Uchinchi davr. l940- yilning 5-8- mayida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1- chaqiriq III sessiyasi bolib o‘tadi. Sessiya o‘zining 8- maydagi yig‘ilishida rus grafikasiga asoslangan yangi o‘zbek alifbosining 35 harfdan iborat loyihasini tasdiqlaydi. Respublikada lotinlashtirilgan yozuvdan yangi alifbega ko‘chish ishlarining hammasini ikki yil ichida, ya’ni 1942-yilning 1- yanvarigacha tugallash majburiyati tegishli organlarga yuklanadi.
yilningd-iyulidayangi alifbe hukumat komissiyasi yig‘ilishida «O‘zbek adabiy tilining orfografiyasi» (loyiha) ham ba'zi o‘zgarish va tuzatishlar bilan tasdiqlandi. Shunday qilib, o‘zbek yozuvi tarixining yangi bosqichi — rus grafikasiga asoslangan davri boshlanadi.Ayni vaqtda o‘zbek imlosi tarixida uchinchi imlo qoidalari qabul qiliindi.
1943—1946- yillarda alifbe va imlo asoslarini ommaga singdirish ishlari olib boriladi. Shu yillar ichida yozuv amaliyotida imlo qoidalaridan chetga chiqish, ularga g‘ayri qonuniy o‘zgartirishlar kiritish, adabiy tilning tayanch shevalariga yetarli amal qilmaslik kabi nuqsonlarga yo‘l qo‘yilayotganligi ham ma’lum boladi. Bunday nuqsonlarga barham berish, kamchiliklami tuzatish maqsadida 1946- yilda orfografiya qoidalarining yangi to‘plami yaratiladi, imlo lug‘ati va qiyin so‘zlar lug‘atini tuzishga kirishiladi.
1947—1950- yillarda A.S. Pushkin nomidagi Til va adabiyot institutida maxsus tuzilgan orfografiya komissiyasi ish olib boradi: bu komissiya 1946- yilda tuzilgan va nashr ettirilgan qoidalar to‘plamini matbuotda va turli kengashlarda bildirilgan fikrlar asosida qayta ishlaydi va shu asosda yangi loyiha yaratadi.
1950-1952-yillarda til va imlo masalalariga bag‘ishlangan bir necha konferensiya va kengashlar bolib o‘tadi. Ularda orfografiya loyihasi bo‘yicha bir qator tanqidiy fikrlar bildiriladi, alifboni takomillashtirish kerakligi aytiladi.
1953 —1955- yillarda matbuotda bildirilgan tanqidiy fikrlar va takliflar asosida «o‘zbek orfografiyasi asosiy qoidalari»ning bir necha yangi loyihalari yaratiladi, ulardan so‘nggisi O‘zbekiston Oliy Kengashi Prezidiumiga topshiriladi.
1956- yilning 4- aprelida «O‘zbek orfografiyasining asosiy qoidalari» (qayta ishlangan va takomillashtirilgan varianti) O‘zbekiston Oliy Kengashi Prezidiumi tomonidan tasdiqlandi[I.L]. Mazkur imlo qoidalari 5ta boTim, 72ta qoidadan iborat boTib, ular quyidagicha tuzilgan:
1. Ayrim harflaming imlosi (1-30-qoidalar).
2. O‘zak-negiz va qo‘shimchalaming imlosi(31-55-qoidalar).
Qo‘hma so‘z va so‘z birikmalari imlosi(56-58-qoidalar).
Bo’g’in ko’chirish(59-62-qoidalar).
Bosh harflaming yozilishi(63-72-qoidalar).
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillik e’lon qilganidan so‘ng (1991- yil 31- avgust) lotin yozuvi asosidagi o‘zbek alifbosi masalasi o‘rtaga qo‘yildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993- yil 2-3 sentabridagi 12- chaqiriq 13-sessiyasida yangi alifbo masalasi muhokama qilinib, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga o‘tish to‘g‘risida qonun qabul qilindi. „Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini amalga kiritish tartibi haqida”gi qarori matbuotda berildi.
Mazkur qarorga binoan, yangi o‘zbek o‘zbek alifbosini joriy etish bo‘yicha respublika davlat komissiyasi tashkil qilindi; yangi alifbo asosidagi o‘zbek tilining asosiy imlo qoidalarini ishlab chiquvchi ishchi gumh tuzildi va 1993 yilning dekabr oyidan ish boshladi.
Bu hujjatlarda o‘zbek alifbosi 26 harf, 3ta harflar birikmasidan iborat ekanligi, c, j- harflari mustaqil harf belgisi sifatida 1993- yil 2-sentabrda qabul qilingan alifbodan chiqarilganligi, ayrim harflaming shakliga isloh kiritilganligi: Oo harfi O'o' shaklida, Gg harfi G'g' shaklida, §§ harfi Sh sh shaklida, Qg harfi Ch ch shaklida, Nfi harfi Ng ng shaklida, Q harf belgisi q shaklida ifodalanishi ko‘rsatilgan; umumiy ta’lim maktablarida yangi alifbo asosida ishlash 1995- yil sentabrdan emas, 1996 -yil sentabrdan 1-sinflardaboshlanishi, yangi alifbogato‘liq o‘tilishi 2005- yilda tugallanishi qayd qilingan. Demak, yangi alifboda uch xil nutq tovushi sh,ch,ng harflar birikmasi ifodalanadigan bo‘ldi. 2004-yilning 30- aprelida O‘zbekiston Respublikasining “...ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo;shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinadi.Unga ko‘ra lotin yozuviga o‘tish muddati 2005-yilning 1-sentabridan 2010-yilning 1-sentabriga ko‘chiriladi.Shu tariqa O‘zbekistonda ma’lum muddatga o‘ziga xos vaziyat -ikki yozuvlik holati yuzaga keltirildi. 1995-yilning 24-avgustida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 339-sonli qarori bilan lotin grafikasi asosidagi yangi o‘zbek yozuvining imlo qoidalari ham tasdiqlandi.Bu o‘zbek orfografiyasi tarixida yaratilgan to'rtinchi imlo qoidalari hisoblanadi[l.Q].
Ma’lumki, bizda hoziirda ikki yozuvlik jarayoni davom etmoqda. Albatta bu hol jamiyatning imlo madaniyati hamda jamiyat a’zolarining umumiy imlo saviyasiga o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda.Ayniqsa matbuot nashrlarida, chop etilayotgan adabiyotlarda imlo qoidalari va imlo me’yorlari buzilayotgan holatlami ko‘plab uchratish mumkin.Buning eng oddiy ko‘rinishi sifatida krill alifbosiga asoslangan o‘zbek yozuviga 1995-yil imlo qoidalarining, lotin yozuviga asoslangan alifboga esa 1956-yil qoidalarining tatbiq etilayotganini aytib o‘tish mumkin. Masalan, -u,-yu kabi yuklamalarning har doim chiziqcha bilan yozilishi lotin grafikasi asosidagi o‘zbek yozuviga taalluqli hodisa bo‘lsa-da, rus grafikasi asosida yozilgan matnlarda ham bu qoidaga amal qilinmoqda. Holbuki,1956-yilgi qoidaga ko‘ra -u,-yu kabi yuklamalar bog‘lovchi vazifasida kelganda so‘zga qo‘shib yoziladi. Bunday nozik jihatlami to‘g‘ri qo‘llash uchun imlo qoidalarini mukammal bilish yoki ikki yozuvlik jarayoniga tezroq barham berish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |