Qizil va qora indd



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/106
Sana13.07.2021
Hajmi3,11 Mb.
#117514
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   106
Bog'liq
Qizil va qora

markiz de lya Mol».

Qattiqqo‘l abbat Pirar, o‘zi ham bilmagan holda, dushmanlarga 

to‘lib-toshgan o‘z seminariyasini juda yaxshi ko‘rardi, mana o‘n besh 

yildirki, uning butun fikr-xayoli ana shu seminariyaga bag‘ishlangan 

edi. Janob de lya Molning maktubi abbatga xuddi uni og‘ir, lekin 

muqarrar operatsiya qilish uchun kelgan jarrohdek ta’sir etdi. Uni 

ishdan olishlari aniq edi. Abbat boshqaruvchi bilan uch kundan so‘ng 

uchrashishga kelishib oldi.

Qirq sakkiz soat davomida u juda ikkilanib yurdi. Nihoyat, abbat 

janob de lya Molga xat yozdi va yepiskop hazratlariga maktub bitdi. 

Maktub ekkleziastik uslubning haqiqiy durdonasi bo‘ldi-yu, biroq 

xiyol uzunroq chiqdi. Chuqur hurmat-ehtirom bilan sug‘orilgan 

bunday bejirim iboralardan yaxshirog‘ini o‘ylab topish amrimahol 

edi. Biroq janob de Frilerni o‘z boshlig‘i oldida biror soat mushkul 

ahvolga solish uchun mo‘ljallangan bu maktubda jiddiy shikoyat 

uchun barcha asoslar butun tafsilotlari bilan bayon etilgandi. Bu 

zug‘umlarga, tirnoq orasidan kir izlashlargacha abbat olti yildan 



229

buyon bardosh berib kelar ekan. Lekin oxiri yeparxiyani tark et-

moqqa jazm qilibdi.

Uning omboridan o‘tin o‘g‘irlashar ekan, itini zaharlashibdi va 

hokazo, va hokazo.

Maktubni yozib tugatgach, abbat barcha seminaristlar qatori soat 

sakkizda uxlaydigan Jyulenni uyg‘otib kelishni buyurdi.

– Yepiskopning saroyi qayerda joylashganini bilasizmi? – deya 

murojaat qildi u Jyulenga sof lotin tilida. – Bu maktubni hazrati 

buzrukka eltib berasiz. Sizni bo‘rilar galasiga yuborayotganimni 

yashirmayman. Siz faqat ko‘z va quloq bo‘lmog‘ingiz darkor. Javobla-

ringizda hech qanday yolg‘onga yo‘l qo‘ymang, lekin savol beruvchi 

odam sizga ziyon keltirsa, ehtimol, chin ko‘ngildan xursand bo‘lishini 

ham unutmang. Bu makonni tark etmoqdan avval sizga shunday 

sinovdan o‘tmoqqa imkoniyat berayotganimdan bag‘oyat xursand-

man, bo‘tam, zero siz eltib beradigan ushbu maktub mening iste’foga 

chiqmoq haqidagi arizam ekanligini sizdan sir tutmoqchi emasman.

Jyulen turgan joyida qotib qoldi. U abbat Pirarga qattiq mehr 

qo‘ygan edi. Shu tobda Jyulenning ehtiyotkorligi unga: «Bu halol odam 

seminariyadan ketgach, Iso qalbi partiyasi meni quvg‘in qiladi va, 

ehtimol, butunlay haydab yuboradi», deya behuda ta’kidlamoqda edi.

U o‘zi haqida o‘ylay olmasdi. Jyulen taraddudga tushib qolgandi, 

chunki u ustoziga bir gap aytmoqchi edi-yu, biroq uni og‘ir botmay-

digan qilib aytishning yo‘lini topolmay garang bo‘lib turardi.

– Xo‘sh, nima gap, do‘stginam? Nega ketmay turibsiz?

– Gap shundaki, – dedi iymanibgina Jyulen, – eshitishimcha, siz 

seminariyada shuncha yil rahbarlik qilib sira pul jamg‘armagan ekan-

siz. Mening esa olti yuz frank pulim bor...

Ko‘z yoshlari gapirishga xalal bermoqda edi.

– Bu ham e’tiborga olinadi, – deya sovuqqina javob qildi semi-

nariyaning sobiq direktori. – Saroyga tezroq jo‘nang, vaqt ham kech 

bo‘lib qoldi.

Tasodifan bu kecha yepiskop qabulxonasida janob abbat de Friler 

navbatchi ekan. Hazrati buzrukning o‘zlari esa prefekturadagi ziyofat-

ga ketgan ekanlar. Shunday qilib, Jyulen maktubni janob de Frilerning 

o‘ziga topshirdi, biroq yigit uning kimligidan bexabar edi, albatta.

Jyulen abbatning yepiskop nomiga yozilgan xatni takallufsizlik 

bilan ochganini ko‘rib, hayratga tushdi. Katta vikariyning chiroyli 

yuzida avvaliga xursandlik, taajjub aks etdi, keyin esa tashvishli bir 



230

ifoda paydo bo‘ldi. Abbat maktubni o‘qir ekan, uning husniga qoyil 

qolgan Jyulen unga yaxshilab razm solishga ulgurdi. Agar yuz tuzi-

lishining allaqaysi jihatlarida o‘taketgan quvlik aks etib turmaganida, 

bu abbat juda salobatli ko‘rinishi mumkin edi. Mabodo u o‘zining 

chiroyli yuzidagi ifodani bir lahzagina unutsa, yolg‘onchiligi ham 

sezilib qoladigandek tuyulardi. Uning oldinga turtib chiqqan burni 

ajoyib to‘g‘ri chiziq hosil qilardi-yu, biroq baxtga qarshi bu basavlat 

chehrani tulkining tumshug‘iga o‘xshatib qo‘yardi. Xonasi kelganda 

shuni ham qayd qilmog‘imiz kerakki, janob Pirarning iste’fosiga 

g‘oyat qiziqib qolgan abbat juda bashang kiyingan edi. Ilgari bironta 

ham ruhoniyning bunday kiyinganini ko‘rmagan Jyulenga bu hol juda 

yoqib tushdi.

Oradan ancha vaqt o‘tganidan so‘ng Jyulen abbat de Frilerning 

alohida iste’dodi nimadan iborat ekanligini bilib oldi. U o‘z yepis-

kopi, Parijda yashashga o‘rganib qolgan va Bezansonda o‘zini xuddi 

surgun qilingandek his etadigan shirinso‘z qariyaning ko‘nglini 

ovlashga usta ekan. Yepiskopning ko‘zi ojiz bo‘lib, baliqdan pishiril-

gan taomlarni jonidan ham yaxshi ko‘rarkan. Abbat de Friler esa 

yepiskop hazratlari tanovul qilayotganida baliq qiltanoqlarini olib 

tashlab berarkan.

Jyulen iste’fo haqidagi arizani qayta o‘qib chiqayotgan abbatga 

indamay tikilib turar ekan, daf’atan eshik sharaqlab ochildi. Xonaga 

shosha-pisha bashang kiyingan malay kirib keldi. Yigit eshik tomon 

o‘girilib qarashga arang ulgurdi: u ko‘ksiga xoch osgan jikkakkina 

cholni ko‘rdi. Jyulen darhol tiz cho‘kdi-yu, ikki bukilib ta’zim qildi; 

yepiskop unga qarab muloyim jilmayganicha o‘tib ketdi. Xushro‘y 

abbat yepiskopning ortidan ichkari kirib ketdi-yu, qabulxonada 

yolg‘iz o‘zi qolgan Jyulen atrofidagi hashamatni bemalol tomosha 

qila boshladi.

Uzoq muhojirlik mashaqqatlaridan zukko aqli chiniqqan Bezan-

son yepiskopi yetmish besh yoshga borgan qariya bo‘lib, u, o‘n yildan 

so‘ng nima bo‘lishi haqida mutlaqo tashvish qilmasdi.

– Ko‘zlari tiyrak anavi seminarist kim bo‘ldi? – deya so‘radi 

yepiskop. – Axir ular mening ustavimga binoan allaqachon yotgan 

bo‘lishlari kerak emasmidi?

– Kafolat berib aytishim mumkinki, bunisining ko‘zida uyqudan 

asar ham yo‘q, hazrati buzruk. U bizga bag‘oyat muhim xabar keltirdi: 

yeparxiyangizda qolgan yagona yansenist iste’foga chiqish haqida 



231

ariza beribdi. Nihoyat, anavi yaramas abbat Pirar undan nima istash-

larini tushunibdi.

– Shunaqami! – dedi quvlik bilan jilmayib yepiskop. – Bahs boy-

lashim mumkin, siz uning o‘rniga tanlagan odamingiz abbatga sira 

ham teng kelolmaydi. Shu boisdan ham, siz bunday odamlarning 

qadriga yetmog‘ingiz uchun men uni ertaga tushlik ziyofatga taklif 

qilaman.


Katta vikariy yangi direktor haqida gap ochmoqchi bo‘ldi. Biroq bu-

gun ish bilan shug‘ullanishga hushi bo‘lmagan prelat unga qarab dedi:

– Boshqasining kelishiga ijozat etmoqdan avval mana bunisining 

qanday ketishini bir ko‘raylik-chi. Anavi seminaristni bu yoqqa cha-

qiring, norasidaning tili haqiqatni so‘ylagay.

Jyulenni chaqirishdi. «Hozir ikki inkvizitorga duchor bo‘laman», 

deya o‘yladi u. Yigit qalbida ilgari sira ham bunday jasorat his etma-

gandi.


U xonaga kirib kelganida janob Valenodan ham bashangroq 

kiyingan ikki norg‘ul xizmatkor yepiskop hazratlarini yechintirish-

moqda edi. Prelat abbat Pirar haqida gap ochishdan avval Jyulenning 

o‘qishdagi muvaffaqiyatlari to‘g‘risida so‘rashni lozim topdi. U dog-

matikadan bir necha savol berdi-yu yigitning javoblarini eshitgach, 

lol bo‘lib qoldi. So‘ngra u klassiklar – Virgiliy, Goratsiy va Sitseronlar 

ijodi haqida savol berdi. «Ana shu mualliflar menga pand berishgandi, 

o‘shalarni deb bir yuz to‘qson sakkizinchi o‘rinni olgandim, – deya 

xayolidan o‘tkazdi Jyulen. – Endi qo‘rqadigan joyim yo‘q, o‘zimizni 

ko‘rsatishga urinib ko‘ramiz». U chindan ham o‘zini ko‘rsata oldi, 

klassiklarni o‘zi ham juda yaxshi biladigan prelat qoyil qoldi.

Prefekturadagi ziyofat chog‘ida mashhur bir qiz Magdalina 

haqidagi poemani o‘qigan edi. Ko‘ngli adabiyot to‘g‘risida suhbat 

qurishni istab turgan yepiskop Goratsiyning boy yoki kambag‘al 

o‘tganini seminarist bilan berilib muhokama qilar ekan, tezda 

abbat Pirarni ham, o‘zining barcha ishlarini ham unutib qo‘ydi. 

Prelat u yoki bu qasidani yoddan o‘qir ekan, ba’zan xotirasi pand 

berib tutilib qolardi, ana

 

shunda Jyulen kamsuqumlik bilan she’rni 



kelgan joyidan davom ettirib, oxirigacha o‘qib berardi. Yepiskopni 

ayniqsa bu o‘rinda Jyulenning suhbat ruhidan chiqib ketmay, lotin 

tilidagi yig‘irma yoki o‘ttiz she’rni, xuddi seminariyadagi kundalik 

ishlar haqida hikoya qilayotgandek, o‘zini erkin tutib o‘qib bergani 

hayratga soldi. Ular Virgiliy haqida uzoq gaplashib o‘tirishdi. Suh-



232

bat oxirida prelat yosh seminaristni maqtab qo‘yishdan o‘zini tutib 

tura olmadi.

– Siz ilm-u fanda katta muvaffaqiyatlarga erishibsiz.

– Hazrati buzruk, – deya javob qildi unga Jyulen, – seminariyangiz 

sizga yana bir yuz to‘qson yetti maqtovingizga munosib o‘quvchini 

taqdim etishi mumkin.

– Bu nima deganingiz? – so‘radi prelat bunday raqamdan hayratga 

tushib.

– Siz hazrati buzruklariga ma’lum qilish sharafiga muyassar 

bo‘lgan bu gapni rasmiy guvohnoma bilan tasdiqlashim mumkin. Bu 

yilgi seminariya imtihonlarida meni hozir hazrati buzruklarining 

maqtoviga musharraf etgan xuddi shu fanlardan javob berib, bir yuz 

to‘qson sakkizinchi o‘rinni oldim.

– A-a! Demak, bu abbat Pirarning sevimli shogirdi ekan-da! – 

deya xitob qildi yepiskop kula-kula, janob de Frilerga qarab qo‘yar 

ekan. – O‘ziyam shunaqa bo‘lsa kerak, deb o‘ylagan edik. Lekin, bu 

– halol urush. Shunday emasmi, do‘stginam, – deya qo‘shimcha qildi 

u Jyulenga qarab, – sizni bu yoqqa yuborish uchun hoynahoy yotgan 

joyingizdan turg‘azishgan bo‘lishsa kerak-a?

– Ha, hazrati buzruklari. Men, Loshi Masiho bayrami kuni soborni 

bezashda janob abbat Sha Bernarga yordam berish uchun borganimni 

mustasno qilganda, umrim bino bo‘lib seminariyadan yolg‘iz o‘zim 

chiqqan emasman.

– Optime, – dedi yepiskop. – Demak, o‘sha par bog‘lamlarini 

taxtiravon chambariga o‘rnatib, jasorat ko‘rsatgan odam siz ekan-

siz-da? Men har yili ularni ko‘rganimda seskanib tushaman va bu par 

bog‘lamlari bironta odamning boshiga yetmasa edi, deb qo‘rqaman. 

Do‘stginam, shu ketishda siz hali juda o‘sasiz. Biroq men sizning, 

shubhasiz, ajoyib martabaga erishishingizda g‘ov bo‘lmoqchi va sizni 

ochdan o‘ldirmoqchi emasman.

Shunday deya yepiskop biskvit bilan may keltirishni buyurdi. 

Jyulen huzur qilib bu taomlardan tatib ko‘ra boshladi. Abbat de Friler 

esa undan ham o‘tib tushdi, zero u odamlarning sevinib, ishtaha bilan 

tanovul qilishlari yepiskopga yoqishini yaxshi bilardi.

Kechaning shunday ko‘ngilli o‘tayotganidan borgan sayin mam-

nun bo‘lib borayotgan prelat Jyulen bilan cherkov tarixi haqida 

gaplashmoqchi bo‘ldi-yu, darhol Jyulen uni tushunmayotganini sez-

di. Shundan so‘ng u Konstantin davridagi Rim imperiyasida hukm 



233

surgan urf-odatlar haqida so‘z ochdi. Majusiylikning so‘nggi davriga 

ham XIX asrda hayotdan hafsalasi pir bo‘lib, zerikayotgan ko‘pgina 

kishilarni ezib turuvchi ruhiy bezovtalik va gumonsirash xos edi. 

Yepiskop Jyulen hatto Tatsitning nomini ham eshitmaganini  ko‘rdi.

U shu munosabat bilan o‘z hayratini izhor qilgan edi. Jyulen 

soddagina qilib seminariya kutubxonasida bu muallifning asarlari 

yo‘qligini aytdi.

– A, shunaqa deng, yaxshi, buni eshitishdan juda xursandman, – 

dedi quvnoqlik bilan yepiskop. – Siz mushkulimni oson qildingiz: o‘n 

daqiqadan beri, siz tufayli bugungi kechaning ko‘ngilli o‘tgani uchun 

sizni qanday xursand qilsam ekan, deb boshim qotayotgan edi. O‘z 

seminariyamda o‘qiydigan talabaning olim bo‘lib chiqishini sira kut-

magan edim. Garchand bu ruhoniylarga xos tuhfa bo‘lmasa-da, sizga 

Tatsitni sovg‘a qilmoqchiman.

Prelat ajoyib muqovali sakkiz jildni keltirishni buyurdi-da, birinchi 

jildning birinchi betiga lotin tilida Jyulen Sorelga mukofot tariqasida 

iltifotli hadyanoma yozib berdi. Yepiskop lotin tilini nozik tomonlari-

gacha bilishi bilan faxrlanib yurardi. Xayrlasha turib, u Jyulenga butun 

suhbatdan farqli o‘laroq juda jiddiy ohangda dedi:

– Yigitcha, agar o‘zingizni oqilona tutsangiz, vaqti-soati kelib 

mening yeparxiyamdagi yangi yaxshi qavmni tasarrufingizga olasiz; 

bu qavm mening saroyimdan uzoq bo‘lmaydi, albatta. Lekin oqil 

bo‘lmoq lozim.

Tatsitning jildlarini ko‘tarib olgan Jyulen yepiskop saroyidan 

taajjublanib chiqib ketganida vaqt yarim kecha bo‘lgan edi.

Hazrati buzruk unga abbat Pirar haqida bir og‘iz ham so‘z aytma-

di. Lekin Jyulenni hammasidan ham ko‘proq yepiskopning beqiyos 

nazokati hayron qoldirdi. U ilgari xushtabiatlik o‘zini shunday erkin 

tutish bilan uyg‘unlashib kelishini hatto tasavvur ham qilolmasdi. Yigit 

uni toqatsizlanib kutayotgan qovog‘i soliq abbat Pirarni ko‘rganida 

yepiskop bilan uning o‘rtasidagi tafovutdan beixtiyor hayratga tushdi.

– Quid tibi dixerunt (Senga nima deyishdi)? – deya qichqirib 

so‘radi abbat uni uzoqdan ko‘rgan zahoti.

Jyulen yepiskop bilan suhbatini lotin tilida xiyol tutilib hikoya 

qila boshladi.

– Fransuzchalab gapiring va hazrati buzruk aytgan gaplarning 

barini oqizmay-tomizmay aytib bering, – dedi seminariyaning sobiq 

direktori odatdagi qo‘rsligi bilan.



234

– Yepiskopdan yosh seminaristga xo‘p g‘alati sovg‘a bo‘libdi-ku! – 

deya to‘ngilladi u Tatsitning ajoyib jildlarini varaqlar ekan. Shu tobda 

chetiga zarhal yugurtirilgan bu kitoblar uni dahshatga solayotgandek 

tuyulardi.

Barcha tafsilotlari bilan to‘la hisobotni eshitib bo‘lgach, sevimli 

shogirdiga hujrasiga borish uchun ijozat etganida kechasi soat ikki 

bo‘lgan edi.

– Tatsitingizning hazrati buzruk hadyanoma yozgan birinchi 

jildini menga qoldiring, – dedi u Jyulenga. – Bu lotincha jumla men 

ketganimdan so‘ng mazkur mahfilda siz uchun balogardon bo‘ladi. 

Erit, fili mi, successor meus tanquam 1eo quaerens quet devoret 

(Zero, sen uchun, bo‘tam, mening o‘rnimga kelgan odam kimni yutib 

yuborishni bilmay hayqiradigan sherning o‘zginasi bo‘lg‘ay).

Ertasi kuni ertalab Jyulen o‘rtoqlarining unga juda g‘alati mu-

omala qilishayotganini sezib qoldi. Bunga javoban u battar tumtayib 

oldi. «Mana, – deya xayolidan o‘tkazdi u, – janob Pirarning iste’foga 

chiqishining oqibati ham sezilib qoldi. Buni endi hamma biladi, men 

esa uning sevimli shogirdi hisoblanaman. Ularning muomalasida 

qandaydir ichiqoralik bor». Biroq Jyulen bu ichiqoralikning nimadan 

iborat ekanini sira anglay olmasdi. Aksincha, seminariya yotoqxonasi 

bo‘ylab o‘tib borar ekan, o‘ziga qadalgan nigohlarda u nafratdan asar 

ham sezmasdi. «Bu qanaqasi bo‘ldi? Bironta tuzoq bo‘lsa kerak. Hay 

mayli, ehtiyot bo‘lamiz». Nihoyat verrerlik yosh seminarist qiqirlab 

kulganicha unga: «Cornelii Taciti opera omnia» (Tatsit asarlarining 

to‘liq to‘plami), – dedi.

Baland ovoz bilan aytilgan bu so‘zlarni eshitgach, barcha Jyu-

lenni yepiskopning ajoyib sovg‘asi bilangina emas, balki u bilan ikki 

soat suhbatlashib o‘tirish sharafiga muyassar bo‘lgani bilan ham 

tabriklay ketdi. Hamma gap ularga mayda-chuydasigacha ma’lum 

ekan. Shu daqiqadan e’tiboran hech kim unga hasad qilishga jur’at 

etmay qo‘ydi: unga ochiqdan-ochiq xushomad qila boshlashdi; 

kechagina u bilan nihoyatda kekkayib gaplashgan abbat Kastaned-

ning o‘zi Jyulenning qo‘ltig‘idan olib, uni uyiga nonushtaga taklif  

qildi.

Biroq falak Jyulenga juda yomon bir fe’l ato etgandi: bu to‘pori 



yigitlarning surbetligi unga qancha azob bergan bo‘lsa, endi ularning 

tilyog‘lamalik qilishi shuncha nafratini qo‘zg‘ar va ko‘ngliga mutlaqo 

yoqmas edi.



235

Peshinga yaqin abbat Pirar o‘z shogirdlari bilan xayrlashar ekan, 

ularga jiddiy pand-nasihat bilan murojaat qilishni lozim topdi.

– Sizlar bu dunyodagi izzat-ehtiromga, ijtimoiy ustunlikka inti-

lasizlarmi, hukamolik qilish qonunlari ustidan kulish va odamlarni 

adolatga xilof ravishda haqorat etish lazzati sizlarni yo‘ldan ozdira-

dimi? Yoki oxiratingizni o‘ylaysizmi? Orangizdagi eng yalqov talaba 

ham ko‘zini ochsa bas, u bu ikki yo‘lni yaqqol ko‘ra oladi.

U seminariyadan ostona hatlab chiqishi bilan Isoning muqaddas 

qalbi partiyasidan bo‘lgan taqvodorlar ibodatxona tomon yugurdi-

lar va: Ming qatla shukrkim, o‘zingga, Xudo, deya kuylay boshladi-

lar. Butun seminariyada bironta ham tirik jon sobiq direktorning 

pand-nasihatlarini jiddiy qabul qilmadi. «Iste’foga chiqish osonmi 

axir», deyishardi ular bir-birlariga qarab. Bironta ham seminarist 

o‘zini turli yirik ta’minotchilar bilan ish yuritishga imkon beradigan 

lavozimdan o‘z xohishi ila voz kechishga ishonadigan darajada go‘l 

hisoblamas edi. Abbat

 

Pirar Bezansonning eng yaxshi mehmonxo-

nasiga ko‘chib o‘tdi va yo‘q ishlarini bahona qilib, u yerda ikki kun 

turishga qaror qildi.

Yepiskop uni tushki ovqatga taklif etdi va katta vikariy de 

Frilerning jig‘iga tegmoq niyatida abbat Pirarga o‘zini ko‘rsatish 

uchun imkon berishga harakat qildi. Ular ovqatdan so‘ng sharbat 

ichib o‘tirishgan edi, qo‘qqisdan abbat Pirarning poytaxtdan o‘n 

besh chaqirim naridagi ajoyib N... qavmiga ishga tayinlangani haqida 

Parijdan xabar kelib qoldi. Mehribon prelat uni chin ko‘ngildan ta-

brikladi, Bu voqealardan u nozik bir siyosat borligini uqdi, bundan 

uning ko‘ngli ochilib, dilida abbatning iste’dodiga tahsin o‘qidi. U 

janob Pirarga lotin tilida ajoyib attestatsiya yozib berdi,

 

to‘ng‘illab 



noroziligini bayon etishga jur’at etgan abbat de Frilerga esa jim 

o‘tirishni buyurdi.

Kechqurun yepiskop o‘z quvonchini hikoya qilib bermoq uchun 

markiza de Ryubamprening uyiga jo‘nadi. Bezansondagi butun ki-

borlar jamiyati bu ajoyib yangilikdan lol qolgan edi. Bu g‘ayritabiiy 

muruvvatdan barchaning boshi qotib qolgan edi. Abbat Pirarni, 

ehtimol, yepiskop bo‘lib ketar, deb bashorat ham qila boshladilar. 

Farosatliroq kishilar, janob de lya Mol ministr qilib ko‘tarilgan bo‘lsa 

kerak, deb o‘yladilar va, hatto, bu kecha jamiyatda viqor bilan paydo 

bo‘lishni lozim topgan abbat de Frilerning mahobati ustidan kulishga 

ham jur’at etdilar. Ertasi kuni ertalab abbat Pirarning ortidan odamlar 



236

ergashib yurishdi: u markizning ishlari bo‘yicha sud tomon yurib 

borar ekan, do‘kondorlar eshikdan boshlarini chiqarib qarashardi, 

sudda uni birinchi marta xushmuomalalik bilan qabul qilishdi. O‘zi 

ko‘rgan narsalardan juda g‘azabi qaynagan qattiqqo‘l yansenist 

markiz de lya Mol uchun tanlangan advokatlar bilan allamahalgacha 

maslahatlashib o‘tirdi-da, so‘ngra Parijga jo‘nadi. Abbat karetaga 

qadar kuzatib borgan va undagi gerblarni zavq bilan tomosha qilgan 

ikki-uch maktabdosh do‘stiga seminariyani o‘n besh yil davomida 

boshqarganidan so‘ng Bezansondan atigi besh yuz yigirma frank 

bilan jo‘nayotgani, – u jamg‘ara olgan mablag‘ning bori shu ekanligini 

aytishdan o‘zini tiyib tura olmadi. Do‘stlari ko‘zlariga yosh olganla-

richa u bilan quchoqlashib xayrlashdilar-da, so‘ngra bir-birlariga 

qarab: «Mehribon abbat shu yolg‘onni aytmasa ham bo‘lardi. Axir 

bu kulgili-ku», deyishdi.

Pul deganda o‘zlarini tomdan tashlaydigan bu pastkash odamlar 

abbat Pirar olti yil davomida yolg‘iz o‘zi, hech kimning yordamisiz 

Mariya Alakok, Isoning muqaddas qalbi partiyasi, iezuitlar va o‘z 

yepiskopiga qarshi kurash olib borar ekan, faqat o‘zining yuksak 

sofdilligidangina madad olganini tushunishga qodir  emasdilar.




Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish