1-javob:
“Tilshunoslikka kirish” fani tilshunoslikning asosiy masalalarini, tilning paydo bo’lishi va til taraqqiyotidagi umumiy qonuniyatlarni, til tavsifi borasigi muhim jihatlarni o’rganadi.
Til kishilar o’rtasidagi munosabatning eng muhim quroli bo’lib, jamiyat taraqqiyoti jarayonida shakllangan va umuminsoniy manfaatlarga xizmat qiladi. Tilning paydo bo’lishi va rivojlanishi jamiyat taraqqiyoti bilan bog’liq ekan, inson kamoloti haqida fikr yurituvchi barcha fanlarning o’rganish manbai tilga aloqador hisoblanadi .
Tilning tabiati, mohiyati kishilik jamiyatida bajaradigan vazifasi, strukturasi va bu strukturani tashkil etgan elementlarning o’zaro munosabati, uning ichki mexanizmi, ishlash principlari kabi muhim masalalarni ilmiy o’rganishni, tilni har taraflama tadqiq qilishni talab qiladi.
Til kishilik jamiyati mahsulidir. Tilsiz hech bir voqelik va hodisani, insonning tabiatda, jamiyatda tutgan o’rnini, jamiyat taraqqiyoti yo’llarini bilish, o’rganish mumkin emas.
Tilshunoslik fanining asosiy problemalaridan biri tilning ushbu fanning predmeti sifatidagi ta'rifidir. Ma'lumki, tabiiy inson tili faqat tilshunoslikda emas, balki yana bir qator fanlar tomonidan o’rganiladigan murakkab obyekt bo’lib, har bir fanning tilga bergan ta'rifi ham turlicha bo’lishi mumkin. Hattoki, tilshunoslik fanining o’zida ham tilning yagona ta’rifi yo’q. Tilning ta'rifi masalasi tilshunoslik fani tarixidagi eng muhim masalalardan biri bo’lib, fan tarixida turlicha talqin qilingan va hozirgi kunda ham turli ilmiy maktablar va oqimlar orasida keskin bahslarga sabab bo’lmoqda.
Darhaqiqat, tilshunoslikda mavjud bo’lgan har bir nazariya, avvalo tilni qanday tushunishga asoslanadi. Tilni qanday tushunishning til haqidagi nazariyani yaratishda ahamiyati katta. Tilshunoslik fanining obyekti, predmeti va tilni ilmiy o’rganish metodlari kabi masalalar ma'lum darajada tilni qanday tushunishga bog’liqdir. Tilshunoslik tarixida tilni turlicha ta'riflash fanning predmetini ham turlicha tasavvur qilishga sabab bo’ldi. Shuning uchun bu masalaning tilshunoslik tarixi asosiy etaplarida qanday hal etilganligini ko’rib chiqish maqsadga muvofiqdir.
Tilshunoslik fanining pridmeti, o’rganish manbai o’z ichki qonuniyatlariga ega bo’lgan murakkab tizim –tildir. Tilning o’ziga xos xususiyatlarini, taraqqiyot qonuniyatlarini o’rganish mazkur ijtimoiy hodisaga har tomonlama to’liq ta’rif berish imkonini yaratadi . Til umumiy qonuniyatga bo’ysunuvchi o’ziga xos ramzlar tizimi bo’lib, kishilik jamiyatidagi aloqa - munosabatning eng muhim quroli, fikr ifodasi hamda fikr yuritish asosi , voqelikni avloddan avlodga yetkazuvchi , insoniy kechinmalarni, his –tuyg’ularni ifoda etuvchi vositadir. Tilshunoslik tarixida tilga turlicha yondashuvlarni kuzatish mumkin .
XX asrdan boshlab tilshunoslik fanining predmetini aniqlashda yangi davr boshlandi. Hozirgi zamon tilshunoslik fanining asoschisi mashhur shveysariyalik olim F. de Sossyur (1857-1913) nazariyasi ta'sirida tilshunoslik fanining predmeti masalasi ham yangicha tus oldi. F. de Sossyurning fandagi asosiy xizmati shundan iboratki, u birinchilar qatori tilning murakkab hodisa ekanligini aniqlagan holda, yangi mukammal va aniq, shakllangan umumiy tilshunoslik nazariyasini yaratib berdi.
Tilshunoslik fanining predmetini aniqlash va uni ta’riflashga intilgan F.de Sossyurning qarashlari tilshunoslik tarixidagi muhim masalalarni hal etishda sezilarli ta’sir ko’rsatdi . F.de Sossyur fikricha , til kishilik jamiyatida bajaradigan vazifasiga ko’ra aloqa quroli , fikr ifodalash vositasidir; ijtimoiy tabiati jihatidan til madaniy –tarixiy va ijtimoiy hodisa , ichki tuzilishiga ko’ra sof belgi - ishoralar tizimidir .
Boshqa bir qator olimlar (A.Shleyxer, G. Paul, M. Myuller), tilshunoslik maktablari (“Yosh grammatikachilar“ maktabi, Praga strukturalizmi, Kopengagen strukturalizmi, Amerika strukturalizmi) tilning asl mohiyatini ochib berish masalasiga o’z nuqtayi nazarlaridan yondashdilar. Ularning fikr - mulohazalari tilshunoslik sohasida erishilgan yutuqlardan hisoblansa–da, mazkur qarashlarning ba’zi jihatlari cheklangan edi.
Tilshunoslikning umumiy va xususiy tilshunoslik ; nazariy tilshunoslik, amaliy tilshunoslik kabi qator bo’limlari mavjud bo’lib, tilning ayrim jihatlari asosida umumiy qoidalar chiqariladi.
Til - ijtimoiy hodisa. Til jamiyat taraqqiyoti jarayonida yuzaga kelgan. Til - tabiiy, biologik hodisa emas ; tilning mavjud bo’lishi va uning taraqqiyoti tabiat qonunlariga bo’ysunmaydi. Til butun jamiyat tarixi jarayonidagi tadrijiy davrlarning mahsuli sifatida umuminsoniy manfaatga xizmat qiladi .
2javob:
T. muammolarini oʻrganish dastlab qad. Hindistondan boshlangan. Kds. xind T. mil. av. 6-asrdan oldin yaratilgan vedalarni til nuqtai nazaridan sharxlash natijasida vujudga keladi va mil. av. 5 —4-asrlarda yashagan Paninining grammatikasi tufayli yuksaklikka kutarildi. Bu asar nazmda yozilgan 3996 ta qoidadan iborat boʻlib, unda sanskrit fonetikasi va grammatikasi tavsif etilgan. Yunonistonda til mantiqqa bogʻliq holda, shuningdek, uning grammatik qurilishi nuqtai nazaridan oʻrganilgan (Geraklit va Demokritning qarashlari, Platon va Aristotelning asarlari, Frakiyalik Dionisiyning "Grammatika"si va boshqalar). Soʻzlarni turkumlarga ajratish Aristoteldan boshlangan (mil. av. 4-asr). Qad. yunon T.ning kamoloti Iskandariyadagi, qisman Pergan (Kichik Osiyo)dagi yunon tilshunoslarining faoliyati bilan bogʻliq. Iskandariya grammatika maktabi (mil. av. 3—2-asrlar) vakillari tomonidan yunon tili grammatikasi yozildi. Yunon T. asosida lotin T. vujudga keldi (M. T. Varron, E. Donat, Prissian va boshqalarning asarlari).
Keyinchalik arab (Bagʻdod, Kufa. Basradagi grammatika maktablari), kdd. yahudiy, oromiy (Andalusiya filologlarining 9— 12-asrlardagi asarlari) va turkiy (Koshgʻariy va Zamaxshariy asarlari) tillari ilmiy tavsif manbai boʻladi. Oʻrta asrlarda tilshunoslikning rivoji arab, shuningdek, arab tilida ijod etgan arab boʻlmagan filologlar nomi bilan bogʻliq. Arab T.ning rivojlanishida Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Mahmud Koshgʻariy, Zamaxshariy, Javhariy singari oʻrtaosiyolik olimlarning xam hissasi katta boʻlgan. Ibn Sino tovushlarni fonema nuqtai nazaridan tekshirgan boʻlsa, Javhariy, Koshgʻariy va Zamaxshariylar leksikologiya va leksikofafiya sohasida jahon tilshunosligiga katta yangiliklar kiritdilar. Maxmud Koshgʻariy va Zamaxshariy oʻzlarining "Devonu lugʻotitturk", "Muqaddimat uladab" asarlari bilan turkiy lahjalarni hamda boshqaboshqa oilalarga mansub tillarni qiyoslash va chogʻishtirish bilan T.da qiyosiytarixiy metod va tipologiyadan foydalangan dastlabki tilshunoslar sifatida nom qozonganlar. Filologik fanlar Uzoq Sharqda, xususan, Xitoy va Yaponiyada ham rivojlandi. Rossiyada T. 15— 16-asr lardan boshlab taraqqiy qildi.
M. V. Lomonosovning "Rus fammatikasi" asarida rus adabiy tilining fonetik, morfologik, qisman sintaktik xususiyatlari birinchi marta izchil bayon qilindi.
Uygʻonish davrida antik dunyo madaniy merosiga boʻlgan qiziqish klassik filologiyaning rivojlanishiga ham turtki boʻldi. Shu bilan bir katorda, yangi, zamonaviy yevropa tillarini mantiqiy asosda oʻrganish boshlandi. Qiyosiy metodika va tarixiylik tamoyilining qoʻllanishi qiyosiytarixiy T.ka asos soldiki, bu soha tillarning qarindoshligini oʻrganishda, tillarning genealogii: tasnifshsh ishlab chiqishda, qarindosh tillarning , tillar oilalarining , asosan, hindevropa tillari oilasining tarixiy taraqqiyotini oʻrganishda, tillarning qad. holatini qayta tiklashda va boshqalarda muvaffaqiyatlarga erishdi. T.dagi qiyosiytarixiy yoʻnalishning rivojlanishiga nemis olimlari F. Bopp, Ya. Grimm, A. F. Pott, A. Shleyxer, A. Dits, daniyalik R. K. Rask, chexiyalik Y. Dobrovskiy, avstriyalik F. Mikloshich, rus olimi A. X. Vostokov va boshqa katta hissa qoʻshdilar. Umumiy T. asoslari, tilni "faoliyat" va "faoliyat mahsuli" sifatida tushunish, tilning tashqi va ichki shakli haqidagi taʼlimot, tillarning tipologii tasnifi va boshqa muammolar nemis olimi V. Gumboldt tomonidan ishlab chiqildi. Uning fikrlari 19—20-asrlar gʻarb T.ning bir qancha yoʻnalishlari rivojiga katta taʼsir koʻrsatdi. Gumboldt T. mantiqiylikdan qutulishi va oʻz metodiga ega boʻlishi kerakligini, tilning tizim xususiyatiga egaligini, uning 2 jixdti — tovush va maʼnosi borligini qamda ijtimoiy hodisaligini asosli bayon qildi. 19-asr oʻrtalarida A. Shleyxer T.da biologik nazariyalarni qoʻllashga urinib koʻrdi.
Lingvistik naturalizmni tanqid qilish negizida yosh grammatikachilar (nemis olimlari A. Leskin, K. Brugman, G. Ostxof, B. Delbryuk, G. Paul va boshqalar) maktabi shakllanib, u asosiy eʼtiborni jonli tillarni oʻrganishga karatdi. Ushbu maktab vakillari qiyosiytarixiy T.ning rivojini yangi bosqichga olib chiqdilar. 19-asrda hindevropashunoslikning asosiy tarmoqlari (ellinistikayunonshunoslik, romanistika, germanistika, slavyanshunoslik, keltshunoslik va boshqalar) batamom shakllanib boʻldi. Hindevropa tillari uchun ishlab chiqilgan qiyosiytarixiy metod tamoyillari ushbu oilaga kirmaydigan boshka tillarga ham tatbiq etildi. Shu tarika semitologiya, turkiyshunoslik, finugorshunoslik, afrikashunoslik kabi sohalar shakllanadi. T.ning 20-asr boshlaridagi rivojlanishida Ferdinand de Sossyurnnnt asarlari, birinchi navbatda, "Umumiy tilshunoslik kursi" (1916) muhim rol oʻynadi. Sossyur tilning belgi nazariyasini yaratdi, sinxroniya va diaxroniya, ichki lingvistika, tashki lingvistika va boshqa muammolarni tadqiq qildi. F. de Sossyur gʻoyalari keyinroq paydo boʻlgan lingvistik strukturalizm maktablarida: Praga lingvistik maktabi — funksional tilshunoslik, Kopengagen lingvistik toʻgaragi (glossematika), Jeneva maktabi, Amerika deskriptiv (tavsifiy) T.da yanada rivojlantiriladi.
3-4-javob:
til belgilari — soʻzlarning va ulardan foydalanish boʻyicha umumiy (grammatik) qoidalarning mavjudligi; soʻzlar tarkibida tilning eng qisqa (kichik) tovush birliklari — fonemalarning ajratilishi kabilarni koʻrsatish mumkin. Ayrim olingan soʻz doirasida fonemalar bir yoki bir necha boʻgʻinga birlashadi. Tilning kamroq umumiy bulgan struktur xususiyati alohida soʻzlar doirasida yanada kichikroq fonetik-semantik qismlar — morfemalarning ajralishidir. Nutq jarayonida har qanday nutq hodisasining gaplar tashkil etishi har qanday tovush tilining universal xususiyati hisoblanadi. Umumiy xususiyatlar doirasida turli xil tillarda ularni tashkil etuvchi elementlarning cheksiz variantlashuvi va bu elementlarning nutq jarayonidagi oʻzaro munosabati kuzatiladi.
Til mehnat va ijtimoiy ong bilan birgalikda bir-biriga oʻzaro bogʻliq boʻlgan, insonni hayvondan farqlovchi 3 ta eng muhim xossalardan birini tashkil etadi. Ushbu hossalar ichida mehnat muhim ahamiyatga ega boʻlib, u jamiyat mavjudligining moddiy asosi hisoblanadi.
Tilning tafakkur, ijtimoiy ong bilan aloqasi nihoyatda uzviy, chambarchasdir. Til belgilari — soʻzlar, soʻz birikmalari va gaplar — moddiy shakllar boʻlib, ularda ongning ideal mahsullari — aniq tasavvurlardan tortib eng mavhum va umumlashtiruvchi tushunchalar yoki hukmlargacha obʼyektiv tarzda oʻz aksini topadi. Shunday kilib, til nafaqat fikrni ifodalash yoki fikr almashish vositasi, balki ijtimoiy ongda fikrlarni shakllantirish va mustahkamlash vositasi ham hisoblanadi. Til — jamiyat boyligi, u jamiyat aʼzolarining oʻzaro aloqasini amalga oshiradi, insonning moddiy va maʼnaviy turmushida roʻy beradigan barcha voqeahodisalar haqidagi bilimlarni jamlaydi va ulardan xabardor qiladi; til ayni maʼnoda asrlar mobaynida shakllanadi va mavjud boʻladi. Tafakkur tilga qaraganda birmuncha tezroq rivojlanadi va yangilanadi, leki tilsiz tafakkurni tasavvur etib boʻlmaydi: tilda ifodalanmagan fikr noaniq, tushunarsiz bir narsa boʻlib, insonga borliq voqea-hodisalarini anglab yetishida, fanni rivojlantirish va takomillashtirishida yordam bera olmaydi. Tafakkur tilsiz mavjud boʻlmas ekan, til ham tafakkursiz yashay olmaydi. Biz oʻylab turib gapiramiz va yozamiz, oʻz fikrlarimizni tilda aniqroq va tushunarliroq bayon etishga harakat qilamiz. Demak, fikrlar til negizida paydo boʻladi va unda mustahkamlanadi; til bilan tafakkur bir butunlikni tashkil etadi.
Tilning , dastlabki tilning paydo boʻlishi masalasi insoniyatni qadimgi zamonlardan beri qiziqtirib keladi. Qadimgi davrlardan boshlab tilning kelib chiqishi haqida koʻplab nazariyalar, taʼlimotlar paydo boʻldi. Lekin bu nazariya va taʼlimotlar tilning kelib chiqish masalasini hanuzgacha uzil-kesil hal qilib bera olgani yoʻq.
Qayd etilganidek, jahon tillari oʻz grammatik qurilishi, lugʻat boyligi va boshqa jihatidan bir-biridan farq qiladi, lekin shu bilan birga ular barcha tillar uchun mushtarak boʻlgan umumiy qonuniyatlar asosida rivojlanadi. Til davr bilan, zamon bilan hamohang ravishda oʻzgarib boradi (oʻzbek tilining qadimgi turkiy til davri bilan hozirgi koʻrinishi chogʻishtirilsa, bunday oʻzgarishlar qay darajada boʻlganligi yaqqol seziladi) va baʼzan, turli ijtimoiy-siyosiy oʻzgarishlar oqibatida, muomaladan chiqib ketishi ham mumkin. Masalan, oʻtmishda jahon madaniyati rivojiga katta hissa qoʻshgan feklar va rimliklar soʻzlashgan qadimgi yunon va lotin tillari davrlar utishi bilan muomaladan chiqib, oʻlik tillarga aylanib qolgan.
Tildagi oʻzgarishlar tabiati hamda til taraqqiyotidagi yoʻnalishlar 2 ta boshqa boshqa omil — jamiyat hayotidagi tarixiy oʻzgarishlar hamda til taraqqiyotining muayyan bosqichida uning strukturasidagi konkret xususiyatlar bilan belgilanadi. Til tarixining jamiyat tarixi bilan aloqadorligi tilning ichki strukturasi oʻzgarishlarida (asosan, leksika va frazeologiya sohasida), shuningdek, muayyan tilning tarkalish miqyoslari oʻzgarishida (jumladan, uning funksional uslublari taraqqiyotida) va uning lahjalarga boʻlinishi (differensiatsiyasi) darajasida namoyon boʻladi. Fonetika va morfologiya sohalaridagi oʻzgarishlar ijtimoiy hayot voqea-hodisalari bilan bevosita bogʻliq emas. Til strukturasining jiddiy oʻzgarishlari tillarning oʻzaro taʼsirlashuvi jarayonlariga bogʻliq boʻladi. Jamiyat tarixiy taraqqiyotining turli bosqichlarida tillarning lahjaviy farqlanishi darajasidagi tafovutlar til tarixining jamiyat tarixi bilan aloqadorligini belgilovchi xususiyat xisoblanadi. Jamiyatning ayrim hududiy qismlarga iqtisodiy va siyosiy parchalanishi jarayonlari iqtisodiy va siyosiy birlashish jarayonlaridan ustun boʻlganda, yaxlit, bir butun tillar hududiy lahjalarga boʻlinib ketadi. Aksincha, jamiyatning iqtisodiy, siyosiy birlashish jarayonlari hududiy parchalanish jarayonlaridan ustunlik qilgan davrlarda, laxjaviy differensiatsiya bilan bir qatorda, adabiyotda adabiy til sifatida mustahkamlanib qoluvchi yagona umumxalq tilini yaratishga imkon paydo boʻladi. Umumxalq milliy tilning shakllanishi tegishli millatning shakllanishi davrida roʻy bergan.
Do'stlaringiz bilan baham: |