BIRINCHI BO`LIM
2-s TILSHUNOSLIKDAN UMUMIY MA`LUMOT
TILSHUNOSLIK FANI VA UNING SOHALARI.
Tilni ilmiy asosida o`rganuvchi mustaqil va aniq fan tilshunoslik yoki lingvistika deyiladi. Lingvistika termini lotincha lingvo -til, tika ta`limot kabi tushunchalarni anqlatadi. Tilshunoslik fanining o`rganadi-gan sohasi ijtimoiy hodisa sanalgan tilning o`zidir. Bu fan tilning kelib chiqishi, tarixiy taraqqiyot jarayonlari hamda uning qonuniyatlarini ilmiy asosida tekshiradi va xulosalar chiqaradi.
Tilshunoslik jami tilni qaysi nuqtai nazardan o`rganishda qarab muayan (xususiy ), umumiy va qiyosiy tilshunoslik kabi sohalarda bo`linadi . Muayan (xususiy) tilshunoslik aniq birorta til (masalan o`zbek tili) ning lug`at tarkibi, fonetik tizimi va grammatik qurilishi, uning shakllanishi hamda taraqqiyot yo`llari, boshqa tillarda munosabati kabi masalalarni ilmiy asosiga o`rganish orqali uning tovush tizimini tekshiradi va grammatikasini yaratib beradi .
Umumiy tilshunoslik esa, umuman tilning kelib chiqishi yani paydo bo`lishi , uning ijtimoiy mohiyati, til bilan taffakurning o`zaro munosabati, tillarning taraqqiyot va shakllanish yo`llari, uning jamiyat hayotida tutgan o`rni, vazifasi, fonetik, leksik, grammatik qonuniyatlari, tillarni tekshirish va tasnif qilish usullsrini umumlashtirish asosida ilmiy xulosalar chiqaradi.
Qiyosiy tilshunoslik esa birdan ortiq (qardosh fyo qarindosh yoki qarindosh bo`lmagan) tillarning fonetik leksik, grammatik xususiyatlarini o`zaro chog`ishtirib qiyoslab o`rganish orqali ular orasidagi o`xshash va noo`xshash lingvistik hodisalar haqida ma`lumotlar beradi.
Tilshunoslik fanining boshlang`ich bosqichi tilshunoslikka kirish hisoblanadi va u tilning boshqa hodisalar ichida tutgan o`rni, tuzilishi umuman , til haqidagi fanning asosiy tushunchalarini o`rganadi. Shuning uchun bu kurs ma`lum bir til hodisalarini lug`at tarkibi va fonetik tizimi, grammatik qurilishini ilmiy asosida o`rganish, o`zlashtirish uchun zamin yaratadi.
Tilshunoslik fanining echilmagan masalalarini ilmiy asosida hal etish uchun tarix, etnografiya, arxeologiya, fiziologiya kabi fanlarning xulosalaridan foydalaniladi. Masalan, tilning paydo bo`lishi, uning shakllanishi va taraqqiyoti kabi hodisalarni to`g`ri anglamoq uchun, avvalo er yuzida odamlarning paydo bo`lishi, ularning jamiyat bo`lib yashay boshlashiga oid masalalarni puxta bilish shart va buning uchun tarix, etnografiya, arxeologiya fanlariga asoslanish kerak bo`ladi.
Inson tili tovush tilidir. Bu masalada nutq tovushlarining hosil bo`lishi va ularning vazifalarini to`g`ri fikrlash uchun odam anato-miyasi va fiziologiyasi fanlari asoslarini yaxshi bilish shart.
3-s TIL IJTIMOIY DOIM O`ZGARIB, RIVOJLANIB
Do'stlaringiz bilan baham: |