IBOB. O‘ZBEK ORFOGRAFIYASINING TARIXIY TARAQQIYOTI VA O‘ZIGA XOS JIHATLARI
1.1 O‘ZBEK IMLOSINING RJVOJLANISH ETAPLARI VA BU DAVRDAGI ISLOHOTLAR
Yozuvning kelib chiqishi va taraqqiyoti jamiyat taraqqiyoti bilan, uning madaniyatining yuqori saviyagakoTarilishi, shuningdek, siyosiy-huquqiy, estetik va kabi fikrlami qayd qilish hamda keyingi davrlarga qoldirishga boTgan ehtiyojning o‘sishi bilan chambarchas bog‘liq. Demak yozuv jamiyatning buyuk madaniy kashfryotlaridan biri bo‘lib, kishilik jamiyatining har tomonlama taraqqiyotida juda katta o‘mi va ahamiyati bor.
Yozma nutqning jamiyat taraqqiyotidagi bemisl o‘mi va ahamiyatini kompyuter texnikasi, intemet va uyali aloqa kabi global tarmoqlar rivojlangan bizning hozirgi asrimizda ham yaqqol ko‘rish mumkin. Hatto, bu vositalaming ish faoliyatida ham yozma nutq asosida ish ko‘rish muhim o‘rin egallaydi. Yozma nutq aloqalarining oson va to‘g‘ri anglashuvini imlo qoidalari va me’yorlari belgilaydi. Demak, hozirgi vaqtda hech bir kishilik jamiyatini yozuvsiz ta’sawur qilib bo‘lmaganidek, yozuvni imlo qoidalarisiz ta’sawur etib bo‘lmaydi.
O‘zbek yozuvining XX asr tarixi murakkab jarayonlarga boyligi bilan ajralib turadi. Bu davrda o‘zbek yozuvi bir necha marta tubdan isloh qilindi- bir grafik tizimdan boshqa grafik tiziimga ko‘chirildi. Jahon xalqlarining tarixida bunday hodisa kamdan-kam uchraydi.
Mavjud manbalar tahlilidan shu narsa ma’lum bo‘ladiki, o‘zbek yozuvining XX asr tarixi to‘rt davmi o‘z ichiga oladi;
davr -arab grafikasiga asoslangan yillar (1900-1929);
davr -lotin grafikasiga asoslangan yillar (1929-1940);
davr -ms grafikasiga asoslangan yillar (1940-1995);
davr-ikki yozuvlikka asoslanganyillar (1995-hozirgacha).
Garchi o‘zbek orfgrafiyasi murakkab jarayonlami boshdan kechirgan bo‘lsada, uning tarixi o‘zbek tilshunosligida kam o‘rganilgan.Shuning uchun bo‘lsa kerak, ona tili, “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” tizimidagi mavjud dastur va darsliklarda orfografiya alohida bo‘lim sifatida berilgan bo‘lishiga qaramay, uning tarixi haqida umuman ma’lumot berilmaydi.
Jumladan, tilshunos olim R. Jomonov “O‘zbek tilining imlo qoidalari, ularning shakllanishidagi bosqishlar, ilmiy-nazariy, tashkiliy hamda mafkuraviy omillar hozirga qadar kam o‘rganilgan. Ayniqsa, o‘zbek adabiy tilining taraqqiyotida imlo qoidalarining o‘rni, til tarixi, grammatika va terminologiya bilan uzviy aloqadorligi kabi masalalarga yetarlicha e’tibor berilmagan,[R. Jomonov] deya e’tirof etadi. Yuqoridagi ana shu holatdan kelib chiqib, biz ushbu tadqiqotning birinchi bobida o‘zbek imlosi tarixini o‘rganish masalasiga e’tibor qaratdik. Xolbuki, o‘zbek tilshunosligi bo‘yicha yaratilayotgan adabiyotlarning orfografiya bo‘limiga ham , allaqachon, uning tarixi haqidagi ma’lumotlarni kiritish kerak. O‘zbek imlosi tarixini o‘rganishga bag‘ishlangan ilk yirik tadqiqot tilshunos olim Faxri Kamolning “O‘zbek orfografiyasi’mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasi hisoblanadi[F.K].Shuningdek, bu borada qilingan ishlarga H.Jamolhonovning “Ochobm y^deKCKon rpa^HKn” nomli monografiyasi va qator ilmiy maqolalarini, Y.Abdullayevning “Hamrohim”,”Sovg‘a” kabi risolalari hamda bir qator ilmiy maqolalarini, R.Jomonovning ko‘plab ilmiy maqolalarini, professor A.Nurmonovning “O‘zbek tilshunosligi tarixi” kabilarni kiritish mumkin.
Ma’lumki, yozuv va imlo qoidalari o‘zaro bog‘liq hodisalar bo‘lib, yozuvning almashishi imlo qoidalarining o‘zgarishiga olib keladi. Shunday ekan, o‘zbek imlosi tarixini o‘zbek yozuvi tarixi bilan bog‘liq ravishda quyidagcha davrlashtirish mumkin:
davr -arab grafikasiga asoslangan yillardagi islohotlar (1900-1929);
davr -lotin grafikasiga asoslangan yillardagi imlo masalalari (1929-1940);
davr -rus grafikasiga asoslangan yozuvning imlo masalalari (1940-1995);
davr -ikki yozuvlikka asoslangan yillardagi islohotlar (1995-hozirgacha).
Do'stlaringiz bilan baham: |