O‘zbekisтon respublikasi


Katta energiya va bosim bilan ishlovchi uskunalar, qurilmalar va idishlarni xavfsiz ishlatishning



Download 6,58 Mb.
bet178/230
Sana29.01.2023
Hajmi6,58 Mb.
#905074
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   230
Bog'liq
mexnat muhofazasi (1) (1)

Katta energiya va bosim bilan ishlovchi uskunalar, qurilmalar va idishlarni xavfsiz ishlatishning


me’yoriy asoslari

Bosim ostidagi idishlarni ishlatishga, yig‘ishga, ta’mirlashga va belgilangan tartibda texnik ko‘rikdan o‘tkazib turishga bo‘lgan asosiy talablar “Sanoatgeokontexnazorat” tomonidan qabul qilingan bir qator texnik hujjatlarda keltirilgan. Bularga quyidagi texnik hujjatlar kiradi (hujjatlar ketma-ketligi qabul qilingan yiliga bog‘liq ravishda keltirilgan) [43, 45]:



  1. Suyuq gazlarni bosim ostida saqlanadigan sharsimon sig‘imlar va gazgolderlarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha yo‘riqnoma”. Bu yo‘riqnoma “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2007 yil 20 noyabrdagi 209-sonli buyruqi bilan tasdiqlangan. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda texnik hujjat deb topilgan. 2007 yil 6 dekabr, 20- 15-331/11-sonli xat. Hujjat matni rus tilida berilgan.

  2. Bosim ostida ishlaydigan bug‘ va suv isitiladigan qozonlar, idishlar, bug‘ va suv quvurlarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha metodik qo‘llanma”. Bu metodik qo‘llanma “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2007 yil 28 dekabrdagi 253-sonli buyruqi bilan tasdiqlangan. Hujjat matni rus tilida berilgan.

  3. Тexnologik quvuro‘tkazgichlarning tuzilishi va xavfsiz ishlatish qoidalari”. O‘z.R VM huzuridagi “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2009 yil 28 oktabrdagi 211-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda texnik hujjat deb topilgan, 2009 yil 1 dekabr 6-15/23-9626/6-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Hujjat matni o‘zbek tilida berilgan.

  4. Membrana saqlagich qurilmalarini ishlab chiqish, tayyorlash va ishlatish qoidalari”. O‘z.R VM huzuridagi “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2009 yil 5 dekabrdagi 259-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda texnik hujjat deb topilgan. 2009 yil 30 dekabrdagi 6-15/11-10659/6-son bilan

ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Hujjat matni o‘zbek tilida berilgan.

  1. Bug‘ va issiq suv quvurlarining tuzilishi va xavfsiz ekspluatatsiya qilish qoidalari”. “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2010 yil 6 iyuldagi 199-sonli buyruqi bilan tasdiqlangan. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda texnik hujjat deb topilgan, 2010 yil 2 avgust 6-24/23-6554/6-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Hujjat matni o‘zbek tilida berilgan.

  2. Statsionar kompressor qurilmalari, havo o‘tkazgich quvurlari va gaz quvurlarining tuzilishi hamda ulardan xavfsiz foydalanish qoidalari”. O‘z.R VM huzuridagi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2011 yil 3 noyabrdagi 239-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda texnik hujjat deb topilgan, 2011 yil 14 noyabr, 6-24/11-12053/6-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Hujjat matni o‘zbek tilida berilgan.

  3. Bosim ostida ishlaydigan idishlarning tuzilishi va xavfsiz ishlatish qoidalari”. O‘z.R VM huzuridagi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2011 yil 23 noyabrdagi 258-sonli buyruqi bilan tasdiqlangan. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan 2011 yil 23 dekabrda 6-24/11- 13112/6-son bilan texnik hujjat sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Hujjat matni rus tilida berilgan.

Yuqorida keltirilgan qoidalar quyidagi portlash xavfi bilan belgilanadigan, quyida keltirilgan parametrlarga ega bo‘lgan, bosim ostida ishlatiladigan idishlar va qurilmalar uchun ishlab chiqilgan:

  • 70 kPa (0,7 atm) dan ortiq bosim ostida ishlatiladigan idishlar va zich yopiladigan qurilmalar;

  • 50 °C haroratda 70 kPa dan ortiq bosimga ega bo‘lgan yoki shunday bosim yordamida bo‘shatilishi zarur bo‘lgan suyultirilgan gaz bilan to‘ldirilgan bochka va sisternalar;

  • 70 kPa dan ortiq ishchi bosimga ega bo‘lgan qisilgan, suyultirilgan va eritmalar tarkibidan ajralib chiqayotgan gazlar saqlanadigan ballonlar;

  • yuqori haroratda issiq suv yoki bug‘ tayyorlash uchun ishlatiladigan qozonlar (bosim qanday bo‘lishidan qati nazar);

  • siqilgan gaz tayyorlash kompressorlari.

Portlashga xavfsiz, o‘yuvchi bo‘lmagan va zaharsiz moddalarning bosimi ostida, devorining tashqi yuzasi temperaturasi 200 °C gacha bo‘lgan, keltirilgan hajmining (V, l) bosimga (P, MPa) ko‘paytmasi 1000 l·MPa dan ortiq bo‘lmagan idishlar; hamda portlashga xavfli, o‘yuvchi va zaharli moddalarning bosimi ostida, yuqorida ko‘rsatilgan haroratda, PV ko‘rsatgichi 50 l·MPa dan ortiq bo‘lgan idishlar “Sanoatgeokontexnazorat” organlari tomonidan ro‘yxatga olinadi.
Bosim ostidagi idishlarning parametrlari yuqoridagi talablar doirasiga to‘g‘ri kelmasa ularni texnik ro‘yxatdan o‘tkazish, nazorat qilish, ishlatish va saqlash korxona va obyekt ma’muriyati tomonidan davlat standartlari va me’yoriy-texnik hujjatlaridagi xavfsizlik talablari va qoidalarini hisobga olgan holda olib boriladi. Bu o‘ta mas’uliyatli jarayonlarni amalga oshirishda asosiy e’tibor quyidagi standartlar talablari va qoidalariga qaratilishi kerak [41]:

  1. GOSТ 12.2.085-2002 MХSТ. “Bosim ostida ishlovchi idishlar. Saqlovchi klapanlar. Хavfsizlik talablari”.

  2. GOSТ 12.2.096-83 (1988) MХSТ. “Ishchi bosimi 0,07 MPa gacha bo‘lgan bug‘ qozonlari. Хavfsizlik talablari”.

  3. GOSТ 12.2.016-81 (1987) MХSТ. “Kompressor qurilmalari. Umumiy xavfsizlik talablari”.

Korxonalarda va obyektlarda bosim ostidagi idishlarni ishlatish, ularning xavfsizligini ta’minlash, davriy ravishda sinovlardan o‘tkazish bo‘yicha mas’ul shaxslar tayinlanadi. Ular tomonidan olib borilgan ishlar maxsus jurnallarga yozilib rasmiylashtiriladi.



      1. Download 6,58 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish