O‘zbekisтon respublikasi



Download 6,58 Mb.
bet169/230
Sana29.01.2023
Hajmi6,58 Mb.
#905074
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   230
Bog'liq
mexnat muhofazasi (1) (1)

Ishlab chiqarish korxonalarining yordamchi bino va xonalari, bularning tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin: sanitariya-maishiy xonalari; umumiy ovqatlanish joylari; sog‘liqni saqlash bo‘limlari; maishiy xizmat, konstruktorlik xizmatlari; o‘quv xonalari (agar kechki yoshlar bilim yurtlari bo‘lsa); jamoat tashkilotlari o‘rnashgan joylar va boshqalar. Bularni, QMQ II-92-
76 ga asoslangan holda, ishlab chiqarish korxonasi yoniga qurilgan binolarda tashkil etish tavsiya qilinadi [45].
Yordamchi bino va xonalarni sanoat korxonalari asosiy binolari tarkibiga kiritish ham mumkin. Lekin bunda sanitariya-maishiy va boshqa turdagi xonalar
sanitariya-gigiyena sharoitining ishlab chiqarishdagi zararli omillar ta’sirida yomonlashishining oldini olgan taqdirdagina ruxsat etiladi. Bunday xonalar, odatda, yaxshi jihozlangan, devor, shift, pol kabi qurilish elementlari yaxshilab pardozlangan, bo‘yalgan, toza va qoniqarli holatda saqlanishi kerak.
Har qanday yordamchi bino yong‘in vaqtida odamlarni chiqarib yuborish imkoniyatini beradigan eng kamida ikkita eshik yoki darvoza bilan jihozlangan bo‘lishi va bu vositalar iloji boricha qarama-qarshi tomonga o‘rnatilishi kerak. Yordamchi xonalarning ichki hajm birliklarini belgilaganda quyidagi ma’lumotlarga asoslaniladi: har bir qavatning yuzasi 300 m2 gacha bo‘lganda uning balandligi 3,3 m dan kam bo‘lmasligi kerak; shu qavatda joylashtirilgan xonalar balandligi esa 2,4 m dan kam bo‘lmasligi kerak.
Agar shu qavatga ovqatlanish, yig‘ilish zallari joylashtirilib, maydoni 300 m2 gacha va umumiy qavatning 60 foiz qismidan ko‘prog‘ini egallagan bo‘lsa, uning balandligi 3,6...4,2 m qilib belgilanadi. Ayrim xonalarning balandligi ularda bajariladigan ish turiga binoan belgilanadi. Masalan, ma’muriyat xonalari, boshqaruvchi shaxslar uchun belgilangan xonalar, jamoat ishlarini bajaruvchilar uchun, fizkultura mashqlarini bajarish, o‘qish, o‘qitish, texnika xavfsizligi xonasi, sexda ish boshqaruvchilar uchun xonalar va boshqalar. Bu xonalarning umumiy balandligi 3 m atrofida va maydonlari ma’muriy xonalarda har bir ishlovchi uchun 4 m2, chizmakashlik ishlarini bajaruvchilar uchun 6 m2 miqdorida belgilanadi.
Ma’muriy binolarning qurilishiga qo‘yiladigan talablar ularni zavod hududining chekkarog‘ida bir necha qavatli qilib qurish imkoniyatini beradi. Agar bunday imkoniyat bo‘lmasa, ularni sexlarning yonida bo‘sh qolgan maydonlarga qurish mumkin. Ma’muriy binolarga kunning yorug‘ vaqtlarida tabiiy yorug‘likning iloji boricha ko‘proq tushishini ko‘zda tutish kerak. Chunki, bu binolarda faol dam olish, tibbiyot xizmati ko‘rsatish, ayollar uchun bola emizish, o‘quv va maishiy dam olish xonalari joylashtirilgan bo‘ladi.
Sanitariya-maishiy xonalar qatoriga garderoblar, dush xonalari, hojatxonalar, yuvinish xonalari, ish kiyimlarini zararsizlantirish, ish kiyimlarini quritish, changdan tozalash, ayollar shaxsiy gigiyenasi uchun mo‘ljallangan xonalar,
shuningdek, ayollarning bola emizishi uchun mo‘ljallangan xonalar kiradi. Shuningdek, sanoat korxonasi hududida mehnat qilayotganlar uchun, qish kunlari isinish xonalari tashkil etiladi. Bu xonalar sanoat korxonasi yoniga joylashtirilgan yordamchi binolarda bo‘lsa ham, albatta, isitilishi, agar alohida binoda bo‘lsa, asosiy ish joyiga o‘tish yo‘llari bilan ta’minlangan va bu o‘tish joylari ham isitiladigan bo‘lishi kerak.
Maishiy xonalar, albatta, tabiiy yorug‘lik yordamida yoritilishi va o‘tish joylariga tabiiy yorug‘lik tushishi ta’minlanishi va umuman tabiiy va sun’iy shamollatish vositalariga ega bo‘lishi kerak.
Garderob xonalarda, hojatxonalarda, shuningdek, dush va yuvinish xonalarida suv bilan yuvib tozalash imkoniyatini beradigan plitkalar yotqizilgan pol bo‘lishi tavsiya etiladi. Ayollar shaxsiy gigiyena xonalari ham shunday qilingani ma’qul. Ularni rangli yoki ochiq rangli plitkalar bilan jihozlash yaxshi natija beradi. Devorlarga 1,8 m balandlikgacha oq rangli plitkalar yopishtiriladi, shunda ularni suv bilan (shuningdek issiq suv bilan ham) yuvib tozalash mumkin bo‘ladi. Shiftlar yog‘och, ba’zi hollarda plastmassa materiallar bilan jihozlanadi. Bu esa shiftdan suv tomchilari tomishining oldini oladi. Shiftlar, odatda, ochiq rang beradigan moyli bo‘yoqlar bilan bo‘yaladi.
Ish va uy kiyimlarini saqlash uchun garderoblar, hojatxonalar, yuvinish va dush xonalari erkak va ayollar uchun alohida-alohida tashkil etiladi. Garderoblar asosan ish va uy kiyimlari, qishlik va maxsus kiyimboshlar uchun mo‘ljallanadi.
Har xil kiyimlarni saqlash uchun turlicha shkaflar qo‘yiladi. Ular har tomonlama berk, faqat oldi tomoni yoki butunlay ochiq yoki qulfsiz eshikchali, yoxud qulfli eshikchalar o‘rnatilgan bo‘lishi mumkin. Bunday shkaflarning bo‘yi 165 sm, chuqurligi 30 sm va eni 25...40 sm atrofida bo‘ladi. Shkaflar soni ishchilar soniga teng bo‘lishi kerak. Agar yopilmaydigan uzun, bo‘linmagan garderoblar qo‘yilgan bo‘lsa, bunda ular ilinishi kerak bo‘lgan ish kiyimlar soniga qarab belgilanadi. Bunda har bir metr masofaga 6...8 ilgich joylashishi hisobga olinadi.
Dush xonalarini garderoblar bilan yonma-yon joylashtirish kerak. Dush xonalarini tashqi devorga taqab qurishga ruxsat berilmaydi. Ochiq dush xonalari
0,9 x 0,9 m, bekiladiganlari esa 1,8 x 0,9 m bo‘lishi kerak. Dush xonalari dush nuqtalari va sovun qo‘yish tokchalari, suv ta’sir qilmaydigan pardalar bilan ta’minlanadi. Ular yonida ishchi kiyimlarni almashtirish uchun maxsus joylar bo‘lishi kerak.
Umumiy yuvinish joylariga o‘rnatilgan jo‘mraklar soni ishchilar soniga qarab, ya’ni erkaklar uchun 3...15 kishiga va ayollar uchun 3...12 kishiga bitta kran hisobida ta’minlanadi.
Hojatxonalarni boshqa sanitariya-maishiy xonalardan farqli o‘laroq, sex joylashgan binoning o‘zida joylashtirishga ruxsat etiladi. Ular ish joylaridan 75 m dan uzoq bo‘lmasligi kerak. Agar hojatxona sanoat korxonasi hududida joylashgan bo‘lsa, umumiy ish joylaridan 150 m dan uzoq bo‘lmasligi lozim. Agar sanoat korxonasi ko‘p qavatli binolardan tashkil topgan bo‘lsa, har qavatda hojatxonalar bo‘lishi kerak. Hojatxonalardagi xonalar soni ishchilar soniga qarab belgilanadi. Bunda har 15 ishchiga bir xona hajmida ajratiladi [28, 36, 40].



      1. Download 6,58 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish