Birinchi davrning 1916-yilgacha bo‘lgan bosqichida yozuvni isloh qilishga
qaratilgan jiddiy harakatlar kuzatilmaydi. Garchi ilg‘or o‘zbek ziyolilari 1905- 1907 yillardan ya’ni matbuot va so‘z erkinligiga erishilgandan so‘ng ayrim arabcha harflaming shaJdiga, ba’zi imlo qoidalariga isloh kiritish to‘g‘risida matbuotda yoza boshlagan bo‘lsalar-da, bu masalsga Turkistormi boshqargan davlat amaldorlari salbiy munosabatda bo‘lganlar.Ular “o‘lkada davlat tili rus tili, mahalliy tillar, ulaming yozuvi, imlosi bilan shug‘ullanish davlatning vazifasi hisoblanmaydi” deb uni inkor etib kelganlar. O‘zbekcha matbuot va muallimlik bilan shug‘ullangan mahalliy ziyolilar turli tazyiqlarga bardosh berib, imlo va yozuvni isloh qilish yuzasidan o‘zlari tashabbus ko‘rsatib ish olib borganlar.
Bu bosqichda asosiy e’tibor savod chiqarish, o‘qish-o‘qitish ishlarini tashkil etish kabi masalalarga qaratiladi va shu maqsadda o‘quv-uslubiy kitoblar yaratiladi. Saidrasul Saidazizovning “Ustodi awal” (1902), Munawarqori Abdurashidxonovning “Adabi awal” (1907), Abdulla Avloniyning “Birinchi muallim” (1911), “Ikkinchi muallim”( 1912), M.M.Faxriddinovning ‘Turkcha qoida” (1913), Abdullaxo‘ja Saiidmuhammadxo‘jayevning “Rahbari soniy” (1916) kabi qo‘llanmalari shular jumlasidandir. Ayniqsa o‘zbek tilida tovush usulida xat- savod chiqarishga mo‘ljallangan S.Saidazizovning “Ustodi awal” nomli ilk alifbe darsligi 1902 yildan boshlab har yili qayta-qayta nashr qilingan. Muallif “Ustodi awal”ning alifbe davri oxirida bunday yozgan edi: ”Alhamdulliloh, bizlar rbipnr bitilgan 33 saboqda harf o‘qimoqni tamom qildik, 32 harf, 109 surat (ya’ni arab harflarining shakli). Professor A.Nurmonov “O‘zbek tilshunosligi tarixi” kitobida u haqida atroflicha ma’lumot bergan. “ Bu asarni shartli ravishda uch qisimdan iborat deyish mumkin. Birinchi qism alifbo davrini o‘z ichiga oladi. Bu qism bolalarga arab grafikasi asosidagi o‘zbek alifbosini o‘rgatishga qaratilgan. Ikkinchi qism esa alifbodan keying davrga bag‘ishlanadi. Bu qismda alifbo bilan tanishib bo‘lgan o‘quvchining o‘qish va yozish malakasi riyojlantirilgan. Ana shu maqsadda ahloqiiy mavzudagi bog‘lanishli matnlar berilgan. “Ustodi awalning”ning uchinchi qismi “Alifboi quroniy’ga bag‘ishlangan. [A.N.]
Biroq savod chiqarishga mo‘ljallangan bunday kitoblarda yozuvni isloh qilish masalalarini ko‘rish maqsad qilinmagan, ammo ulami yaratish shular asosida savod chiqarish, yozish va o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirish jarayonida yozuvni qoidalashtirish, uning alifbosi va imlosini o‘zbek tili xususiyatlariga moslashtirish zarurati borligi sezila borgan. Ana shu zaruriyat esa yozuv islohotiga jiddiy zamin hozirlagan.
1917 yil to‘ntarishidan so‘ng mahalliy tillar ulaming alifbosi v imlosiga rasmiy ravishda e’tibor berila boshlangan. Ayhiqsa, 1919 yil 26 dekabrda savodsizlikni tugatish to‘g‘risida Dekret chiqqanidan so‘ng Qo‘shma Rusiya Sho‘rolarining Turkiston Muxtor Jumhuriyatida ham alifbo va imlo masalalarini tezroq hal qilish o‘rtaga qo‘yilgan, chunki imlo va harflar shakli masalalarini hal qilmay turib, ko‘pchilik xalqni savodxon qilib bo‘lmas edi.
Yozuv tariximizning 1918- yildan keyingi davrlari alifbo va imloni milliylashtirish, soddalashtirish, keyinroq esa ulami butunlay boshqa grafik tizimga ko‘chirish harakatlarining yuzaga kelganligi bilan xarakterlanadi.
Xususan: 1918- yilda Toshkentda til-imlo va adabiyot masalalari bilan shug‘ullanuvchi to‘garak-seminar - «Chig‘atoy gurungi» jamiyati tashkil topadi. Unga Fitrat (Abdurauf Abdurahimov) va Qayyum Ramazonov boshchilik qilishadi. Shu yilning o‘zida Turkiston Muxtor Jumhuriyati Maorif Xalq Komissarligida «Turk shu’basi» tashkil etiladi. Bu shu’ba o‘zbek maktablari ishi bilan shug‘ullanadi, xususan, ta’lim dasturlari va maktab darsliklarini yaratish bo‘yicha ish olib boradi. Ish jarayonida alifbo, imlo va istiloh (termin) masalalari bilan bog‘liq muammolarga duch kelingan, natijada, shu muammolarni hal etish zarurati paydo bo‘lgan[Y.Abdullayev.Moziy vayangi alifbo]. Turkiston jumhuriyati Xalq Maorif Komissarligi o‘zbek maorifchilarining 1918 yil avgustda bo‘lib o‘tgan birinchi qumltoyida arabcha harflami isloh qilish yuzasidanquyiagicha qarorga kelingan: harflaming ikki xil shakli ya’ni alohida yozilish shakli hamda so‘z boshida yozilish shakligina bo‘lishi lozim.
1919-1920- yillarda «Chig‘atoy gurungi» jamiyati alifboni isloh qilish bilan bog‘liq qator ishlarni amalga oshiradi: «Bitim yollari» kitobchasi yaratiladi, unda arab yozuvini o‘zbek tili tovushlari tizimiga moslashtirish lozimligi aytiladi, shu maqsadda alifboga “u”, “o”’, “o”, “a”, “I”, “e” unlilari uchun maxsus harflarni kiritish tavsiya etiladi[F.Kamol].
1921- yilda Toshkentda 1—5- yanvar kunlari o‘zbek alifbosi va imlosi masalalariga bagTshlangan birinchi oTka qurultoyi bo'lib oTadi, unda Abdurauf Fitrat, Ashurali Zohiriy va Botu (M.Hodiyev) maTuzalari tinglanadi.
Fitrat o‘z maTuzasida arab alifbosining o‘zbek tili xususiyatlariga moslashmaganligini, unda unli tovushlarni ifodalash uchun belgilar yetishmasligini, unli va undosh tovushlarni ifodalovchi harflaming shaklan farqlanmaganligini, har bir harfning to'rt shakli borligini yozuvdagi jiddiy nuqson deb baholaydi, bunday nomukammalikdan qutulish uchun esa arab alifbosidagi harflaming to‘rt xil shaklidan faqat bittasini (so‘z boshidagi shaklini) qoldirish, unli tovushlar uchun 6 ta harf belgilash, so‘zlardagi ohangdoshlikni yozuvda aks ettirish imkonini yaratish, chet (olinma) so‘zlarni o‘zbek tili xususiyatlariga moslab yozish kerakligini aytadi[M.Qurbonova. Fitratning tm]. Bu fikrga Elbek ham qo‘shiladi[Elbek. Yozuv yoTlari]. Ashurali Zohiriy esa Fitratning taklifiga e’tiroz bildirib, chet so‘zlarning, xususan, arabcha va forscha o‘zlashmalarning arab imlosidagi shakllarini o‘zgartirmay yozish ma’qulligini, aks holda bunday so‘zlarning ma’nolari o‘zgarib ketishi mumkinligini aytadi.
Botu (M. Hodiyev) arab alifbosidan butunlay voz kechib, lotin grafikasi asosida yangi alifbo tuzish kerakligini aytadi. Bu haqda u shunday deydi: «... Butunlay hozirgi arab harflarini tashlab, ko‘p millatlar tomonidan qabul qilingan lotin yozuvini tilimizdagi tovushlarga muvofiq bir holg‘o keltirib qabul qilish kerakdir».
Shu ma’ruzasida Botu o'zining lotin harflari asosida tuzilgan alifbosining loyihasini qurultoy ishtirokchilariga ko‘rsatadi, muzokaraga chiqqan S. Usmonxo‘jayev Botuning fikrini va loyihasini ma’qullaydi, ammo qurultoy qatnashchilarining ko‘pchiligi amaldagi (arabcha) alifboni ayrim tuzatishlar kiritish bilan saqlash kerak degan fikrni quvvatlaydi[M.Q].
“Chig‘atoy gurungi” vakillarining 1921 yilgi qurultoyida til-imlo masalasidagi taklifi quyidagicha edi:
Eski imlomiz buzuq, qoidasiz bo‘lg‘oni uchun maoripimizni bu imlo va yozu bilan kengaytmak mumkin emas. Maoripni kengaytmak va savodsizlikni tugatmak uchun imlomizni isloh etmak lozimdir.
Olti cho‘zg‘ili imlo qabul etilsun.
Tilimizdagi yot so‘zlar hali shu olti cho‘zg‘I bilan yozulsin.
Har harp va har cho‘zguning o‘ziga maxsus shakli bo‘lsun.
Ust cho‘zg‘ularni o‘runli yozmoq uchun so‘zlarning qalinligi, ingichkaligi etibor etilsun.Imlomizdagi arab so‘ziga ham shu to‘rt modda qo‘ldan kelgancha yurtiladi.
Harplarning shakli ikidan birga tushub, butun so‘zlar bosh harp bilan yoziladi.
Tilimiz orasiga kirib qolg‘on yot so‘zlar turkcha harplarimiz bilan yozilsun”[RJomonov].Ko‘rinadiki,”Chig‘atoy gurungi” a’zolari 20- yillarning boshidanoq o‘zbek tilshunosligining o‘zak masalalarini:alifbo, yozuv,imlo qoidalari hamda ularning xalq ta’limidagi o‘rnini teran anglab yetdilar.O‘zbek xalqining jahon hamjamiyatida munosib o‘rin olishi uchun jon kuydirib mehnat qildilar, yalpi savodxonlikka erishmasdan turib milliy rivojlanib bo‘lmasligini ta’kidladilar.
1922-yilda Toshkentda Turkiston Respublikasi «O‘zbek madaniyati va maorifi xodimlari qurultoyi» bolib o‘tadi. Qurultoyda yozuvni lotin alifbosiga ko‘chirish masalasi ham ko‘riladi, hatto lotin harflari asosida tuzilgan yangi o‘zbek alifbosi (loyiha) kengash ishtirokchilariga ko‘rsatiladi.
Qurultoyda o‘rtaga tashlangan takliflar muhokama qilib boiingach, quyidagi qaror qabul qilinadi:
1.O'zbek imlosini isloh qilish zarur: bunda o‘qish va yozishga o‘rgatishni yengillashtirish nazarda tutilishi, ayni vaqtda tegishli ilmiy asoslar va bu sohadagi yangi yo'nalishlar e’tiborga olinishi kerak.
2.Lotin alifbosi o'zbek tili uchun to‘liq yaroqli ekanligini e’tirof qilib, bu ishni hozirda amalga oshirishdagi katta qiyinchiliklarni hisobga olib, bu ish kelajakning vazifasi ekanligi ko'rsatilsin, hozirda esa arab alifbosini isloh qilish bilan kifoyalanilsin. (Bu qarorda o‘zbek tili unlilarining soni 6 ta, undoshlarining soni esa 23 ta ekanligi qayd etilgan.)
Buxoroda 1923 yil 9—10- oktabr kunlari O'rta Osiyo o‘zbeklarining alifbo va imlo masalalariga bag‘ishlangan birinchi konferensiyasi bo'lib o‘tadi.Unda 1922- yildagi qaror asosida isloh qilingan yangi arab alifbosi qabul qilinadi. Alifboga unlilar uchun olti belgi kiritiladi, undosh harflar soni esa 25ta qilib belgilanadi.Arab tilining o‘ziga xos tovushlarini ifodalab keluvchi«se», «zol»,«sod», «zod»,«to», «zo»,«ayn» harflari bu alifboga kiritilmaydi. Konferensiyada yangi alifbo bilan birga imlo qoidalari ham qabul qilinadi[S.lbr], bu alfibo va imlo qoidalari Turkiston Maorifi Komissarligi tomonidan 1923- yilning 18- oktabrida tasdiqlanib, 1929- yilgacha amalda qollanilgan.Demak, o‘zbek orfografiyasi tarixida arab alifbosini isloh qilish bilan bog‘liq holda birinchi imlo qoidalari qabul qilingan.
Samarqandda 1925 yilning 29-31-noyabr kunlarida til nuitaxassislari va o‘zbekshunoslar kengashi o‘tkaziladi. Unda yozuvga oid quyidagi qaror qabul qilinadi: «Bugun ishlatilmoqda bo‘lgan imlomizning yetishmasliklariga qaramasdan aytish mumkinki, ko‘p imlolardan mukammaldir... shuning uchun-da boshqadan bir lotin harf va imlosi masalasini ko‘tarish ortiqchadir»[F.K.,80] «Butun turk olamining ko‘pchiligi tomonidan arab harflari asrlardan beri ishlatilib kelib, turklarning aksariyatining tarix va adabiyot bilan bog‘langanligini e’tiborga olib, biz, turklar uchun arab harflarini olishni muvofiq topamiz»[81].
1926-yilning 26- fevral hamda 6- mart kunlari Bokuda turkologlarning birinchi Butunittifoq qurultoyi bo‘lib o‘tadi, unda arab va rus grafikalari asosida ish ko‘rayotgan turkiy xalqlarning yozuvlarini lotinlashtirilgan alifbolarga ko‘chirish masalasi koriladi. Qurultoyda turkiy xalqlarning yozuvlarini lotinlashtirilgan alifbolarga ko‘chirish taklifi ma’qullanadi, bu taklifning har bir Respublikada maxsus ko‘rib chiqilishi tavsiya etiladi. Ana shu tavsiyadan so‘ng O‘zbekistonda lotin grafikasiga ko‘chish harakati ancha tezlashadi. Chunonchi, «Maorif va o‘qitg‘uvchi» jurnalida chiqqan bir maqolada bu haqda shunday deyiladi: «Nima uchun arabdan lotinga o‘tish kerak?». Shu so‘roqqa qisqa qilib shunday javob beramiz:
Arab alifbosi turk tilidagi tovushlarning shakiini tamomila bera olmaydir.
Arab alifbosi texnika tomonidan lotindan quyida turadir. Arabda nuqtalar, alomatlar, bosh, o‘rta va so^nggi harflar bordir. Lotin esa bulardan uzoqdir.
Arab alifbosi o‘qitish, o‘rganish ishida lotindan ortda turg‘oni, texnika tomonining buzuqligi ustiga stenografiya, telegrafiya ishida ham tosqinlik qiladir»^^.Boku qurultoyida O‘zbekistondan qatnashgan vakillar o‘rtaga qo‘yilgan masalani yakdillik bilan maqullaganlar.Faqat Turkiyadagi Istambul dorilfununi muddarisi Kuprulzoda Mehmed Fuod arab yozuvidan voz kechib, lotin yozuviga o‘ttishga jiddiy e’tiroz bildirgan.
O‘zbekistonda Boku qurultoyidan keyin yangi alifboga o‘tish yuzasidan qizg‘in ish boshlangan. Shu munosabat bilan 1926- yilning 19-21- mayida Samarqandda o‘zbek ziyolilarining alifbo muammolariga bag‘ishlangan ilmiy kengashi bolib o‘tadi va kengash qaroriga binoan yangi alifbo loyihasi tuziladi, u O‘zbekiston Maorif Xalq Komissarligi tomonidan tasdiqlanadi^^.Keng jamoatchilikning fikri alifbo masalasiga jalb qilinadi. Lotin yozuvi asosidagi yangi o‘zbek alifbosi loyihasi bir necha marta qayta tuziladi va muhokama qilinadi.
Shu yilning 10- iyunida O‘zbekiston Ijtimoiy Sho‘rolar Jumhuriyati Kengashining I-chaqiriq 4-sessiyasi bo‘lib o‘tadi. Unda yangi alifboga o‘tishni rejali ravishda amalga oshirish maqsadida Ijroiya Qo‘mita huzurida O‘zbekiston Yangi alifbe Markaziy qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. Shu qarorga ko‘ra yangi alifbe Markaziy qo‘mitasimng 44 kishidan iborat tarkibi va uning raisi (Yo‘ldoshOxunboboev) belgilanadi^"^.
27-29-avgustga kelib, Yangi o‘zbek alifbo qo‘mitasi va Ilmiy Markaz til mutaxassislarining ishtirokida alifbo konferensiyasini chaqiradi. Bu konferensiyada may oyida ma’qullangan alifbo loyihasi bekor qilinib, yangi tuzilgan alifbo muhokama qilinadi. Mazkur alifboda unlilar to‘qqizta (oldingida 12ta bo‘lgan),undoshlar 23ta harf bilan ifodalanishiga qaror qilinadi va bu loyiha ma’qullanadi.Shuningdek, kengashda imlo qoidalari tuzish ham topshirilgan bo‘lib, o‘z davri saviyasida “Imlo qoidalari” hozirlangan.Chunonchi:”imloda ikki usulqo‘llanadi:savtiy(fonetik) ham sarfiy(morfologik).Bizning tilimizda bir qancha shevalar bo‘lganidan ta’lim- tarbiya ishlarida yengillik uchun har ikki usuldan ham foydalaniahga qaror berdik.So‘zning tomiri(o‘zak nazarda tutilgan) eshitilgancha yoziladi, qo‘shimchalar sarfiy usul bilan yoziladi.Bularning haqida izohot va misollar quyida yozilgandir.”[maorif va o‘qit.jur. 1926,5,4 Ib]
Keltirilgan faktik materiallar tahlilidan ko‘rinadiki, ilk imlo qoidalarini yaratish jarayonidayoq orfografiyaning eng asosiy va ko‘p qo‘llanuvchi tamoillari fonetik va morfologik tamoillari farqlangan hamda ularga amal qilingan. Shuningdek, o‘zlashma so‘zlarni yozish borasidagi mulohazalarda grafik tamoilning elementlari ko‘zga tashlanadi.
yilning 11- avgustida O‘zbekiston Respublikasining Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi shu yilning 7- martida bo‘lib o‘tgan sessiya topshirig‘ini amalga oshirish maqsadida 123- sonli maxsus qaror qabul qiladi. Qarorga binoan yangi (lotinlashtirilgan) o‘zbek alifbosi Davlat alifbosi deb e’Ion qilinadi hamda bu alifboga asta-sekin (bosqichma-bosqich) otish tartibining yangi alifbo Markaziy Qo'mitasi rejasiga muvofiq amalga oshirilishi lozimligi ko‘rsatiladi. Bu qarorda yangi alifboga tola o‘tishni 1932- yilning oxirigacha yakunlash nazarda tutiladi. Biroq 209-sonli qaror bilan alifboga o‘tish muddati ikki yilga (ya’ni 1930 -yil 1-yanvargacha) qisqartiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |