O`zbekiston Respublikasining davlat tili o`zbek tilidir



Download 445,48 Kb.
bet4/149
Sana06.06.2022
Hajmi445,48 Kb.
#642519
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   149
Bog'liq
HO\'AT. 2003. S.Rahimov, B.Umurqulov

TURUVCHI HODISADIR.
Til faqat insonga va insoniyatga xos tabiat tomondan ato qilingan buyuk ehsondir. Ana shu buyuk ehson kishilik jamiyatining eng muhim aloqa vositasi bo`lib, jamiyat uchun xizmat qiladi.
Til faqat jamiyatda, odamlar jamoasi orasidagina mavjud , chunki til orqali insonlar o`z fikrlarini bildiradilar , fikr almashadilar gapla-shadilar. Til doimiy to`xtovsiz ravishda o`zgarib turuvchi, taraqquy etib boruvchi hodisadir.
Tilning taqdiri jamiyat taqdiri bilan chambarchas bog`liqdir Jamiyat yo`q ekan , til ham bo`lmaydi va aksincha til bo`lmasa jamiyatda rivojlanish ham yo`q insoniyat uchun fikr almashish doimiy va hayotiy zaruratdir. Til jamiyatning asrlar davomidagi butun tarixi jarayonida shu jamiyatda yashovchi minglarcha avlodlar tomonidan yaratilgan bo`lib ,jamiyat va uning a`zolari uchun baravar xizmat qiladi.
Tilning adabiyot, sa`nat, umuman madaniyat kabi ijtimoiy hodisalardan farqi shundaki, ular ma`lum bir sinfning manfaatini ko`zlaydi, uning mafkurasini targ`ib qiladi, til esa jamiuatdagi barcha kishilar uchun bir xil xizmat qiladi.
Til fikr bilan chambarchas bog`liqdir.Til ong kabi qadimdan mavjud. Fikr, ong paydo bo`lishi bilan til ham paydo bo`lgan. Bizning fikrlarimiz til (nutq) orqali ro`yobga cfhiqadi,boshqalarga anglashiladi, oydinlashadi ongimizdagi fikrlar oldindan tayor holda mavjud bo`lmaydi, fikrlar so`z vositasida shakllanadi, so`z tushunchalarni ifodalaydi. Ammo ibtidoiy til tuzilish jihatidan sodda mazmun jihatdan murakkab bo`lgan .
Davrlar o`tishi bilan fikr, tushuncha rivojlangani sari til ham rivojlanib boradi.O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so`ng o`zbek tili lug`at tarkibining beqiyos boyigani buning yorqin dalilidir . Ammo tilning grammatik qurilishini va tovush tizimi sekinlik bilan o`zgaradi.
4-S. TILNING TUZILISHI.

Ijtimoiy hodisa mahsuli bo`lgan til o`zining tuzilishiga ko`ra juda murakkabdir. Bu fikr dunyodagi hamma tillar uchun ta`alluqli . Tilning bir-biri bilan uzviy bog`langan tovush tizimi, lug`at tarkibi va grammatik qurilishi mavjud bo`lib, ular birgalikda bir butunlikni tashkil etadi va uning negizida tilning tizimi hosil bo`ladi .


Har bir til (masalan, o`zbek tili) ning fonetik tuzilishi, lug`at tarkibi va grammatik qurilishi ma`lum qonun-qoidalar asosida bir-biri bilan bog`lanib, ularning har qaysisi alohida tizimni tashkil etadi. Tilning tovushlari so`zlari; grammatik qurilishi ma`lum tartibdagi qonunlarda ega
va ularning har biri alohida tizimni tashkil qilib o`zaro bir-biri bilan uzbiy bog`liq .Nutq tovushlari so`zlar , grammatika shakillarni hosil qilishda muhim moddiy manba bo`lib xizmat qiladi. Chunki nutq tovushlarisiz tilning o`zi ham bo`lmas edi, sababi tovush bo`lmasa so`z tuzib bo`lmaydi. Lug`at tarkibi esa tilning so`z xazinasi bo`lib, u til uchun qurilish materiali sanaladi. Fikrni ifoda qiladigan gapdan so`zlardan va ularning birikuvidan hosil qilinadi.
Tilda fikr almashish, aloqa ( komunikatsiya) qilish til orqali bo`ladi. Gaplar esa so`zlardan , so`zlarning o`zaro grammatik aloqada kirishuvidan hosil bo`ladi. Ana shu grammatik qurilish tufayli tilning so`z xazinasi fikr ifodalash vositasi sifatida xizmat qiladi. Demak , grammatika so`zlarning o`zgarishi, gap tuzish qoidalarini belgilaydi.Har bir til (masalan o`zbek tili ham) o`zining tarkibiy qusmlari bilan bir butun tizimni tashkil qiladi.Tilda tovush, lug`at tarkibi, grammatik qurilishi bir biri bilan o`zaro zich bog`langan.

6-s TILNING KELIB CHIQISHI


Tilning qachon paydo bo`lganligini dastlabki tilning fonetik , so`z boyligi, grammatik xususiyati nimalardan iborat ekanligini bilish mumkin bo`lmasa ham , kishilik jamiyatining paydo bo`lishidagi inson hayotining muayan shart -sharoitlari haqidagi ilmiy farazlarga asoslanib tilning kelib chiqish masalasini olimlar ilmiy jihat dan asoslab berishga harakat qilib kelmoqdalar.Tabiiyki, qadi mgi ibtidoiy jamoa tillarining qachan paydo bo`lganligi ular qanday til ekanligfi, ulaarning lingvistik xususiyatlari nimalardan iborat ekanligi to`g`risida ma`lumot beruvchi hech qanday dalillar yo`q. Ammo biz kishilik jamiyatida tilning paydo bo`lishiga sabab bo`lgan shart-sharoitlar haqida, tilning boshqa ijtimoiy hodisalar bilan, ayniqsa taffakkur bilan bo`lgan munosabatlari to`g`risida fikr yuritishimiz mumkin bo`ladi. Shuni aytish lozimki tilning paydo bo`lish masalasi qadim zamonlardan buyon kishilarni doimo qiziqtirib keladi.


A n t i k davrlarda ham tilning kelib chiqishi haqida bir qancha nazariyalar yuzaga kelgan. Antik faylasuflardan bu masalada bir biriga qarama -qarshi bo`lgan ikki hil nazariyani ilgari suradilar.Ularning ba`zilari til yo`li bilan paydo bo`lgan, ya`ni so`z bva prefdmetlar o`rtasida to`g`ridan to`g`ri bo`lganligi uchun kishilar predmet bva naarsalarni tabiiy fgolda bilib olishfgan, ya`ni til ilofhiy bir kuch tomonidan yaratilgan deb isbotlamoqchi bo`ladilar.Bu guruhdagi faylasuflarni biz fanda idealistlar deb nomlab keldik. Ayrim faylasuflar til kishilarning o`zaro bir-biri bilan kelishishi natijasida paydo bo`lgan, ya`ni tilni ijtimoiy mehnat yuzaga keltirgan, degan nazariyani yaratganlar va ular materialistlar deb nomlanadi. Mana shu bir-biriga qarama-qarshi bo`lgan ikki nazariyaning o`zaro kurashi natijasida boshqa bir qancha qarashlar ham yuzaga kelgan va ular hamon kurashib kelmoqdalar. Ularning ayrimlari tilni kishilarning o`zaro aloqa qilish ehtiyojidan kelib chiqqan deb hisoblasa ba`zilari ayrim shaxslarning o`z fikrini avval o`zi uchun keyin boshqalar uchun bildirish natijasida kelib chiqqan deb hisoblaydi. Shu nazariyalarga ko`ra abvvalo ularni ikki guruxga ajratibb, tilshunoslik fanida ularning birinchisini Ishtemoiy nazariya, ikkichisini indivfidual nazariya deb nomlanadi. Individual nazariyaga ko`ra tilning paydo bo`lishi to`g`risida ovoz(tovush) ga taqlid va undov nazariyasi yuzaga kelgan.

Download 445,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish