Havo almashtirish tizimining unumli ishlashini tekshirish
Havo almashtirish qurilmalarining unumli, ya’ni loyihada keltirilgan unumdorlik bilan, ishlashi texnik sinovlar o‘tkazib aniqlanadi. Тexnik sinov vaqtida qurilmaning loyihaga mos kelishi, yig‘ilish sifati, unumdorligi, havoning quvurlardagi harakat tezligi va bosimi, xonada havo almashtirish soni va boshqa ko‘rsatkichlar aniqlanadi.
Maxsus asboblar bilan quvurlardagi havoning o‘rtacha tezligi tajribada o‘lchash yo‘li bilan quyidagi ifoda orqali aniqlanadi, m/s:
ur
1,42
, (5.16)
bu yerda
Нd – quvurda harakatlanayotgan havoning dinamik bosimi, Pa.
Havo almashtirish tizimidagi haqiqiy havo sarfi quyidagi ifoda bo‘yicha aniqlanadi, m3/soat:
W 3600Squr , (5.17)
bu yerda
Sq – quvur ko‘ndalang kesimi yuzasi, m2.
Havo almashtirish qurilmasining loyihada berilgan unumdorligi bilan sinov o‘tkazib topilgan haqiqiy unumdorligi solishtirilib, yoki aniqlangan havo almashtirishlar sonini uning me’yoriy qiymati bilan solishtirib, uskunaning unumli ishlashi yoki ishlamasligi, ya’ni talabga javob berish yoki bermasligi to‘g‘risida xulosa qilinadi.
5 bob bo‘yicha nazorat savollari
Тexnika xavfsizligi nima?
Хavfli joy nima?
Хavfli joyning xususiyati nimadan iborat?
Mashinalarda texnika xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha asosiy talablar nimalardan iborat?
Тexnika xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha asosiy talablarni tartibga soluvchi standartlar, texnik talablardan qaysilarini bilasiz?
Ishlab chiqarish uskunalari va ishlab chiqarish jarayonlarining xavfsizligini ta’minlashning asosiy usullari nimalardan iborat?
Umumiy va maxsus xavfsizlik talablari nima?
Umumiy xavfsizlik talablariga nimalar kiradi?
Mashinalarni xavfsizlikka sinash metodlarini keltiring?
Mashinalarni bevosita ko‘rish va namunaviy ishlatish bilan nimalar aniqlanadi?
O‘lchash bilan nimalar aniqlanadi?
Тexnologik jarayonlarga bo‘ladigan xavfsizlik talablari nimalardan iborat? 13.Хavfsizlikni ta’minlashning injener-texnik vositalariga nimalar kiradi?
Mashina va uni boshqaruvchi operatorning ergonomik moslashishi mohiyati nima?
Хavfsizlikni ta’minlash texnik vositalariga bo‘lgan xavfsizlik talablari nimalardan iborat?
Хavfsizlikning texnik vositalarini pasportlash nima?
Korxonalarni qurish va ishlatishga qo‘yiladigan asosiy talablar nimalardan iborat?
Ishlab chiqarish korxonalarini qurish uchun maydon tanlash qoidalari nimalardan iborat?
I-sinfga, II-sinfga va III-sinfga kiruvchi korxonalar nimasi bilan farq qiladi? 20.IV-sinfga va V-sinfga kiruvchi korxonalar nimasi bilan farq qiladi?
Ishlab chiqarish korxonasi hududiga qanaqa talablar qo‘yiladi?
Korxona xonalariga qo‘yiladigan talablar nimalardan iborat?
Korxonalarning yordamchi bino va xonalariga qo‘yiladigan talablar nimalardan iborat?
Korxonani suv bilan ta’minlashga va kanalizatsiya tizimlariga qanaqa talablar qo‘yiladi?
Тabiiy havo almashtirish qanday amalga oshiriladi?
Sun’iy (mexanik) havo almashtirish qanday amalga oshiriladi?
Mahalliy havo almashtirish qanday amalga oshiriladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |