4.3. Tajribaning qo‘yilishida ishlatiladigan mashina
Tajriba prof. A.P.Korobov konstruksiyasidagi gidravlik pressda o‘tkaziladi. Bu press yordamida namunaga 30 tonnagacha yuk quyilishi mumkin. Uning silindridagi plunjerning yuzasi Pressning 4.1-rasmda keltirilgan sxemasida yuk hosil qiluvchi qism (9), silindrning plunjeri (3), yukni o‘lchaydigan manometrlar (11), (12) va sinaladigan namuna (1) ko‘rsatilgan. Sinaladigan namuna pressning yuqori (4) va pastki (2) plitalari orasiga joylashtiriladi va shturval (6) ni aylantirib mahkamlanadi.
4.1-rasm
Pastki plita namuna qo‘yilgan yukni markazlashtiruvchi sharsimon sirt bo‘yicha plunjerga tayangan. Yuk hosil qiluvchi qism qo‘l nasosidan iborat. Nasos dastasini aylantirib, mineral moy truba (8) orqali silindr plunjeri ostiga uzatiladi va bosim hosil qilinadi. Bosim plunjerni yuqoriga ko‘tarib, namunani siquvchi yuk hosil qiladi.
Sinov tugagandan so‘ng, ventil ochilib plunjer ostidagi moy nasosga yuboriladi va namuna qo‘yilgan yukdan bo‘shaydi.
Shturvalni aylantirib sinalgan namuna plita ustidan olinadi va tegishli xulosalar qilinadi.
4.4. O‘lchov asboblarining ishlash prinsipi
Bu laboratoriya ishida faqat namunaga qo‘yilgan yuk miqdorini o‘lchash kerak. Buning uchun ikkita manometrlardan foydalaniladi. Manometrlar trubka (13) yordamida silindr bilan ulangan.
Plunjer ostidagi bosim trubka orqali manometrlarga uzatilib, uning strelkasini harakatga keltiradi. Manometrlar p bosimni kg/sm2 da o‘lchaydi. Bulardan biri kichik bosimlarni o‘lchash uchun mo‘ljallangan bo‘lib, pressda katta bosim hosil bo‘lganda ventil (10) yordamida to‘sib qo‘yiladi va katta bosimni o‘lchaydigan manometr (12) ishlatiladi.
Plunjerning yuzasi va uning ostidagi bosim p miqdori bo‘yicha namunani siqayotgan kuch quyidagicha aniqlanadi:
P=pFn.
4.5. Sinaladigan namunalar va tajribaning qo‘yilishi
Bu laboratoriya ishida po‘lat, cho‘yan va yog‘ochlar siqilishga sinaladi. Po‘lat va cho‘yandan silindr rasmida namunalar tayyorlanib, ularning diametrlari o‘lchanadi va ko‘ndalang kesim yuzi F0 hisoblanadi. Yog‘ochdan kub rasmida ikkita namuna tayyorlanib, ulardan biri tolalari bo‘yicha, ikkinchisi esa tolalariga perpendikulyar yo‘nalishda yuk qo‘yilib sinaladi. Yog‘och namunaning o‘lchamlari a ni aniqlab, ko‘ndalang kesim yuzasi F0 hisoblanadi. Namunalarning sinovdan oldingi ko‘rinishi va o‘lchamlari 4.1-jadvalda keltirilgan.
Namunalarni sinash quyidagi tartibda bajariladi. Po‘lat namunani press pastki plitasining o‘rtasiga qo‘yiladi. Shturval aylantirilganda yuqori plita pastga siljib namunani pastki plitaga qisib qo‘yadi.
Nasos dastasini soat strelkasi yo‘nalishida aylantirib, mineral moyni plunjer ostiga bosim bilan yuboriladi.
Natijada namuna yuklanib siqila boshlaydi. Namuna deformatsiyalanib uning balandligi taxminan 1/3 marta qisqarganda yuklanish to‘xtatiladi va manometrdan bosim miqdori aniqlanib, 4.1-jadvalga yoziladi. Nasos ventilini ochib, namuna yukdan bo‘shatiladi. Shturval yordamida yuqorigi plitani ko‘tarib, namuna pressdan olinadi.
Cho‘yan hamda yog‘och namuna tolalari bo‘yicha siqilishga shu tartibda sinaladi. Bu namunalar to‘satdan yemirilish sababli, eng katta bosim miqdorini aniqlash uchun manometrni diqqat bilan kuzatib turish kerak. Yog‘och namuna tolalariga perpendikulyar yo‘nalishda siqilishga sinash uchun ventil (10) ochiladi va bosim miqdori kichik manometrdan olinadi. Namuna o‘z balandligining 1/3 qismiga qisqarganda sinash to‘xtatiladi.
Bosimlar miqdori p va namunaning tajribadan keyingi holati 4.1-jadvalda keltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |