi. U dastlabki so‘zlardanoq manovi bona-

partist Falkoz janob de Renal 1816-yilda yuz o‘girgan yoshlikdagi 

do‘sti ekanligini payqagan edi. Faylasuf Sen-Jiro esa, chamasi, prefek-

tura idorasi boshlig‘ining ukasi bo‘lsa kerak. Akasi jamoat binolarini 

arzon-garovga sotib olgan edi.

30

 P r o s f o r a – cherkovda ibodat vaqtida iste’mol qilinadigan kulchalar (tarj.).




260

– Bularning bariga o‘sha Bonaparting aybdor, – deya davom 

etdi Sen-Jiro. – Hamyonida besh yuz ming frank puli bo‘lgan qirq 

yoshli odam, hech kimga yomonlik qilmagan taqdirda ham, provin-

siyada yashab, u yerda ruhiy osoyishtalikka erisholmas ekan, 

poplar va mahalliy asilzodalar uni u yerdan quvib yuborishar  

ekan.

– Qo‘y, u haqda bunday yomon gapirma! – deya xitob qildi Falkoz, 



– hech qachon Fransiya xalqlar orasida u hukmronlik qilgan o‘sha o‘n 

uch yildagidek obro‘ qozongan emasdi. O‘sha paytda qilingan barcha 

ishlarda ulug‘vorlik bor edi.

– Sening o‘sha jin urgur imperatoring, – deya e’tiroz bildirdi qirq 

to‘rt yoshli janob, – faqat jang maydonida ulug‘ edi. Yana u ming sakkiz 

yuz ikkinchi yili moliya ishlarini tartibga solganida ham olihimmatlilik 

qilgandi. Ammo shundan keyin aynishining boisi nima? Uning bar-

cha kamergerlari, barcha dabdabasi-yu, Tyuilridagi tantanali qabul 

marosimlari – bularning bari o‘sha mustabidona bema’niliklarni 

takrorlash, uni qayta nashr qilishning xuddi o‘zginasi. Bu nashr-

ning u yoq-bu yog‘ini tuzatib, yangilashdi, u yana bir, hatto ikki asr 

turib berishi mumkin edi. Zodagonlar va poplar eski idora uslubiga 

qaytishni istab qolishdi, biroq ularda bu uslubni xalqqa taqdim eta 

biladigan metin iroda yo‘q!

– Bu deyman, chindan ham keksa gazetachining nutqi bo‘ldi-ku!

– Xo‘sh, meni yer-mulkimdan kim quvib yubordi? – deya davom 

etdi g‘azabi qaynagan gazetachi. – Napoleon o‘z konkordati

31

 bilan 



qaddini qaytadan tiklab qo‘ygan o‘sha poplar quvib yubordi meni. 

Imperator ularni davlatimizda yashaydigan vrachlar, advokatlar, 

astronomlar qatori ko‘rib, oddiy fuqaro hisoblash va rizq-ro‘zini 

ta’minlayotgan kasbi bilan mutlaqo qiziqmaslik o‘rniga ularning 

mavqeini qayta tiklab berdi. Agar o‘sha Bonaparting baron va 

shahzoda unvonlarini bo‘lashib bermaganida, manovi surbet dvor-

yanchalar hozir kekkayib yurarmidi axir? Yo‘q, ularning kuni bitib 

borayotgan edi o‘shanda. Endi bo‘lsa, poplardan keyin, xuddi o‘sha 

qishloqi zodagonlar hammadan ko‘proq qonimni qaynatishdi, meni 

liberal bo‘lishga ham o‘shalar majbur etishdi. Suhbatning oxiri ko‘rin-

masdi. Fransiya bu mavzuda yana yarim asrgacha gap sotsa kerak. 

31

 Konkordat – biror hukumat bilan Rim papasi o‘rtasidagi tuzilgan shartnoma 




Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish