O‘zbekisтon respublikasi


Bosim ostidagi idishlarning xavfsizligini ta’minlovchi saqlovchi va nazorat qiluvchi asboblar



Download 6,58 Mb.
bet181/230
Sana29.01.2023
Hajmi6,58 Mb.
#905074
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   230
Bog'liq
mexnat muhofazasi (1) (1)

Bosim ostidagi idishlarning xavfsizligini ta’minlovchi saqlovchi va nazorat qiluvchi asboblar


Bosim ostida ishlatiladigan idishlarning bosimi yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan me’yoriy chegaradan ortib ketmasligini ta’minlash uchun har xil saqlovchi va muhofazalovchi qurilmalardan foydalaniladi. Bularga texnologik quvurlarga o‘rnatilgan va bosim ma’lum darajadan ortib ketganda o‘z-o‘zidan berkilib qolishni ta’minlaydigan klapanlar, saqlovchi qurilmalar, bosimni me’yorlashtirish vositalari va teskari klapanlar kiradi (6.2 – rasmga qarang).


Maxsus saqlovchi qurilmalar (membranali, sitilib chiqib ketuvchi) parchalanib yoki ko‘chib ketishi natijasida favqulodda holatni bartaraf qilsada, lekin o‘zi ham ishdan chiqqanligi sababli ishlatishga yaroqsiz holga keladi. Ularning o‘rniga yangi saqlovchi qurilmalarni o‘rnatishga to‘g‘ri keladi. Bu holat ma’lum bir vaqt va kuch talab qiladi. Ishni bajarish vaqtida xavfli holatlar ham sodir bo‘lishi mumkin. Prujinali va richagli saqlovchi qurilmalar esa bu kamchiliklardan xoli, ular ishchi yoki avariya holatlariga avtomatik ravishda o‘tib, uzoq muddat ishlashga mo‘ljallangan.
Har xil bosim ostida ishlaydigan idishlarning xavfsizligini ta’minlashda ishlatiladigan saqlovchi qurilmalar u yerdagi sharoitni hisobga olgan holda va deyarli har qanday noqulay holatlarda ham xavfsizlikni ta’minlaydigan shartlarda tanlab olinadi. Saqlovchi qurilmaga qo‘yiladigan asosiy talablardan biri bu qurilmaning berkitilgan holatida zich yopilganligini va ochilgan vaqtda siqilgan moddani chiqarib yuborishiga bo‘ladigan qarshilikning iloji boricha kam bo‘lishligi talab etiladi. Shuning uchun ham bosim ostida ishlaydigan qozonlarga o‘rnatilgan ta’minot jo‘mraklari ochilganda undan chiqadigan gaz yoki suyuqlik tekis oqim sifatida va chiqish joyida bosim kuchini yo‘qotgan holda chiqadi. Aks holda, ta’minot jo‘mrakning yoki boshqa saqlovchi qurilmaning ishchi yuzalarida ma’lum miqdorda yemirilish yuz berishi tufayli, uning zichligini ta’minlashda ma’lum qiyinchiliklar tug‘ilishi mumkin. Bunday yemirilishlar ta’minot kranlaridagi suyuqlik oqimini muvofiqlashtirish jarayonini qiyinlashtiradi va bu oqimni boshqarish imkoniyatini yo‘qotadi.
“Sanoatgeokontexnazorat” ishlab chiqqan qoidalarga asosan, har bir bosim ostida ishlaydigan idish yoki suv isitish, bug‘ hosil qilish qozonlariga albatta saqlovchi qurilmalar, manometrlar (bitta ishchi manometr va bitta nazorat manometri), suv hajmini ko‘rsatuvchi asboblar, ta’minot jo‘mragi va teskari klapanlar (bular qozonni suv bilan ta’minlash joyiga o‘rnatiladi), shuningdek suvni to‘kish jo‘mraklari o‘rnatilgan bo‘ladi ( 6.6 va 6.7 – rasmlar).



    1. – rasm. Qozondagi suv sathini ko‘rsatuvchi asboblar:

a - tekis shishali asbob; b - aylana shishali asbob. 1, 2 va 3 - mos ravishda bug‘, suv va to‘kish kranlari; 4 - shisha idish; 5 - qozondagi suv sathi.



    1. – rasm. Qozondagi bosimni ko‘rsatuvchi manometrlar:

a - quvurchali; b - plastinkali; v - nazorat manometrini o‘rnatish; 1 - nazorat manometri; 2 - nazorat manometri uchun flanets; 3 - uchta yo‘lli kran; 4 - sifon quvurcha.
Bug‘ hosil qiluvchi qozonlar va havo yig‘uvchi resiverlarga o‘rnatilgan saqlovchi qurilmalar, ularda yig‘ilgan bug‘ yoki havoning bosimi belgilangan miqdordan oshib ketgan taqdirda, odam ishtirokisiz ochilib ortiqcha bosimni chiqarib yuborish bilan umumiy bosim ma’lum chegarada bo‘lishini ta’minlab turadi. Ortiqcha bosim chiqarib yuborilgandan keyin klapan avtomatik ravishda ishchi holatga qaytishi, ya’ni teshikni yopishi lozim.
Хavfsizlikni ta’minlash nuqtayi nazaridan bug‘ va suv qozonlaridagi nazorat asboblarining turi va soni quyidagicha bo‘lishligi tavsiya etiladi:

  • suv sathi balandligini ko‘rsatuvchi asboblar (kamida 2 ta);

  • suv va bug‘ termometrlari;

  • bug‘ bosimini o‘lchovchi asboblar;

  • avtomatik tovush va yorug‘lik signali beruvchi asboblar;

  • saqlovchi qurilmalar (klapanlar).

Qozonlardagi xavfsizlik klapanlarining soni va o‘lchamlari uning bug‘ bo‘yicha unumdorligiga bog‘liq:

  • 100 kg/soat gacha unumdorlikda – 1 ta klapan;

  • 100 kg/soat dan yuqori unumdorlikda – 2 ta klapan. “Sanoatgeokontexnazorat” qoidalariga asosan har bir bug‘ qozoni va

siqilgan havoni jamlovchi qurilmaga eng kamida ikkita saqlovchi qurilma o‘rnatish tavsiya etiladi. Bunda har ikkala saqlovchi qurilma teshiklari ko‘ndalang kesimi d

quyidagicha bo‘lishi kerak:
25  d  125
mm.

Saqlovchi qurilma ochishi zarur bo‘lgan teshikning ko‘ndalang kesimi bug‘ qozonida hosil bo‘lgan ortiqcha bosimni chiqarib yuborish imkonini berishi kerak. Buni gazlarning teshik orqali oqib chiqishi nazariyasiga asosan quyidagi tenglama asosida aniqlashimiz mumkin:



Q    a p
, (6.2)



bu yerda Q – saqlovchi qurilma unumdorligi, kg/soat;
 – oqim koeffitsienti (dumaloq teshiklar uchun  =0,85);

a – klapan ko‘ndalang kesimi yuzasi, sm2;
p – qozonda hosil bo‘lgan bosim, Pa;
g – erkin tushish tezlanishi, 981 sm/s2;
m –doimiy bosim va doimiy hajmdagi issiqlik sig‘imlarining nisbati,
M – bug‘ yoki gazning molekular og‘irligi;
R – gaz doimiysi;
T – absolyut temperatura, °K.
cp / c ;

Bu miqdorlarning ma’lumlarini va m ning o‘rtacha miqdorini qo‘ysak, tenglama quyidagi ko‘rinishga keladi:



Q  216  a p
, (6.3)

bundan klapan ko‘ndalang kesimi yuzasini topish mumkin, sm2:





a Q
216  p
, (6.4)

Bu tenglama har qanday bug‘lar va gazlar uchun o‘z kuchini yo‘qotmaydi.


Saqlovchi qurilmalarning soni va ko‘ndalang kesimini aniqlashga mo‘ljallangan “Sanoatgeokontexnazorat” tomonidan tavsiya qilingan tenglamalardan ham foydalaniladi [43]:
Qk



bu yerda n – klapanlar soni;


ndh  

 , (6.5)
p

d – klapan ichki yopuvchi qismining diametri, sm;
h – klapanning ko‘tarilish balandligi, sm;
 – saqlovchi klapan ko‘tarilish koeffitsienti, kam balandlikka ko‘tariladigan ( h = d /20) bo‘lganda 0,0075, ko‘tarilishi balandligi ko‘p bo‘lganda ( h = d /4) 0,015 ga teng deb qabul qilinadi;
Qk – qozon bug‘ hosil qilishining eng yuqori unumdorligi, kg/soat;
p – qozondagi bug‘ning absolyut bosimi, Pa.
Saqlovchi qurilmalar tuzilishi bo‘yicha richagli, prujinali, silfonli,

membranali, otilib ketuvchi va boshqa turdagi bo‘lishi mumkin.
Konstruksiyasi bo‘yicha yopiq yoki ochiq, bittali yoki juft, ochilishi baland va ochilishi past turlarga bo‘linadi. Amaliyotda bosim ostidagi idishlarda keng foydalaniladigan prujinali, richagli, membranali, otilib ketuvchi, sitilib chiquvchi saqlovchi qurilmalar sxemalari 6.8 va 6.9 – rasmlarda keltirilgan.
Bosim ostida ishlovchi idishlarda qo‘llaniladigan saqlovchi qurilmalarning ishonchli va samarali ishlashlari ularning konstruktiv parametrlarining to‘g‘ri tanlanishiga bog‘liq. Shu sababli ularning konstruktiv parametrlariga ma’lum bir talablar qo‘yiladi.
Masalan, idishlardagi richagli saqlovchi qurilmalar (6.9.a – rasm) klapanlarining ishonchli ochilishini ta’minlashda quyidagi tenglamada keltirilgan shart bajarilishi kerak:
d 2
Pp m a my a b  mp a c, (6.6)
4
bu yerda d – klapan bilan berkitilgan teshik diametri, sm;
Pp – idishdagi eng yuqori chegara miqdordagi ishchi bosim, Pa;


m – klapan tarelkasi va uning ustini massasi, kg;
my – o‘zgaruvchan kuch hosil qiluvchi yuk og‘irligi, kg;
mр – “AS” richag massasi, kg;


T – richagning og‘irlik markazi;
a, a b, a c – “A” tayanch sharnirga nisbatan kuch momenti yelkalari.

Har xil kuchlar uchun yelkalar nisbatini hosil qilish 6.8.a – rasmdagi chizmadan ko‘rinib turibdi. Bunda idishdagi xohlagan bosim uchun yuk holati tanlanishi mumkin.



Download 6,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish