Manometrlarni



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
Sana12.12.2022
Hajmi0,53 Mb.
#883984
Bog'liq
7-lab.1



7-LABORATORIYA ISHI. 
MEMBRANALI 
MANOMETRLARNI 
ISHLASH 
PRINSIPINI 
O‘RGANISH. 
Ishning maqsadi:
Membranali manometrlarni ishlash prinsipini o‘rganish.
 
Membranali asboblar. 
So‘nggi yillarda membranali asboblar tobora keng qo‘llanilmoqda. Bu 
asboblarda sezgir element sifatida elastik materiallardan tayyorlangan yumshoq
shuningdek, gofrilangan plastinkasimon membranalar yoki gofrilangan membrana 
qutichalar ishlatiladi. Membranali asboblar, uncha katta bo‘lmagan ortiqcha 
bosimlar va siyraklanishlarni (manometrlar, naporomerlar va tyagomerlar) hamda 
bosimlar farqini o‘lchash uchun (difmanometrlar) qo‘llanadi. 
Membrananing egilishdagi elastikligi uning geometrik o‘lchamlariga 
(diametri, qalinligi, gofrilarining soni, shakliga), materialiga hamda unga ta’sir 
qiladigan bosimga bog‘liq bo‘ladi. Membranadagi gofrilar uning bikirligini 
oshiradi va xarakteristikasining to‘g‘ri chiziqli bo‘lishini ta’minlaydi. 
Membrananing bikirligini oshirish maqsadida uning o‘rga qismiga qattiq 
magerialdan yasalgan disk yoki prujina o‘rnatiladi. Membrana rezina, plastmassa, 
latun, bronza va boshqa materiallardan tayyorlanadi. Bronzadan tayyorlangan 
membrananing qalinligi o‘lchanadigan bosim miqdoriga qarab 0,02—1,0 mm 
bo‘lishi mumkin. 
Membranaga ikkala tomondan ta’sir etadigan bosimlar farqi ta’sirida uning 
markazi siljiydi. Membrana markazining bosim ta’sirida siljishi katta emas va 
1,5—2,0 mm ni tashkil etadi. Bu hol asboblarning sezgirligini kamaytiradi va 
uzatish soni katta bo‘lgan mexanizm qo‘llanishni talab etadi. Membranali 
asboblarning bu kamchiliklari ularni qo‘llanish doirasini toraytiradi. 
Membranali elastik sezgir elementlar, ko‘proq membranali quticha 
ko‘rinishida, asboblarda dam va siyraklanishni o‘lchashda ishlatiladi. 1-rasmda 
profilli tyagonaporomer (TNMP) tuzilishining sxemasi tasvirlangan. 


Elastik element sifatida membrana quti 2 ishlatilgan. Bu quti ikkita 
kavsharlangan, gofrilangan membranalardan iborat bo‘lib, o‘lchanayotgan muhit 
bilan naycha 1 orqali bog‘langan. 
1-rasm. Profilli tyagonaporomer (TNMP) tuzilishining sxemasi. 
Bosimning o‘zgarishi membrana qutichaning egilishini o‘zgartiradi. SHunda 
membrananing ustki qismiga kavsharlangan shtift
8
tirsakli richag
5
ni buradi, 
richag esa o‘z navbatida tortqi
 7
va povodok
 9
orqali strelka
 6
ni buradi. Strelkani 
boshlang‘ich holatga keltirish uchun qaytaruvchi prujina
 10
mavjud. 
Membrananing siljishi o‘lchanayotgan bosimga proporsional bo‘lmagani 
sababli, asbob konstruksiyasida tekis shkalaga ega bo‘lish uchun maxsus qurilma 
ko‘zda tutilgan. Bu qurilma yassi prujina 3 va rostlovchi vintlari bo‘lgan 
kronshteyn
 4
dan iborat. Strelka vint
 12
orqali nol belgisida o‘rnatiladi. Vintni soat 
strelkasi yo‘nalishida burash natijasida uning konus qismi halqa ichiga kiradi va 
richag
 11
ni ko‘taradi, shunda strelka shkala bo‘yicha o‘ng tomonga siljiydi. Agar 
vint soat strelkasi harakati yo‘nalishiga qarshi buralsa, richag 
11,
prujina
13
ta’sirida pastga harakatlanadi va strelka chap tomon siljiydi. Bunday membranali 
asboblar turli modifikatsiyalarda ishlanadi hamda ±250 Pa dan ±25 kPa gacha 
bo‘lgan o‘lchash chegaralariga mo‘ljallangan. Ularning aniqlik klassi 1,5 va 2,5. 


2 – rasm. YUmshoq membranali difmanometrning prinsipial sxemasi.(DM) 
DAS elektr va pnevmatik tarmoqlari tarkibiga kirgan yumshoq membranali 
difmanometrlar (DM) keng tarqalgan. DPS tarmoqlariga kirgan asboblarning 
o‘lchov qismlari ham yuqoridagidek, 2-rasmda gaz bosimi o‘zgarishlarini 
masofaga uzatuvchi elektr signallarga uzluksiz aylantirishga mo‘ljallangan 
membranali elektr difmanometrning prinsipial sxemasi keltirilgan. Asbobning 
ishlash prinsipi elektr signalli kompensatsiyaga asoslangan O‘lchanayotgan 
bosimlar farqi membranali o‘lchash bloki
 12
ning musbat va manfiy kameralariga 
keltiriladi. Membrana yordamida bosimlar farqi unga proporsional kuchga 
aylantiriladi. Membranada hosil bo‘lgan kuch richag
 11
yordamida o‘zgartgichning 
richagli uzatish mexanizmiga uzatiladi. O‘zgartgich
T-
simon richag
1, G-
simon 
richag
2
va richag
8
dan iborat bo‘lib, teskari bog‘lanish kuchi bilan 
muvozanatlanadi. Teskari bog‘lanish kuchi magnitoelektr mexanizm
9
da (teskari 
bog‘lanish qurilmasi) bosimlar farqi o‘zgarishi bilan hosil bo‘ladi. Bunda richag
 8,
nomoslik indikatori
6
ning bayroqchasi
5
ni siljitadi. Indikatorda paydo bo‘lgan 
nomoslik elektr signali kuchaytirgich 7 da kuchayadi va magnitoelektr kuch 
qurilmasi
 9
ga keladi. SHu bilan birga bu signal masofaga uzatish liniyasiga keladi 
va o‘lchanayotgan parametr miqdorini bildiradi. SHunday qilib, asbobning chiqish 
signali o‘lchanayotgan bosimlar farqiga to‘g‘ri proporsional. Asbobning nol 
belgisiga sozlanishi prujina
4
orqali bajariladi. Bu turdagi asboblar bosimlarning 


100 Pa dan 6,3 kPa gacha chegaralarida o‘lchash uchun moslangan; asboblarning 
aniqlik klassi 1. 
Membranali asboblarning kamchiligi—sezgir element qo‘zg‘aluvchan 
markazining sust yurishi, membrana bikirligining hisobdan chetlanishi va uni 
rostlash murakkabligidadir. Sezgir elementlarning bu kamchiligi elektr va 
pnevmatik kuch kompensatsiyasi sxemasi bo‘yicha qurilgan asboblarda bartaraf 
etiladi. 
Qovushoq suyuqliklar va ximiyaviy agressiv muhitlar bosimini o‘lchash 
uchun manometrlar eng qulay, chunki asbob nippelidagi to‘g‘ri va keng kanal 
hamda membrana ostidagi katta bo‘shliq qovushoq suyuqlik uchun erkin yo‘l 
ochib beradi va ifloslanish ehtimolining oldini oladi. Asbob sezgir qismining sodda 
shakli membranani agressiv muhit ta’siridan engillik bilan himoya qiladi. Buning 
uchun membrananing pastki sirti ximiyaviy chidamli metalldan qilingan yupqa 
folga bilan yoki chidamli plastmassa (ftoroplast va h.) dan qilingan plyonka bilan 
qoplanadi. 
 
Xisobot mazmuni 
1. Ishning nomi, tartib soni va ishni bajarishdan maqsad. 
2. Qisqacha nazariy ma’lumot. 
3. Xulosa 
Nazorat savollari: 
1. Membranali asboblarni qaysi turlari keng tarqalgan? 
2.Membranali asboblarni kamchiliklari nimalardan iborat? 
3.Ishlash prinsipini aytib bering.

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish