B mengliyev, G. Tojiyeva



Download 2,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/182
Sana02.06.2022
Hajmi2,83 Mb.
#630109
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   182
Bog'liq
tilshunoslikka kirish b.mengliyev, g.tojiyeva



B.MENGLIYEV, G.TOJIYEVA 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
TILSHUNOSLIKKA KIRISH 
5A220100 – O`zbek filologiyasi bakalavri yo`nalishi uchun 
ma’ruza matni 
 
 
 
 
 
 
 
 
Qarshi-2007 



Tarix va o’zbek filologiyasi fakulteti Ilmiy kengashi tomonidan ma’qullangan 
Fakultet dekani dots. B.Saidov 
___ 08.07. №___ bayonnoma 
O’zbek tilshunosligi kafedrasi yig’ilishida muhokama qilinib, qo’llashga tavsiya etilgan 
Kafedra mudiri prof.B.Mengliev 
___08.07. №___bayonnoma 
 
 
Taqrizchi 
 
filologiya fanlari nomzodi, professor 
T.Nafasov 



O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM 
VAZIRLIGI 
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI 
 
 
 
 
 
 
B.MENGLIYEV, G.TOJIYEVA 
 
 
 
 
TILSHUNOSLIKKA KIRISH 
 
 
5A220100 – o`zbek filologiyasi bakalavri uchun 
ma’ruza matni 
 
Qarshi-2006 



TAQRIZ 
 
Milliy istiqlol o`zbek xalqiga nafaqat siyosiy va iqtisodiy mustaqillk bag`ishladi, balki milliy o`zligini anglash va, eng muhimi, uni 
jahonga yoyib, 1X-X1Y asrlardagi shuhrati-yu an’anasini sharaf bilan davom ettirish imkoniyatini ham berdi. "Bozor iqtisodiyotiga 
o`tishning o`zbek modeli", "Kadrlar tayyorlashning o`zbek modeli" kabi jahonda shuhrat qozonayotgan ijtimoiy-ma’naviy yutuqlar bilan bir 
qatorda o`zbek olimlarining mustaqil ilmiy yutuqlari ham ilg`or davlatlar ziyolilarining diqqatini jalb etmoqda. 
SSSR tarkibida bo`lgan turli millat vakillarini ma’naviy-mafkuraviy ruslashtirsh va manqurtlashtirishning muhim omillaridan biri 
bo`lib kelgan "Ta`lim baynalmilaldir","Grammatika baynalmilaldir" shiorlarining ta’lim tizimida hukmronligiga O`zbekiston Respublikasi 
mustaqillikning ilk qadamlaridayoq - 1992-yilda qabul qilingan ta’lim to`g`risadagi Qonuni bilan chek qo`yilgan bo`lsa-da, milliy ta`lim 
mazmunining amaliy tatbiqi ularni ijtimoiy bekor qilinishdan ko`ra ancha qiyin va murakkab kechmoqda, chunki mazkur mash’um 
shiorlar asosidagi ta’lim yarim asrdan ko`proq davr ichida xalqimiz ongini zaharlab, tilining grammatik qurilishi xususiyatlarining 
haqqoniy-milliy talqini bilan xalq ongiga sepiladigan milliylik urug`larini cheklab keldi, milliy mafkurasini so`ndirmoqchi bo`ldi. Bu aksmilliy 
harakatning tafakkur va ongimizdagi salbiy ta`sirini yo`qotish uzoq yillik maqsadli va mashaqqatli mehnatni talab qiladi. Tilshunoslik 
fanlari bu jarayonda alohida ahamiyat va mavqega egadir. Buning sababi shundaki, uzoq yillar davomida milliy til grammatik 
qurilishuning mutlaq milliyligi SSSR xalqlaridan (sobiq ittifoqning siyosiy tuzumiga tamoman zid ta’limot sifatida) sir tutib kelindi. 
Aksincha, mantiq, aniq fanlar singari grammatika ham nomilliy fan sifatida baynalmilal shaklda tahlil etildi va o`qitildi. Vaholanki, turli 
tillarning grammatik qurilishidagi o`xshashlik aldamchi, zohiriy, yuzaki hodisa, sarobdir va grammatika mohiyatini chuqur anglamagan 
kishi tasavvuri uchun xos. Buni (o`z ustozlari so`zlarini uqa olmagan yoki uqishni istamagan ) sovet mafkurachilarining metodologik 
pirlari Fridrix Georg Hegel qariyb ikki yuz yil oldin - 1831-yilda "Mantiq fani" kitobi muqaddimasida shunday so`zlar bilan ifodalagan edi: 
"Mantiq ham, grammatika ham mohiyatan ikki turli va ikki xil ahamiyatga egadir. Boshlovchilar, fan bilan yuzaki tanishayotganlar uchun u 
bir narsa bo`lsa, fanlarni o`zlashtirib, fan mohiyatini uqub unga qaytadiganlar uchun mantiq va grammatika tamoman boshqa olam....O`z 
ona tili bilan bir qatorda boshqa tillarni ham biladigan, ularning grammatik xususiyatlarini o`zaro qiyoslay oladigan kimsagina milliy tilning 
grammatik qurilishida xalqning ruhiyati va madaniyati aks etayotganligini ocha oladi. Endi unga oldin ham tanish bo`lgan quruq shakl 
va qoidalar tamoman boshqa qiymat va qadriyat, mukammal mazmun va tugal mohiyat kasb etadi. Bunday kimsagina grammatika 
orqali ruhiyat – qat`iy mantiqiylik voqelanayotganligini tuya oladi". 
Grammatik qurilishning chuqur milliy tabiati va mohiyatini buyuk daholardan birortasi ham shu darajada qat`iylik va keskinlikda
ta`kidlashmagan. Afsuski, bu fikrni targ`ib etish rasm emas, zeroki bu talqin kattami kichikmi, hokimmi tobemi - har bir til grammatikasiga
xalqidek betakrorlik, teng huquqlik va mustaqillik, milliy iftixor ruhini beradi. Bu esa hammaga ham yoqavermaydi, zo`ravonlik bilan 
tuzilgan ko`p millatli imperiyalar uchun esa u o`ta xavflidir. Lekin mustaqil taraqqiyot yo`liga o`tgan millatlar uchun bu g`oya milliy 
ravnaq yo`lchi yulduzlaridan biriga aylanmog`i zarur. Zeroki, ona tili grammatik qurilishini to`g`ri talqin qilish bilan kimsa ongidagi milliy 
tafakkur tarzi va milliy mafkura urug`larining parvarishiga, ularning gullab yashnashiga erishish mumkin. Buning uchun ona tili grammatik 
qurilishi talqini sof milliy mohiyatli bo`lmog`i lozim. Bugun milliy istiqlol sharofati bilan Vatanimizda ona tilimizning shunday talqinini 
yaratishga mustahkam poydevor yaratildi - ona tilimizning milliy tabiatini ochib berishga qaratilgan ilk tizimlar ishlab chiqildi, jiddiy 
qiyinchiliklar bilan bo`lsa-da, ta`lim tizimiga joriy etilmoqda va ommalashmoqda. Qiyinchiliklarning eng kattasi shu yo`nalishdagi o`quv-
metodik adabiyotning yo`qligidadir. Zeroki, otaxon tilshunos O.Azizov, A.Abduazizov, A.Irisqulov, A.Sodiqov, S.Usmonovlarning 
tilshunoslik nazariyasi o`quv fanidan darslik va ma’ruza matnilari sovet darsliklari namunalarida - o`zbek tili qurilishining "Grammatika 
baynalmilaldir" shiori ostidagi talqiniga tayanib yozilgan.Shuning uchun ular hozirgi davr talablariga mutlaqo javob bermaydi - 
grammatik talqinlar yuqorida sanab o`tilgan va ta’lim tizimida amaliyotda bo`lgan dasturlar bilan uyg`un emas, yangilari hali 
ommalashmagan. 
Qo`lingizdagi bu matn mavjud darslik va ma’ruza matnilardan yangi - milliy grammatik talqinlarga uyg`unligi bilan ajralib turadi. 
Ushbu ma’ruza matni nafaqat o`rta va oliy ta`lim tizimida amalda bo`lgan dasturlar bilan uyg`un, balki "Tilshunoslikka kirish" o`quv fani 
oldida turgan muhim vazifani - kitobxon toliblarni yangicha grammatik talqinlarning asosiy atamalari, tushunchai, tahlil usullari bilan 
tanishtirishni - ularni yangi tilshunoslik dunyosiga olib kirishni bajarishga, milliy grammatik talqinlar orqali ziyolilar ongidagi milliy tafakkur 
tarzi va mafkura ko`chatlarini sug`orishga ham xizmat qiladi. Bu kitob shu yo`nalishdagi ilk o`quv ma’ruza matnisi bo`lganligi sababli
kamchiliklardan, takomillashtirishni talab etadigan munozarali tomonlardan xoli emas. 
Ma’ruza matnini qo’llashga tavsiva etaman.

Download 2,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish