1. O. Shpengler hayoti. Nemis falsafasi. Nemis tarix falsafasining yirik namoyandalaridan biri Osvald Shpenglerdir. U o’zining mashhur «Yevropa quyoshining so’nishi»



Download 44,12 Kb.
bet1/4
Sana27.06.2022
Hajmi44,12 Kb.
#707751
  1   2   3   4
Bog'liq
shpengler


Mavzu: Osvald Shpengler falsafasi

Reja:
1.O. Shpengler hayoti.Nemis falsafasi.


2.Tarix falsafasida O.Shpengler qarashlari.
3.O.Shpengler falsafasida ”madaniyat va svilizatsiya”
Xulosa

1 1.O. Shpengler hayoti.Nemis falsafasi.
Nemis tarix falsafasining yirik namoyandalaridan biri Osvald Shpenglerdir. U o’zining mashhur «Yevropa quyoshining so’nishi» asarida tarix falsafasining o’ziga xos yo’nalishi haqidagi g’oyalarini ilgari suradi. Shpengler dunyoni mistik qarashlar orqali anglash, insonning intuitsiyasi, ichki hissiyot va voqelikni xis qila olish imkoniyatlari xususida fikr yuritadi. Shpengler xulosasiga ko’ra «Qancha odam va madaniyat bo’lsa, shuncha dunyo mavjud. Har bir aloxida inson uchun yagona, mustaqil, abadiy dunyo mavjud. Dunyoning bunday mavjudligi har bir inson uchun doimiy yangi, bir marta amalga oshadigan, hech qachon qaytarilmaydigan kechinmadir». Bir qarashda, darhaqiqat, har bir odam aloxida va mustaqil olam. Uning o’z dunyosi bo’lganidek, o’z ibtidosi va intihosi ham bor. U tashqi dunyoni o’zining ichki olami orqali o’zicha tushunadi, o’zicha anglaydi, unga o’zicha baho beradi. Demak, insoniyat tarixi har bir odam uchun garchi u yaxlit, bir butun tarix, real tarixiy jarayon bo’lsa-da, uni anglashda o’ziga xoslik, unga yondoshishda xususiylik bo’lishi tabiiy. Demak, real tarixiy jarayon real inson tasavvurida real fikr-xulosaga aylanishi mumkin. Ana shu holatdan kelib chiqib ham Shpengler
«ilmiy bilish bu o’z-o’zini anglashdir» degan g’oyani ilgari suradi.
Tarixni anglash, tarixni falsafiy tushunish orqali inson o’zligini anglaydi va o’ziga xos qadriyatga aylanadi. Bunday jarayon insonda intuitiv imkoniyat, his qilish qobiliyati orqali ham yuzaga kelishi mumkin. Shuning uchun Shpengler tarixni tushunish va tarixga munosabatda intuitsiya, his-tuyg’u mohiyatini ustuvor qiladi. Ana shundan kelib chiqib tarix mushohada, voqelikni to’g’ri his qila olish, tabiiy intuitsiya natijasi degan g’oyani ilgari suradi. Hatto, u tarixni hissiyot orqali tushunish g’oyasini ilgari surar ekan, «agar kim buni his qilmasa, tarix bilan shug’ullanmasin, tabiatni bilishga o’rganish mumkin, lekin tarixchi bo’lib tug’ilish kerak. Tarixchining kuchi shundan iboratki, u ongsizlik darajasida tarix jarayonini instinktiv ravishda biladi, bunday uslubda har qanday inson ham ishlay olmaydi», – deydi. Ana shu fikrdan ma’lum bo’ladiki, tabiatni bilish uchun bilimning o’zi etarli, tarixni anglash uchun esa uni his qila olish, tarixiy jarayon ortida yotgan inson takdiri, mohiyati, hayot mazmuni va kechinmalari, sevinch va izti-roblari yotganligini ham anglamoq zarur ekan. Ana shunda har bir tarixiy voqelik tarix falsafasiga aylanadi. Demak instinkt va his qila olish qobiliyati, intuitsiya quvvati tarixchi uchun noyob va qimmatli fazilatdir.
Shpengler tsivilizatsiyani madaniyat belgisi sifatida tushunadi va har qanday madaniyat o’z taraqqiyot bosqichlariga, o’zining tsivilizatsiyasiga ega degan goyani ilgari suradi. Uning nazarvda tsivilizatsiya madaniyatli insonlarga xos hodisa sifatida namoyon bo’ladi.
O. Shpengler madaniy taraqqiyot, tarix rivoji, uning dinamizmi xususida fikr yuritar ekan, «har qanday madaniyat insondek hayot kechiradi. Ularning o’z bolaligi, o’smirligi, o’rta yoshliga va qariligi bo’ladi», - deydi. Demak, har qanday madaniyat o’zining ibtidosi va intihosiga ega. Shuning uchun ham turli davrlarda yuz bergan turli mintaqalardaga tsivilizatsiyalar qaysidir darajada susayish, orqaga ketish holatlarini ham boshdan kechirgan. Ana shu tarixiy dalillar hamda insoniyat o’tmishidagi buyuk ko’tarilishlar va tanazzullarni nazarda tutib O. Shpengler har qanday tsivilizatsiya tanazzulga mahkumdir, degan fikrni ilgari suradi. Tsivilizatsiyalar taqdiri, uning istiqboli xususida gapirar ekan, «mening fikrimning markazini taqdir g’oyasi tashkil qiladi. O’tib ketganlarning taqdiri ham shunday bo’lgan, hozirgi G’arbiy Yevropa madaniyatini ham halokat kutmoqda», deydi. Shunday qilib, O.Shpengler insonning biologik mavjudot sifatida yaratuvchilik imkoniyatlarini, bu imkoniyatlarni ro’yobga chiqaruvchi ilohiy qudrat ruh, e’tiqod ekanligini ta’kidlaydi. Dunyoni anglashda, olamni tushunishda uning ana shu g’oyalari yaqqol ko’zga tashlanadi va «tabiatni mushohada qilish asnosida diniy e’tiqod yotadi. Dindan oldin paydo bo’lgan tabiiy bilim yo’qdir. Ana shu nuqgai nazardan qaraganda katolikcha va materialistik tabiatni bilish o’rtasida hech qanday farq yo’qdir. Ular bir narsa to’g’risida, lekin har xil tilda gaplashadi. Hattoki ateistik soha ham diniy asosga egadir. Hozirdagi mexanika ham xristian aqidalaridan andoza olgandir», deydi. Bu bilan O. Shpengler ruh birlamchi, e’tiqod xatti-harakatlar va voqeliklarni boshqaruvchi iloxiy qudrat degan xulosaga keladi. Uning nazarida insoniyat tarixi

  • bu juda uzoq va ming yilliklarni qamrab olgan yaxlit olam, ruh va e’tiqod orqali inson tomonidan amalga oshirilgan buyuk haqiqatdir.

Olamni anglash o’z-o’zini anglashdan boshlanadi, deydi O. Shpengler. Bunday qarashlar qaysidir darajada undan bir necha asrlar oldin Sharqda yuzaga kelgan ruh falsafasini eslatadi. Jumladan, A. Bedil, J. Rumiy, A. Nasafiy, N. Kubro va boshqalar ilgari surgan g’oyalarda ruh birlamchi, jism esa o’gkinchi, ruh – botin, jism – moddiy tariqasida talqin etiladi. Jumladan, A. Nasafiy «... ulug’ olamning avvalu oxiri, zohiru botini, mohiyat va shakllarini anglab etish uchun o’zining mohiyatini, zohiru botinini anglab etkin. Bundan boshqa yo’l yo’q», degan edi.
Nemis tarix falsafasi maktabi jahon falsafa fanining I. Gerder, V. Gumboldt G. Gegel, I. Kant, A. Shopengauer, G. Rikkert, V. Diltey, E. Trelch singari yirik namoyandalarini etishtirib berdi. Mutaxassislarning fikriga ko’ra nemis tarix falsafasi ingliz-frantsuz ma’rifatparvarligi qarashlariga teskari bo’lgan yo’nalishni ishlab chiqdilar va o’z g’oyalarini ilgari surdilar. E. Trelchning xulosalariga ko’ra nemis va ingliz-frantsuz tarix falsafasi o’rtasidagi farq ko’zga yaqqol tashlanadi. Nemis maktabi o’zining diniy-mistik xarakteri bilan alohida ajralib turadi. O’z navbatida ingliz-frantsuz maktabi tarix cho’qqisini ma’rifatparvarlik ideallari orqali kashf etdi.
Tarixiy taraqqiyotning universal kontseptsiyasi Gegel tomonidan vujudga keltirildi. Ayni u tarixiy dinamika nazariyasini yaratdi va bu sohada o’ziga xos olamshumul yangilikni vujudga keltirdi. Yoki boshqacha qilib aytganda, E. Trelch xulosalariga ko’ra «barcha tarixiy taraqqiyot nazariyalari qandaydir undan chekinganday, unga qarshi turganday ko’rinsada, biroq ularning barchasi uni butunlay inkor eta olmadi. Shuning uchun ham tarixiy dinamikaga doir barcha tadqiqotlar tarixiy dialektika tushunchasidan kelib chiqmog’i darkor».
Ayni ana shu tarixiy dialektika tarixiy taraqqiyot dinamikasini, uning taraqqiyot qonuniyatlarini, rivojlanish omillarini o’zida mujassam etadi va barcha tarix falsafasiga doir qarashlar, yo’nalishlar, kontseptsiyalar va metodologiyalarga asos bo’lib xizmat qiladi. Tarixiy ana shunday holatdan kelib chiqib, K. Yaspers «Bu kontsentratsion lagerlarning real voqeligi, bu azoblovchilar va azoblanuvchilar doirasidagi kelishilgan harakat, inson ma’naviy qiyofasining bunday yo’qolishi barchaga halokat tahdidini soluvchi kelajak imkoniyatlaridan darak beradi... ushbu xavf atom bombasidan ham qo’rqinch-li, chunki u inson qalbiga tajovuz qiladi», deydi. Bir qarashda Yaspers tsivilizatsiya oqibatlarini, fan-texnika taraqqiyoti natijalarini tushkunlik bilan qabul qilganday ko’rinadi. Biroq uning qarashlarida yuksak ko’tarinkilik, optimistik ruh yaqqol ko’zga tashlanadi. Xususan, insoniyat kelajagi to’g’risida gapirar ekan, har qanday tsivilizatsiya tasodifiy hodisa emas, aksincha, insonning aql-zakovati, fe’l-atvori mahsulidir, degan xulosaga keladi. O’tmishda yuz bergan barcha yutuqlar bilan birga tanazzullar va fojialarni butun ko’lami bilan anglab etish, undan zarur xulosalar chiqarish, buning uchun esa tiniq va keng qamrovli tafakkur kerakligini uqtiradi va, jumladan, shunday deydi:
«O’tmishning fojialarini unutishga yo’l qo’ymaslik kerak. Negaki, bizdagi qo’rquv o’tmishda sodir bo’lgan voqealar qaytarilishi, tarqalishi, butun dunyoni qamrab olishi mumkinligi tufayli paydo bo’ladi. Biz xavf bilan faol kurashga aylanuvchi ushbu qo’rquvni saqlashimiz lozim».
Shunday qilib, G’arb tarix falsafasi XVIII asrdan keyin jahon tarixini o’rganishning misli ko’rilmagan metodologik asosini yaratdi. Bu bevosita butun ko’lami, ilmiy-nazariy yaxlitligi, inson va uning mohiyati, insoniyat tarixi taraqqiyoti tajribalari haqidagi Sharq mutafakkirlari ilmiy-metodologik qarashlarining, falsafiy yo’nalishlari va g’oyalarining yangi tsivilizatsiyaviy shakli sifatida o’zini namoyon etdi. Zotan, G’arb mutafakkirlaridan biri «Hyp – Sharqdandir» degan edi. Bu dono bashorat har ikki ma’noda – hayot manbai bo’lgan quyoshning Sharqdan chiqishiga, tafakkur manbai bo’lgan aql-idrok, daholik quvvati va zakovat mo’’jizasi ham Sharqda yuz bergani va keyinchalik butun insoniyatni zabt etganiga haqqoniy ishora edi!
Osvald Shpengler 1880 yilning 29 mayida Gari yaqinidagi mо‘jazgina Blankerburg shahrida tuG‘iladi. Uning otasi Berngard Shpengler pochtada xizmatchi bо‘lib ishlaydi. Onasining ismi Paulina Shpenglerdir. 1887 yilda Shpenglerlar oilasi Zost shahriga kо‘chib о‘tishadi. Shpengler bu yerda gimnaziyaga о‘qishga kiradi. 4 yil о‘tgach ularning oilasi yana Gari shahriga kо‘chib о‘tishadi. Shpengler Latinadagi о‘quv bilim yurtida о‘qiydi. Bu о‘quv bilim yurti о‘z asoschisi ilohiyotchi, pedagog Avgust German Farnke nomida edi. Bu yerda qadimiy tillar chuqur о‘rgatilar edi. Nitsshe о‘qigan Shulfort gimnaziyasidan hech qanday kamchiligi yо‘q edi. 1899 yilda Shpengler Garidagi universitetga о‘qishga kiradi. Bu yerda matematika va tabiiy fanlar bilan chuqur shug‘ullanadi.2 1901 yilda Shpenglerning otasi vafot etadi, shundan sо‘ng u о‘qishni Myunxen va Berlinda davom ettiradi. 1904 yilda Shpengler Garida doktorlik dissertatsiyasini himoya qiladi. Uning mavzusi “Geraklit falsafasining metafizik G‘oyasi” deb ataladi. Shpengler imtihon topshirib, gimnaziyada tabiiy fanlardan, matematika, tarix va nemis tilidan dars berish huquqiga ega bо‘ladi. U 1908 yildan 1911 yilgacha Gamburgdagi Genrix Gers gimnaziyasida dars beradi. 1910 yilda onasi vafot etganidan sо‘ng Shpenglerga meros qoladi. Shundan sо‘ng u zerikarli о‘qituvchilik faoliyatini tashlab, yozuvchilik bilan shuG‘ullanadi. Shpengler Myunxenga kо‘chib о‘tadi. Bu yerda u hech kim bilan muloqotga kirishmay, о‘zining mashhur asari “Ovrо‘po quyoshining sо‘nishi” ning qoralama variantini yozadi. Shpenglerning moddiy sharoitining oG‘irlashishi, hamda urushning boshlanishi bu kitobning nashrini orqaga surib yuboradi. Nihoyat, 1918 yilda bu asarning birinchi jildi nashr qilinadi, shuning о‘zi muallifga katta shon-shuhrat keltiradi. 1919 yilda “Prusschilik va sotsializm” nomli uncha katta bо‘lmagan asarini yozadi. 1922 yilda esa “Ovrо‘po quyoshining sо‘nishi” asarining 2-jildi nashrdan chiqadi. 1920 yillarning boshlarida Shpengler kо‘p mashhur oilalar bilan dо‘stlashadi. Ular bilan bо‘lgan muloqot uning qarashlariga ham ta’sir qiladi. Shpengler Nitsshe Arxivi prezidiumiga saylanadi. Bu davrda u о‘tkir siyosiy mavzularda ma’ruzalar qiladi. 1925 yilda Shpengler siyosatdan qat’iy ravishda uzoqlashadi. U о‘z diqqatini ilmiy faoliyatga qaratadi. Shpengler falsafaning metafizik masalalari tо‘G‘risida yakunlanmagan qisqa asarlar yozadi. Bu maqolalar 1966 yilda “Birlamchi savollar” nomli tо‘plamda nashr qilinadi. Shu bilan bir qatorda Shpengler etnologiya, tarix masalalari bilan ham shuG‘ullanadi. Bu faoliyat uni yangi dunyo tarixini ishlab chiqishiga olib keladi. Uning g‘oyalari bir necha maqolalarida о‘z aksini topadi: “Amerika madaniyati”, “Falak gardishi va uning dunyo tarixidagi ahamiyati”, “Xristianlikning ikkinchi ming yilligida dunyo tarixi masalalariga oid lavhalar”. 1930 yillarda Germaniyada siyosiy vaziyat keskinlashadi. Shpengler yana siyosiy hayotga yaqinlashadi. U Gamburgdagi “Vatanparvar jamiyat”ida “Germaniya havf-xatar ostida” nomli ma’ruzasi bilan qatnashadi. Uch yil о‘tgach, Shpengler о‘zining oxirgi “Hal qiluvchi davrlar” nomli asarining 1-qismini yozadi. 1931 yilda uning “Inson va texnika” kitobi nashr qilinadi. Shpenglerning “Hal qiluvchi davrlar” kitobidan sо‘ng unga qarshi natsional-sotsialistlar tomonidan harakat boshlanadi; matbuotda uning asarlarini boshi man etiladi, unga ishonchsizlik (non grat) e’lon qilinadi. Shpengler 1936 yil 8 mayda yurak xurujidan vafot etadi. Shpenglerning markaziy mavzusi - bu tarix, lekin tarix madaniyat orqali tushuntiriladi. Har bir madaniyat aylanma harakatga ega, ya’ni tug‘iladi, ravnaq topadi va о‘ladi. Ovrо‘po madaniyati ham oxirgi uchinchi bosqichni о‘z boshidan kechirmoqda. Tarix taqdirga о‘xshaydi. Har bir madaniyat о‘z qobig‘iga joylashgan, boshqa madaniyatga о‘z yutuqlarini bera olmaydi. Shpengler о‘zining tarixiy konsepsiyasini yaratganda kо‘pgina falsafiy masalalarni kо‘taradi. Jumladan, ijtimoiy-siyosiy muammolar ham о‘ziga xos ravishda madaniyat tushunchasi orqali о‘z yechimini topgan. “Ovrо‘po quyoshining sо‘nishi” asari nashr etilishi bilan muallifga katta shuhrat olib keladi. U nafaqat Germaniyaning turli qatlamlari orasida, balki rus ziyolilari orasida ham katta qiziqish uyg‘otdi. Tarix falsafasini yaratishda u mistik intuitsiyaga tayanadi. Huddi ana shu uslub unga katta muvaffaqiyat olib keldi. “Ovrо‘pa quyoshining sо‘nishi” asarida Shpengler e’tiborini ovrо‘po madaniyati taqdirini ochib berishga qaratgan. Asarning boshlanishida u “hali hech kimning miyasiga tarixni tushunishdagi bunday inqilobiy fikr kelmagan”, - deydi. U о‘zining tarixiy ta’limotini о‘zigacha bо‘lgan ta’limotlarga qarshi qо‘yadi. Lekin ayrim g‘oyalarini Nitsshe va Getedan olganligini tan oladi.

Download 44,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish