Ko‘rkam Toshkent senga poytaxt,
Gullab, yashnab turar har vaqt.
Quchog‘ida kulgandir baxt,
Yashil shahar, bag‘ring bahor,
O‘zbekiston, O‘zbekiston.
Bog‘larga kon keng Samarqand,
Uzumlari shakar payvand,
Bundan butun el bahramand.
Bog‘lari soz,
To‘kindir yoz,
O‘zbekiston, O‘zbekiston. Po‘lat Mo‘min
135- mashq. Maqollarni o‘qing. Ikkita maqolni ko‘chiring. Aytilishi bilan yozilishida farq qilgan so‘zlaming tagiga chizing.
7. Mehnatdan do'st ortar. 2. Boshingga qilich kelsa ham rost gapir.3. Rejasiz ish -qolipsiz g 'isht. 4. Baland tog ’da qor bo ’lar, mard odamda o bo ’lar.
136-mashq. Tushirib qoldirilgan d va t harflaridan mosini nuqtalar o‘miga
qo‘yib, so‘zlami ko‘chiring.
Do‘s.., xursan.., juf.., balan.., farzan.., go'sh.., payvan.., Samarqan.., Toshken..
Navbatdagi mavzu “So‘z ichida ketma-ket kelgan undoshlar” mavzusi bo‘lib, bunday so‘zlaming yozilishi muayyan qoidaga buysunmaydi. Shuning uchun bunday so‘zlaming imlosini amaliy jihatdan ya’ni so‘zning yozilishini eslab qolish bilangina o‘rgatib boriladi. 139-, 140-, 141-, 142- mashqlar ana shu maqsadga qaratilgandir.
139-mashq. So‘zlami o‘qing. Ketma- ket kelgan bir xil undoshli harflami aniqlang. Ko‘chiring, yoganingizni tekshiring.
Izzat, labbay, pilla, katta, hissa, chaqqon, pashsha, quvvat, sodda, kakku, qimmat, oppoq, arra, tanajfus, achchiq.
S.Fuzailov, M.Xudoyberganova, SH.Yo‘ldoshevalar tomonidan yaratilgan 3-sinf ona tili darsligining 2012-yil nashrida “Takrorlash”, “Gap”, “So‘z tarkibi”, “So‘z turkumlari” nomli to‘rtta bo‘lim berilgan. Harflar imlosi yuzasidan “Takrorlash” bo‘limida “Tovushlar va harflar. Bo‘g‘in. Alifbo.”, ‘Tutuq belgisi”, “Sh, ch, ng harflar birikmasi”, “Jarangli va jarangsiz undosh tovushlar’, “Talaffuzda tushib qoladigan undoshlar”, “Yonma- yon kelgan bir xil undoshlar” mavzulari berilgan. Biroq 3-sinfda harflar imlosi bo‘yicha yangi bilim berilmaydi, faqat 1- va 2-sinflarda o‘rganilgan bilimlargina mustahkamlanadi.
Mualliflar R.lkromova, X.G‘ulomova, SH.Yo‘ldosheva, D. ham quyi sinflarda egallangan bilimlarni mustahkamlashga qaratilgan. Lekin darslikdagi mashqlaming sharti ancha murakkablashgan, mohiyati chuqurlashgan.
93-mashq. O‘qing. So‘zlaming aytilishi va yozilishini taqqoslang. Ko‘chiring. So‘zlaming yozilishini yodda saqlang.
Havo, baho, Kamol, Shavkat, bahor, shavla, davlat.
Kitob, oftob, choyshab, maktub, ozod, avlod, ajdod.
Chumchuq, supurgi, tutun, tuxum, kumush, qulupnay.
Yuqoridagi mashqda ham a, o unlilarining.
Do'stlaringiz bilan baham: |