3.5. Sinaladigan namuna Puasson koeffitsiyenti aniqlanishi kerak bo‘lgan po‘latdan ko‘ndalang kesimi to‘g‘ri to‘rtburchak rasmdagi yassi namuna tayyorlanadi. Tajriba o‘tkazish uchun uning o‘lchamlarini bilish shart emas, chunki deformatsiyalar namunaning tenzometr bazasiga teng qismidagina o‘lchanadi. Namunaning sxemasi 3.3-rasmda keltirilgan.
3.3-rasm
3.6. Tajribaning qo‘yilishi va sinov jadvali Mashina qisqichlariga namunani o‘rnatib, unga bo‘ylama va ko‘ndalang deformatsiyalarni o‘lchash uchun 3.3-rasmda ko‘rsatilganidek T1 va T tenzometrlar qo‘yiladi. Namuna mahkam o‘rnatilishi uchun u avval 500 yoki 1000 kg gacha yuklanadi va tenzometrlarning bu yukka tegishli sanoqlari birinchi sanoq deb qabul qilinib, 3.1-jadvalning 3 va 5-ustunlariga yoziladi.
So‘ngra cho‘zuvchi kuchni proporsionallik chegarasigacha bo‘lgan oraliqda bosqich bilan asta-sekin orttirib, tenzometrlardan olingan sanoqlar jadvalning tegishli ustunlariga yozib boriladi. 5-6 marta yuk bosqichlariga mos kelgan sanoqlar olingandan so‘ng, sinovni to‘xtatib namuna yukdan bo‘shatiladi. Jadvalning 2-ustuniga yuk bosqichlari , 4 va 6-ustunlariga esa, bo‘ylama va ko‘ndalang tenzometrlardan olingan sanoqlar ortirmasi ( T va T1) hisoblab yoziladi. Hatolarni kamaytirish uchun deformatsiyalarning o‘rtacha miqdori To‘rtva T1o‘rthisoblanadi.
3.1-jadval
Namunani cho‘zuvchi yuk P (t)
Cho‘zuvchi yuk bosqichi
ΔP (t)
Bo‘ylama o‘rnatilgan tenzometrlardan olingan sanoqlar (mm)
Ko‘ndalang o‘rnatilgan tenzometrlardan olingan sanoqlar (mm)
T
T
T1
T1
1
2
3
4
5
6
1
15
0
3
1
3
4
14
3
3
1
3
7
13
6
3
1
3
10
12
9
3
1
3
13
11
12
3
1
3
16
10
15
ΔTo’rt=1
ΔT1o’rt=3
3.7. Laboratoriya ishi bo‘yicha hisobot tuzish Sinov jadvalida hisoblangan To‘rtva T1o‘rt ni tenzometrning kattalashtirish koeffitsiyenti K ga bo‘lib, absolyut bo‘ylama uzayish va ko‘ndalang absolyut qisqarish topiladi.
Nisbiy bo‘ylama va ko‘ndalang deformatsiyalarni aniqlanadi:
Puasson koeffitsiyenti hisoblanadi:
.
3.8. Xulosalar Po‘lat uchun aniqlangan Puasson koeffitsiyenti oralig‘ida bo‘lishi kerak. Boshqa materiallar uchun Puasson koeffitsiyentining miqdori 2-ilovada keltirilgan.
________________________________________________________
_________________________________________________________
_________________________________________________________
_________________________________________________________
_________________________________________________________