MUNDARIJA
KIRISH
I.BOB. O‘ZBEK ORFOGRAFIYASINING TARIXIY TARAQQIYOTI VA O‘ZIGA XOS JIHATLARI
O‘ZBEK IMLOSINING RIVOJLANISH ETAPLARI VA BU DAVRDAGI
ISLOHOTLAR
“O‘ZBEK TILINING ASOSIYIMLO QOIDALARrNING TAVSIFIVA 0”ZIGA XOS
JIHATLARI
BOB BO‘YICHA XULOSALAR
IIBOB. BOSHLANGTCH SINFLARDA ORFOGRAFIYA O‘QITISHNING NAZARIY ASOSLARI
„HARFLAR IMLOSI “ NI BOSHLANG‘ICH SINFLARDA O‘RGATISH
„ASOS VAQO‘SHIMCHALARIMLOSI”NI BOSHLANG‘ICH SINFLARDA
O‘RGATISH
„KO‘CHIRIB YOZISH”, „CHIZIQCHA BILAN YOZISH”, „AJRATIB YOZISH”
QOIDALARINI BOSHLANG‘ICH SINFLARDA O‘RGATISH
„ BOSH HARFLARIMLOSI ” VA „ KO‘CHIRISH QOIDALARI” NI
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA O‘RGATISH
BOB BO‘YICHA XULOSALAR
IIIBOB. BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING IMLOVIY SAVODXONLIGINI O‘STIRISH
O‘QUVCHILARDA ORFOGRAFIK XUSHYORLIKNI SHAKLLANTIRISH
ORFOGRAFIK XUSHYORLIKNI SHAKLLANTIRISHDAGI ISHLAR TIZIMI
BOB BO‘YICHA XULOSALAR
UMUMIY XULOSALAR
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
ILOVALAR
KIRISH
Har qanday jamiyatning rivoji, istiqboli, qudrati oxir-oqibatda har jihatdan inson omiliga borib taqalar ekan, demak, bizning hozirgi vaqtda o‘z oldimizga qo‘y gan kelajagi buyuk, huquqiy demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyatini barpo etishdek ezgu maqsadimizning to‘la ma’noda ro‘yobga chiqishi, awalo, yosh avlodining mukammal tarbiya olib, barkamol shaxslar sifatida hayotda o‘z munosib o‘rinlarini topishlariga bog‘liqdir.
Yurtboshimiz Islom Karimov tashabbusi bilan Respublikamizda Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilingan edi. Mamlakatimiz taraqqiyoti istiqboliga mo‘ljallangan ushbu qonun va dastuming ishlab chiqilishidan oliy maqsad, awalo, jamiyatimizda bo‘layotgan yangilanishlar, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda olib borilayogan keng ko‘lamli islohatlar sari yuz tutgan ona-Vatanimiz uchun XXI asrdagi zalvorli muammolarni yechadigan, Vatan xizmatiga yaraydigan, har tomonlama yetuk -har taraflama uyg‘un rivojlangan, ma’rifatli, ilm sarchashmalaridan bahramand bo‘lgan, o‘z davriga munosib yigit va qizlami tarbiyalab kamol toptirishdir.Ana shunday oqilona siyosatning natijasi o‘laroq bugungi kunda ta’limning uzviyligi va uzluksizligiga asoslangan yangicha tizimi vujudga keldiki, unda boshlang‘ich ta’lim muhim o‘rin tutadi.
Boshlang‘ich ta’limning uzviylashtirilgan DTSda “Ona tili ta’limi bolalaming tafakkur qilish faoliyatlarini kengaytirish, erkin fikrlay olish, o‘zgalar fikrini anglash, o‘z fikrlarini og‘zaki va yozma ravishda bayon qila olish, jamiyat a’zolari bilan erkin muloqotda bo‘la olish ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu o‘rinda ona tili ta’limiga o‘quv fani emas, balki, butun ta’lim tizimini uyushtimvchi ta’lim jarayoni sifatida qaraladi ”[DTS,10b].Darhaqiqat, ona tili umumiy ta’lim maktablarida yetakchi predmet sifatida yosh avlodga o‘zining bebaho boyligini o‘rganishga, madaniyat ko‘zgusi sifatida o‘z vazifasini bajarishga, o‘quvchining bilim faoliyatini yaxshilab, tafakkurini o‘stirishga mas’ul fan bo‘lishi kerak. Shu o‘rinda professor N.Mahmudovning “Til kishilar o‘rtasidagi aloqa vositasigina bo‘lib qolmay dunyoni bilish, idrok etish, bilimlami to‘plash, saqlash, keying avlodlarga yetkazish, milliy o‘zlik, milliy tafakkurni shakllantirish, ruhiy munosabatlami aks ettirish vositasi hamdir”[Ma’rifat manzillari.[999,44b] degan fikrlarini ta’kidlab o‘tishjoiz.
Tadqiqotimizning mavzusi ana shunday muhim vazifaning bir bo‘g‘inini boshlang‘ich sinfda orfografiya o‘qitishning nazariy va amaliy asoslarini ko‘rsatib berishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi.
Orfografiya o‘qitish masalasi xususiy metodika masalalari tizimidagi eng murakkab masala bo‘lib, u jamiyat madaniyati va ravnaqida muhim rol o‘ynaydi. Shaxsning og‘zaki nutqi yozma shaklda uslubiy va imloviy jihatdan to‘g‘ri ifodalansagina nutq talabiga javob beradi.
Shu o‘rinda, “Yosh avlod nima sababdan imlo savodxonligini egallashi shart?” -degan savol tug‘iladi. Bunga qafiy tarzda javob qaytarish ham mushkul. Awalo bu yomg‘ dunyoni anglash uchun, jamiyatning teng huquqli a’zosi bo‘lish uchun ham yozma savodga ega bo‘lish zarur. Masalan, oddiy bir matnni o‘qib, anglay olmaydigan odamning ahvolini tushunish qiyin emas. Binobarin, jahon kommunikatsiya tizimidan to‘liq foydalanish zamrati ham imlo savodxonligini taqozo etadi.
Ayni paytda o‘z fikrini erkin ifodalay olmaydigan kishilami ko‘rib ham yozish malakasini egallash, imlo savodxonligiga erishish naqadar zarurat ekanligini anglay boshlaymiz. Nazarimizda, yozma savodxonlik og‘zaki so‘zlashuvga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Aniqroq aytganda, yozma nutq, ya’ni yoza olish qobiliyati rivojlangan bo‘lsa, o‘sha kishidagi og‘zaki nutq ham ma’lum ma’noda to‘g‘ri shakllanadi. Afsuski, hozirgi paytda ko‘pchilik yurtdoshlarimiz nutqi adabiy til qoidalariga to‘g‘ri kelmaydi. Binobarin, ularda imloviy savodxonlik yetishmaydi.
Ma’lumki, yozma nutq -yozuvning og‘zaki nutqdan ba’zi afzalliklari ham mavjud. Masalan, og‘zaki nutq masofa va davr jihatidan chegaralangan. Yozuvda esa makon va zamon jihatidan chegaralanish yo‘q, ya’ni biz bugun yozayotgan kitoblami dunyoning istalgan yerida, istalgan paytda o‘qish mumkin bo‘ladi. Shu sababli ham, o‘sib kelayotgan yosh avlod o‘z yozuvini, imlo qoidalarini chuqur o‘rganishga sidqidildan kirishmog‘i, awalo, mazkur jarayonning tarixiy va ma’naviy tomonini anglab yetmog‘i zarur.
Nazarimizda, imlo savodxonligining jamiyat taraqiyyotidagi yana bir qirrasiga to‘xtalib o‘tish joiz. Bu -savodxonlikning milliy rivojlanish bilan bog‘liq tamonidir. Aslida, yozuv -milliy iftixor ramzi, har qanday millatning rivojlanganli darajasini ko‘rsatib turuvchi vosita.
Shunday ekan biz o‘z yozuvimizga, uning qonun-qoidalar asosida yozilishiga doimiy e’tibor qaratishimiz lozim. Hatto yozuv milliy qadriyat, millat ramzi sifatida ham ardoqlanishi kerak. O‘zbek yozuvi, u kiril alifbosida yoxud lotin aifbosida bo‘lishidan qafl nazar, har bir fuqaromiz uchun milliy iftixor ramzi, ma’naviy qadriyat nishonasi bo‘lib qolishi lozim. Ayniqsa, yosh avlod yozuvni va imlo qoidalarini oddiy bir hodisa sifatida emas, balki hayotiy ehtiyoj, xalqimizning ma’naviy boyligi tarzida qadrlashi ham farz, ham qarzdir.
Yuqorilardan kelib chiqib, aytish mumkinki, imloviy savodxonlik nafaqat shaxsiy, balki umummilliy masaladir. Negaki, ushbu jarayon ancha murakkab bo‘lib u doimo takomillashib bormog‘i lozim. Bu jarayonda oilaviy muhit boshlang‘ich sinftarda egallanadigan ko‘nikmalar muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, bu borada ota-onalar va o‘qituvchining doimiy nazorati o‘quvchida to‘g‘ri yozuv qoidalarining shakllanishi hamda imloviy savodxonlikning oshishiga sabab bo‘ladi. Ayni paytda yozuvni mukammal egallash orqali o‘quvchida olam sirlariga qiziqish kuchayadi, mustaqil tarzda kitob o‘qishga rag‘bat oshib boradi, bolaning “men” i namoyon bo‘la boshlaydi. Demak, imloviy savodxonlik yosh avlodni faqatgina ezgulik sari yo‘llaydi, ularing ma’naviy barkamol bo‘lib shakllanishiga xizmat qiladi. Shuingdek, imlo savodxonligi orqali milliy o‘zlikni anglash tuyg‘usi shakllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |