Ishlab chiqarish xonalarida juda katta hajmda, tabiiy ravishda havo almashtirish jarayonini yuzaga keltiradigan kuch (bosim) xona ichkarisidagi va tashqarisidagi havo temperaturalari farqi, ya’ni havoning zichliklaridagi farq, natijasida yuzaga keladi.
Хonalarda tabiiy havo almashtirish tashkillashtirilgan va tashkillashtirilmagan turlarga bo‘linadi. Тashkillashtirilmagan tabiiy havo almashtirish eshik, deraza, fortochkalar orqali amalga oshiriladi. Тashkillashtirilgan havo almashtirish esa maxsus quvurlar, framugalar va derazalar orqali amalga oshiriladi (5.4 va 5.5 – rasmlar).
– Quvurli tabiiy havo almashtirish tizimi:
quvur panjaralari;2-tikka quvur; 3-yotiq yig‘uvchi quvur; 4-so‘ruvchi quvur; 5-deflektor; 6-derazalar.
– rasm. Aeratsiya:
a - qishda, shamolsiz vaqtda; b - yozda, shamol yon tamondan esganda; 1 va 2- tepa va pastki qator framugalari; 3-yorug‘lik fonarlari; 4-shamol to‘siqlari.
Тabiiy havo almashtirish, ya’ni aeratsiya, balandligi 6...8 m, 2 ta qator ochiladigan framugalari bo‘lgan ishlab chiqarish xonalarida qilinadi. Yozda 1- qator framugalar, qishda esa 2- qator framugalar ochiladi (5.5–rasm).
Тabiiy havo almashtirish hisobi. Tashqaridagi va ichkaridagi havo temperaturalari farqi tufayli yuzaga keladigan xonadagi havoni harakatlantiruvchi kuch quyidagi ifodadan topiladi, Pa [35]:
H 9,8h u , (5.3)
bu yerda h – havo kiradigan va chiqadigan quvurlar (derazalar) orasidagi masofa, m;
– tashqaridagi havo zichligi, kg/m3;
u – ichkaridagi havo zichligi, kg/m3.
Тashqaridagi va ichkaridagi havo zichliklari temperaturalariga bog‘liq
ravishda quyidagi ifodalardan topiladi, kg/m3:
353/273 t ;
u 353/273 tu , (5.4)
Quvur yoki deraza orqali o‘tayotgan havo tezligi quyidagi ifoda bo‘yicha aniqlanadi, m/s:
1,42c
, (5.5)
bu yerda
c – quvurlarning (derazalarning) havo kirishiga qarshiligini hisobga oluvchi Koeffitsient (c =0,5).
Havo so‘rish quvurlarining (derazalarning) umumiy yuzasi ( Sу ) quyidagi
ifoda bo‘yicha aniqlanadi, m 2:
Sу L / 3600 , (5.6)
bu yerda L – zaruriy havo almashtirish jadalligi, m 3/soat.
Havo so‘rish quvurlarining soni quyidagi ifoda bo‘yicha aniqlanadi, dona:
n Sу / f0 , (5.7)
bu yerda
f0 – bitta havo so‘rish quvurining (derazaning) yuzasi, standart diametrlar (o‘lchamlar) qatoridan tanlab olinadi, m2;
Do'stlaringiz bilan baham: |