5.7. Nazariy ifoda bo‘yicha hisoblash
Markaziy bo‘lmagan cho‘zilishda ko‘ndalang kesimning chetki A va B nuqtalaridagi normal kuchlanishlarning nazariy miqdori (5.3) ifodaga asosan hisoblanadi:
(5.3)
bunda DP-yuk bosqichi sinov jadvalidan olinadi.
Nazariy ifodalarga asoslanib aniqlangan normal kuchlanishlar miqdorlari (5.3) tajribadan olingan normal kuchlanishlar miqdorlari (5.2) bilan taqqoslanib, ularning farqi foiz hisobida ko‘rsatiladi. Ko‘ndalang kesimning chap tomonidagi B nuqta uchun
Ko‘ndalang kesimning o‘ng tomonidagi A nuqta uchun
5.8. Xulosa
Ish yuzasidan qilinadigan xulosada ikki usul bilan topilgan natijalar bir-biridan farq qilganligini ko‘rsatish kerak. Odatda bu farq 5-10 % atrofida bo‘ladi.
Ko‘ndalang kesim eni bo‘yicha normal kuchlanishlar epyurasini chizib, ekssentrisitet e bo‘lganligi sababli, neytral o‘q uning konturini kesib o‘tishini ko‘rsatish lozim.
6-laboratoriya ishi
Po‘lat sterjenni ustivorlikka sinash. Kritik kuch qiymatini aniqlash
6.1. Ishdan maqsad
Siqilgan sterjen uchun kritik kuchni tajriba yo‘li bilan va Eyler formulasi bo‘yicha aniqlab, ularning miqdorlarini bir-biri bilan taqqoslash.
6.2. Ish bo‘yicha asosiy tushunchalar
Siqilgan sterjen uchun kritik kuch deb shunday kuchga aytiladiki, uning ta’sirida siqilgan sterjenning to‘g‘ri chiziq holatidagi o‘qi ustivor muvozanatda bo‘lmaydi. Sterjen bo‘ylama siquvchi kritik kuch ta’siridan egilish deformatsiyasiga qarshilik ko‘rsatadi.
Turli materialdan yasalgan va uchlari har xil tayanchlar bilan mahkamlangan sterjenlar uchun kritik kuchning miqdorini nazariy usulda Eyler formulasi yordamida aniqlash mumkin:
(6.1)
bu yerda E-materialning elastiklik moduli, Jmin sterjen kesimining minimal inersiya momenti, -sterjenning uzunligi, m-sterjenning uchlari qanday mahkamlanishiga bog‘liq bo‘lgan uzunlik koeffitsiyenti.
Agar sterjenning uchlari sharnir yordamida mahkamlangan bo‘lsa, m=1, ikkala uchi qistirilib tiralgan bo‘lsa m=0.5, bir uchi qistirilib tiralgan va ikkinchi uchi erkin bo‘lsa m=2, bir uchi qistirilib tiralgan va ikkinchi uchi sharnir yordamida mahkamlangan bo‘lsa m=0,7 bo‘ladi.
Eyler formulasidan kritik kuchlanish materialning proporsionallik chegarasiga teng yoki undan kichik bo‘lgandagina foydalanish mumkin, chunki uni keltirib chiqarishda Guk qonuni ishlatilgan.
Agar kritik kuchlanish proporsionallik chegarasidan katta bo‘lsa, F.S.Yasinskiy tomonidan berilgan quyidagi
Rkr=(a-bλ)F,
ifodadan foydalanib kritik kuch miqdorini hisoblash mumkin.
Bu yerda a va b-sterjen materialiga bog‘liq bo‘lgan koeffitsiyentlar (spravochniklarda har xil materiallar uchun berilgan);
sterjenning egiluvchanligi;
sterjen kesimining minimal inersiya radiusi;
-sterjenning keltirilgan uzunligi;
-sterjen kesimining yuzi.
St.3 markali po‘lat uchun egiluvchanlik λ³100 bo‘lganda Eyler formulasidan foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |