O'zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


IIBOB. BOSHLANG‘ICH SINFLARDA ORFOGRAFIYA O‘QITISHNING NAZARIY ASOSLARI



Download 54,06 Kb.
bet7/9
Sana19.05.2022
Hajmi54,06 Kb.
#604503
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
O

IIBOB. BOSHLANG‘ICH SINFLARDA ORFOGRAFIYA O‘QITISHNING NAZARIY ASOSLARI
2.1„HARFLAR IMLOSI“ NI BOSHLANG‘ICH SINFLARDA O‘RGATISH
Boshlang‘ch taTimmng davlat taTim standartlarida „ona tili taTimi bolalaming tafakkur qilish faoliyatlarini kengaytirish, o‘z fikrlarini og‘zaki va yozma ravishda savodli, ravon bayon qila olish, jamiyat a’zolari bilan erkin muloqotda bo‘la olish ko‘nikma va malakalarini rijojlantirishga xizmat qilishi “ alohida ta’kidlab o‘tilgan. Demak, ona tili fanining bir qator vazifalari sirasida bolaning yozma nutq saviyasini o‘stirish masalasi ham muhim o‘rin tutadi. Zero, shaxsning og‘zaki nutqi yozma shaklda uslubiy va imloviy jihatdan to‘g‘ri ifodalansagina uning nutqi talabga javob beradi. Hozirgi davrda yosh avlodning yuksak intellektual salohiyatli, zukko va ma’rifatli, barkamol shaxslar bo‘lib hayotda munosib o‘rnini topishi madaniyatlilik va ma’naviyatlilikning shartlaridan biri hisoblangan imlo savodxonligiga ham bevosita bog‘liqdir. Imlo qoidalarini yaxshi bilish ya’ni imloviy savodxonlik jamiyatning teng huquqli a’zosi bo‘lish uchun ham zarurdir. Imlo savodi jamiyat ravnaqi bilan, uning madaniyatining yuqori saviyaga ko‘tarilishi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, u orqali millat taraqqiyotiga baho berish mumkin. Shuning uchun yosh avlodni ilk o‘qish va yozishga, savodxonlikka o‘rgatish masalasiga boshlang‘ich sinfdanoq jiddiy e’tibor beriladi. Boshlang‘ich sinflarda yetakchi predmet sifatida o‘rganiluvchi ona tili fanining asosiy vazifalaridan biri ham savodxonlik masalasi sanaladi. Shunga ko‘ra boshlang‘ich sinf ona tili darsliklarida berilgan mavzulaming asosiy qismi orfografik mavzulardan iboratdir. Faqat bu davrda imlo qoidalarini o‘rgatish o‘quvchilaming yosh xususiyatidan kelib chiqqan holda ko‘proq muayyan so‘zlaming yozilishi bilan bog‘liq amaliy ko‘nikmani hosil qilishga asoslanadi.Shuningdek, boshlang‘ich sinf ona tili darsliklaridagi orfografik mavzular ham o‘quvchilaming yosh xususiyatiga bog‘liq ravishda ba’zan nazariy, ba’zan esa amaliy ko‘rinishda o‘z ifodasini topgan. Biz mazkur tadqiqot ishida bu mavzulami ikki guruhga bevosita va bilvosita bilim berishgaa mo‘ljallangan mavzularga ajratib oldik:
1. Agar o‘rganilishi kerak bo‘lgan orfogrfik bilim darslikda mavzu yoki qoida sifatida yoritilgan bo‘lsa, bu bevosita bilim berishga mo‘ljallangan mavzu hisoblanadi.
2. Agar o‘rganilishi kerak bo‘lgan orfogrfik bilim darslikda to‘g‘ridan to‘g‘ri mashq shartiga singdirilgan bo‘lsa, y’ani uni amaliy o‘rgatish orqali nazariy ma’lumot berish ko‘zda tutilgan bo‘lsa, bu bilvosita bilim berishga mo‘ljallangan mavzu hisoblanadi.
Darslikdagi mavzulami yuqoridagi kabi ikki guruhga tasniflash boshlang‘ich sinfning uzviylashtirilgan davlat ta’lim standartlarida belgilab qo‘yilgan o‘quv dasturi talablariga to‘la mos keladi. Oquv dasturining uqtirish xatida jumladan shunday deyilgan:
“Boshlang‘ich sinflarda fonetika, grammatika, to‘g‘ri yozish va nutq o‘stirishdan beriladigan boshlang‘ich ma’lumotlar o‘rta maktablarda o‘qitiladigan ona tili va adbiyot sistematik kurslarining materiallari bilan bog‘lanadi va o‘zbek tilining turli bo‘limlariga oid keng tushunchalami qamrab oladi. O‘quvchilar boshlang‘ich sinflarda so‘zlaming fonetik tarkibi bilan, so‘zlami bo‘g‘inlarga va ma’noli qismlarga bo‘lish bilan, so‘z turkumlari va gap turlari, gap bo‘laklari bilan bir qator to‘g‘ri yozuvni yozish qoidalari bilan tanishadilar.
Boshlang‘ich sinflaming „ Fonetika, grammatika, to‘g‘ri yozuv va nutq o‘stirish” dasturi bosqichli izchillik tamoyili asosida tuzilgan bo‘lib fonetika, grammatika, imlodan beriladigan boshlang‘ich ma’lumotlar yuqori sinflarda o‘qitiladigan ona tili va adabiyot materiallari bilan uzviy bog‘lanadi. Ushbu dastur „Tovushlar va harflar”, „ So‘z”, „ Gap”, „ Bog‘lanishli nutq” va „ Husnixaf ’ bo‘limlarini o‘z ichiga oladi. Dastur oxirida o‘quv yili davomida o‘rganiladigan imlosi qiyiin so‘zlar alifbo tartibida beriladi”[DTS 23-24]. Yuqorida sanab o‘tilgan dastur bo‘limlari nomidan ko‘rinib turibdiki, imlo o‘qitish uchun alohida bo‘lim ajratilmagan, lekin to‘g‘ri yozishga o‘rgatish dastur maqsadiga kiritilgan.
Dastuming “Tovushlar va harflar” bo‘limida quyidagi bilimlami berish ko‘zda tutilgan.
Tovushlar va harflarga oid asosiy bilimlar o‘quvchilaming savod o‘rgatish jarayonida o‘rgangan amaliy bilimlariga asoslangn holda, 1-2-sinflarda beriladi, ularga oid ko‘nikma va malakalar hosil qilinadi. Tovushlar va harflar, unli va undosh tovushlar, ularning harfiy ifodasi; bo‘g‘in, jamgli va jarangsiz undosh tovushlar haqida tushuncha beriladi. BoMar shu bilimlar asosida aytilishi va yozilishida farq qiladian so‘zlar; a va o, u va i tovushli so‘zlaming aytilishi va yozilishi; so‘z oxirida kelgan jarangli b va d undoshlaming jarangsiz jufti p va t uundoshi eshitilsa ham, b va d harifining yozilishi; ayrim so‘zlar oxirida kelgan d va t undoshlarining talaffuzda tushib qolishi, ammo yozuvda saqlanishi; yonma yon kelgan ikki bir xil undoshli so‘zlaming aytilishi va yozilishini bilib oladilar.
3- va 4-sinflarda esa tovushlar va harflarga oid bilimlar mustahkamlanadi. So‘zlami tovush, harf tahlil qilish takomillashadi, bolalarda nutqni eshita olish qobiliyatini o‘stirishga e’tibor kuchaytiriladi. Bular o‘z navbatida, o‘quvchilar savodxonligini oshiradi, xatosiz ko‘chirib yozish, eshitib yozish, yozganlarini mustaqil tekshirish ko‘nikmalarini o‘stiradi.
Tovushlar va harflar yuzasidan olib boriladign ishlar kichik yoshdagi o‘quvchilaming og‘zaki va yozma nutq madaniyatini o‘stirish va takomillashtirishga yo ’naltiriladi”.
Dastur talablari va darslik materiallarining tahlili asosida boshlang‘ich sinflarda o‘zbek tili asosiy imlo qoidalarining “Harflar imlosi” bo‘limini o‘rgatish qay darajada amalga oshirilishini ko‘rish mumkin.
T.G‘afforova va hammualliflar tomonidan yaratilgan 1-sinf uchun ona tili darsligining 2013-yil nashrida “Tovushlar va hsrflar”, “So‘z”, “Nutq. Gap” nomli uchta bo‘lim berilgan. Suningdek, o‘quv yili oxiridagi takrorlash hamda lug‘at ham berilgan. 1-sinfda fonetika, grammatika,imlo va nutq o‘stirish uchun jami 68 soat ajratilgan bo‘lib, shundan 28 soati “Tovushlar va harflar” bo‘limi uchun berilgan.Ana shu 28 soat ichida 1-sinf o‘quvchisiga bo‘lim yuzasidan quyidagi bilimlami o‘rgatish ko‘zda tutiladi.
„Tovushlar va harflar. Unli tovushlar vaharflar; a va o, i va u, o va o‘ unlilarining talaffuzi va imlosi. Undoah tovushlar va ulami ifodalovchi harflar.
Ayrim undosh tovushlaming talaffuzi va imlosi ( d-t, b-p, z-s), so‘z oxirida, talaffuzda tushib qoladigan d, t undoshlari. Harf birikmalari:sh, ch, ng. Alifbo: harflaming nomi. Harflaming bosh va kichik shakllari. So‘zlami alifbo tartibida yozish.
Tu tuq belgisi, uni so‘z tarkibida to‘g‘ri shakllantirish. Tu’tuq belgisining so‘zdagi vazifasi: o‘zidan oldingi unlining cho‘ziq aytilishiga va oldingi bo‘g‘inni keyingi bo‘g‘indan ajratib talaffuz qilinishiga xizmat qilish.
Bo‘g‘in. So‘zning bo‘g‘inga bo‘lish. Bo‘g‘in ko‘chirish, bir unlidan iborat so‘zlaming bo‘g‘in ko‘chirilmasligi, tutuq belgili so‘zlami, ketma-ket kelgan bir xil undoshli so‘zlami bir yo‘ldan kyingi yo‘lga bo‘g‘iinlab ko‘chirish. Harf birikmasi sh, ch, ng qatnashgan so‘zlaming bir yo‘ldan ikkinchi yo‘lga ko‘chirilishi“DTS 29].
Dasturga mos ravishda 1-sinf ona tili darsligining „Tovushlar va harflar“ bo‘limida „Tovush va harf‘, „Unli tovushlar va harflar“, „Undosh tovushlar va harflar“, „Tutuq belgisi“, „Alifbo“, „Bo‘g‘in“, „So‘zlarni bo‘g‘inlab ko‘chirish“ kabi mavzular va bu mavzulami o‘rgatish yuzasidan 80 ta mashq berilgan.
Yuqorida keltirilgan mavzulardan ko‘rinib turibdiki, 1- sinfda harflar imlosini o‘rgatish faqat bilvosita mashqlar bajarish jarayonida amaliy o‘rgatib boriladi. Masalan, darslikda berilgan 11- va 13-mashqlar a harfining orfografik xususiyatiga, ya’ni ayrim so‘zlarda o ga yaqin aytilsada, lekin a yozilishini o‘rgatishga mo‘ljallangan.
11-mashq. So‘zlaming birinchi bo‘g‘inida a tovushini talaffuz qiling.

Download 54,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish