Praktika Hammaga salom!



Download 494,17 Kb.
Pdf ko'rish
Sana23.04.2022
Hajmi494,17 Kb.
#575921
Bog'liq
Pythonda rasmga so\'z yozuvchi dastur yaratamiz



PYTHON DASTURLASH TILINI BIZ BILAN O’RGANING !!! 
@PYTHON_UZBEK_CODER 
Pythonda rasmga so'z yozuvchi dastur yaratamiz - Python's Awesome 
– 
Praktika 
 
Hammaga salom!
Bugun biz siz bilan 
Python
ning ommabop 
Pillow 
kutubxonasidan foydalangan 
holda rasmda kiritilgan so'zlarni joylashtiruvchi dastur yaratamiz. Eng qizig'i shundaki dastur kodi 10 
qatordan iborat bo'ladi! 
Demak boshladik! 
Birinchi bo'lib, so'z kiritilganda o'zgartiriladigan rasmni yaratamiz (buni aynan kodda bajarish ham 
mumkin. Lekin bunga ko'p ham e'tibor bermasak ham bo'ladi. Rasmni va boshqa fayllarni maqola 
oxiridagi link orqali yuklab olishingiz mumkin): 
Agar 
Pillow 
kutubxonasi kompyuteringizda o'rnatilmagan bo'lsa, avval o'rnatish lozim. Buni 
esa 
pip paket menejeri
yordamida amalga oshiramiz. Konsolda: 
pip install Pillow 
Endi rasm joylashgan katalogda yangi 
main.py
 nomli fayl yaratamiz. 
Unga birinchi bo'lib kodda foydalanadigan modullarni ulaymiz: 
from PIL import Image, ImageDraw, ImageFont 
from random import randint 
Pillow
kutubxonasidan hozirda kerak bo'ladigan 
Image

ImageDraw
va 
ImageFont
klasslarini 
ham ulaymiz. 
random
- bu kutubxonani biz yangi yaratiladigan rasmning nomini qo'yish uchun foydalanamiz. 
Modullarni ulab bo'lgach, turli amallar olib boriladigan rasmni ham ulaymiz. 
img = Image.open('python.png') 


PYTHON DASTURLASH TILINI BIZ BILAN O’RGANING !!! 
@PYTHON_UZBEK_CODER 
Rasmni o'zgartirish uchun 
ImageDraw
klasidan foydalanamiz va uni 
draw
nomli o'zgaruvchiga 
joylashtiramiz 
draw = ImageDraw.Draw(img) 
Rasmda yoziladigan matnning shriftini va harflarning oilasini kiritamiz. 
name = ImageFont.truetype('Gabriola.ttf', size=55) 
Rasmda yoziladigan matnni foydalanuvchi kiritadi. Uni text o'zgaruvchisiga joylashtiramiz. 
text = input("Ismingizni kiriting >>") 
Kiritilgan matnni rasmning markazidan joylashtiramiz (
To'g'risi buni 
CSS
da yaxshiroq qilardim :)
): 
draw.text((((600 - len(text) * 20) / 2), 280), text, font=name) 
Endi faqatgina rasmdagi o'zgartirishlardan so'ng saqlash qoldi: 
img.save(f'{randint(0,100)}.png') 
Yuqorida aytganimdek faylning nomi takrorlanmasligi uchun uni 0dan 100gacha bo'lgan sonlardan 
biri bilan nomlaymiz. 
Quyidagi kodni esa yozish shart emas, lekin hozirda natijani ko'rish oson bo'lishi uchun darhol 
ochamiz: 
img.show() 
 
Mana dastur tayyor bo'ldi! Endi undan foydalanish mumkin.
Bu dasturdan foyda bo'lmasada, o'z fikrlaringizni qo'shsangiz, ajoyib dastur chiqadi!
Masalan, bu dastur asosida telegram bot yaratish ham mumkin.
Shunday qilib, shu bilan bugungi maqolamda sizga ko'rsatmoqchi va o'rgatmoqchi bo'lgan 
narsalarim shularda iborat edi.
Agar, sizga yoqgan bo'lsa va yangi bilimlarga ega bo'lsangiz - o'z maqsadimga yetgan 
bo'laman.
Agar sizga maqolam maqul kelgan bo'lsa, albatta, layk bosing, izoh qoldiring. Agarda 
qandaydir savol, xatoliklar yoki fikrlar paydo bo'lgan bo'lsa, bemalol 
https://t.me/murodov_azizmurod
 ga yozishingiz mumkin. Albatta, maksimal qo'ldan 
kelgancha yordam berishga harakat qilaman.
Maqola oxirada bir gapni aytmoqchi edim:
Iltimos, PYTHONni PHYTON deb yozmang!!! 
Xayr, omon bo'ling! 
 
 
Maqola muallifi: 
Azizmurod Murodov

Download 494,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish