P h aydarova



Download 5,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/172
Sana31.05.2022
Hajmi5,69 Mb.
#622743
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   172
Bog'liq
Dadayev,S To\'ychiyev S Umurtqalar zoologiyasidan labaratoriya mashg\'ulotlari

Topshiriqlar:
Tirik va spirtda fiksirlangan dumsizlar turkumi vakillarini aniq-
lagichlar asosida o ‘rganib, sistematik holatini albomga yozing.
106


12-mashg‘ulot. SUDRALIB YURUVCHILAR-
NING TASHQI УА ICHKI TUZILISHI
Ob’ektning sistematik holati
Tip. 
Xordalilar
-
Chordata
Kenja tip. 
Umurtqalilar
-
Vertebrata yo k i
Bosh skeletlilar 
- Craniata
Katta sinf. 
T o ‘rt oyoqlilar
-
Tetrapoda
Sinf. 
Sudralib yuruvchilar - Reptilia
Turkum. 
Tangachalilar - Squamata
Kenja turkum. 
Kaltakesaklar - Sauria (Lacertilia)
Vakil. 
Ildam kaltakesak — Lacerta agilis L.
Kerakli materiallar va jihozlar: 
kaltakesak, suv iloni 
yoki toshbaqa (iloji b o ‘lsa m ashg‘ulot oldidan endigina 
o ‘ldirilgan kaltakesak), vannachalar, skalpel, qaychi, pinset, 
preparo-val ninalar, to ‘g‘nog‘ich ninalar, paxta, doka ro‘molcha, 
qo‘l lupasi. Tayyor fiksatsiya qilingan h o ‘l va quruq material­
lar (kaltakesak, suv iloni va toshbaqaning tashqi ko‘rinishi va 
ichi yorilgan holdagilari), sudralib yuruvchilar turli vakillari­
ning tulumlari hamda ularning tashqi ko‘rinishi, ichki tuzili­
shi, qon aylanish sistemasi sxemasi va siydik-tanosil sistemasi 
aks ettirilgan jadvallar.
Mashg‘ulotning maqsadi: 
ildam kaltakesak m isolida 
sudra-lib yuruvchilar sinfi vakillarining tashqi va ichki tuzil­
ishini o ‘rganish.
Ishning mazmuni: 
dars o ‘tish uchun ilova qilingan ildam 
kaltakesak bo‘lmagan taqdirda kaltakesaklarning boshqa tur- 
laridan ham foydalanish mumkin.
Kaltakesakni jonsizlantirish uchun usti mahkam yopiladi- 
gan shisha idish solib, ichiga efir yoki xloroformda ho‘llangan 
paxta bolagi tashlanadi. 15—20 minut ichida shisha idishdagi 
kaltakesak jonsizlanadi va o'rganishga tayyor bo'ladi.
107


Sudralib yuruvchilar haqiqiy quruqlikda yashovchi umurtqali 
hayvonlarning birinchi sinfi hisoblanadi. U lar quruqlikda 
yashashga moslashgan bir qator progressiv belgilari va xususi- 
yatlari borligi bilan suvda ham quruqlikda yashovchilardan 
farq qiladi.
Amfibiyalarga nisbatan sudralib yuruvchilarda markaziy nerv 
sistemasi, ayniqsa bosh miyasi va sezgi organlari yaxshi rivoj- 
langan. Bosh miya yarim sharlari nisbatan katta b o lib , kulrang 
miya moddasidan iborat po‘stlog‘i bor. Shuning uchun ham 
reptiliyalarda nerv-reflektor faoliyati ancha murakkablashgan. 
Sudralib yuruvchilaming progressiv xususiyatlari ularning ske­
leti tuzilishi va rivojlanishida ham ko‘rinadi. Yer ustida harakat 
qilishi tufayli ularning tanasi amfibiyalarnikiga nisbatan qism- 
larga aniq bo'lingan. Boshining ancha harakatchanligini va sez­
gi organlaridan ko‘proq foydalanish imkoniyatini beruvchi bo‘yin 
umurtqalarining ko‘payishi va ayniqsa birinchi bo‘yin umurtqa- 
si — atlant, ikkinchi bo‘yin umurtqasi — epistrofeyning yaxshi 
rivojlanganligini alohida ko‘rsatib o ‘tish lozim. Ularning ko‘p- 
chiligida ko‘krak qafasi hosil b o ‘lgan. Bu esa reptiliyalar nafas 
olishining ancha takomillashganligidan dalolat beradi. Sudra­
lib yuruvchilar faqat o'pka orqali nafas oladi, yaxshi rivojlan- 
gan traxeyasi va ikkiga bo‘lingan bronxlari bor. Ularning terisi 
quruq, teri bezlari bo‘lmaydi, terisi muguz tangachalar yoki 
qalqonlar bilan qoplangan. Sudralib yuruvchilaming yuragi am­
fibiyalarnikiga o ‘xshab uch kamerali bo‘1 sad a, lekin ular-ning 
yurak boklmalari orasida to ‘siq va yurak qorinchasida chala 
to ‘siq paydo bo‘lgan. Shuningdek, reptiliyalarning arterial oqi- 
mi yurak qorinchasining turli joylaridan chiquvchi uchta mus­
taqil qon tomirga bo‘lingan.
Sudralib yuruvchilaming ayirish organlari ham ancha ta- 
komillashgan, ularda chanoq buyragi (metanefros) rivojlangan. 
Amfibiyalardan farq qilib, sudralib yuruvchilaming barchasida 
otalanish ichki. Ular asosan pergament yoki ohak moddadan
108


iborat, qattiq po‘st bilan qoplangan yirik tuxumlarini quruqlik- 
ka qo‘yadi. Tuxumda sariqlik moddasi ko‘p bo'ladi. Shuning 
uchun ham ularning rivojlanishi o ‘zgarishsiz boradi, ya’ni tu- 
xumdan chiqqan bolasi voyaga yetgan ota-onasiga o ‘xshaydi. 
Ayrim turlarigina suvda yoki quruqlikda tirik tug'adi. Yuqori 
umurtqali hayvonlardagi (qushlar va sutemizuvchilar) kabi sudra­
lib yuruvchilarda ham embrional rivojlanishida alohida holat — 
murtak pardasi hosil bo‘ladi. M urtak pardalarining biri - am- 
niotik qavat nomiga qarab yuqori umurtqalilar (sudralib yuruv­
chilar, qushlar va sutemizuvchilar) 

Download 5,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish