qalqonlar, tananing ustida esa birmuncha mayda tangachalar
ko‘rinishida b o ‘ladi.
Kloakaning tashqi teshigi
dum asosi-
da o ‘mashgan.
Shox tangachalar kaltakesak dumida halqa shaklida joy
lashgan. Barmoqlarida yaxshi taraqqiy etgan
timoqlari
bor.
Shilimshiq m odda ishlovchi teri bezlari yo‘q, shu munosabat
bilan kaltakesakning gavdasi barcha
sudralib yuruvchilarning
gavdasi singari hamisha quruq. Quyuq, yog‘simon sekret ajratuv-
chi maxsus teri bezlarining faoliyati hayvonning jinsiy faoli-
yati bilan bog‘liq. Ular kaltakesak gavdasining har xil qismida
joylashgan (masalan, agamada qorinning keyingi qismi tan-
gachalarini qoplab yotgan dog‘ holida bo‘lib, bu ayniqsa erkak-
larida aniq ko‘rinadi).
Tirik kaltakesakni jonsizlantirib, yorib, ichki tuzil
ishini o ‘rganish
1. Kaltakesakni ichiga mum
quyilgan vannachaga qomini
yuqoriga qihb (chalqanchasiga) yotqizilgandan so‘ng, oyoqlarini
to ‘g‘nog‘ich ninalar (bulavka) bilan vanna tubiga qadang.
2. Kloaka teshigidan to engak ostigacha terisini qaychi bi
lan bo‘yiga kesib chiqing.
3. Oldingi va orqa oyoqlariga yaqin joyda terini ko‘ndalang
kesib, hosil bo‘lgan teri parchalarini vanna tubiga qadang.
4. Teri qay tartibda kesilgan bo‘lsa, qorinning muskul de-
vorini ham xuddi shu tariqa bo‘yiga va ko‘ndalangiga kesing
(kesish vaqtida ichki organlar shikastlanmasin).
5. Qorinning muskul devorini bo‘yiga kesish vaqtida chanoq
va yelka kamarlarini ham kesib, ikkiga ajrating.
6. Kesilgan muskul parchalarini
ham teri singari vanna
tubiga ninalar bilan qadang.
7. Kaltakesakning ichki organlari umumiy tuzilishi bilan
tanishing va ayni bir vaqtda uning ichki bo'shliq devorini qop-
lagan qora pigmentlashgan qorin pardasiga e ’tibor bering.
i n
8. Ichak ostidagi organlami ko‘rish uchun ichakni sekin-
asta kaltakesak yon tomoniga surib qo‘ying (bu ishni bajarish-
da ichakni kesib yubormaslikka va ichakni ushlab turgan ichak
tutgichning uzilib ketmasligiga harakat qiling).
9. Yurak oldi xaltasidan yurakni ajratish uchun xaltacha
devorini
pinset bilan ushlab, qaychida kesiladi.
10. U m urtqa pog‘onasidan bosh skeletini ajratib olib, qay-
chining bir uchini yon tom onidan ensa chuqurchasiga kiritib,
bosh skeletining yon devori bo‘ylab ko‘zga qarab kesib bo
ring. Ikkinchi tom onini ham shunday kesing. So‘ngra pinset
bilan bosh skeletining qopqog‘ini ajratib oling. Qaychi bilan
qobiqlarini
qirqib olib tashlang, preparatni suvga solib, miya
bo‘!imlarini toping.
Endi m a’lum tartibda navbatma-navbat har bir ichki organ-
ning tuzilishi bilan tanishib chiqing.
Do'stlaringiz bilan baham: