O‘zbekisтon respublikasi


Ishlab chiqarish korxonalarini qurish uchun maydon tanlash qoidalari



Download 6,58 Mb.
bet166/230
Sana29.01.2023
Hajmi6,58 Mb.
#905074
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   230
Bog'liq
mexnat muhofazasi (1) (1)

Ishlab chiqarish korxonalarini qurish uchun maydon tanlash qoidalari


Sanitar me’yor (SM 245-71) talabiga ko‘ra ishlab chiqarish korxonalari xavflilik darajasi bo‘yicha beshta sinfga bo‘linadi. Ishlab chiqarish korxonalarining sinflarini, asosan, ular tomonidan atrof-muhitga chiqarib yuborilayotgan zararli moddalar miqdori belgilaydi [40, 43, 46].



  1. sinfga cho‘yan quyish domna pechlarining umumiy hajmi 1500 m3 dan ortiq bo‘lgan va bir yilda 3000 tonnadan ortiq rangli metallarga ishlov beradigan yoki marten va konverter pechlari yordamida bir yilda 1000000 tonnadan ortiq po‘lat eritib olish quvvatiga ega bo‘lgan ishlab chiqarish korxonalari kiradi.

  2. sinfga xuddi shunday ishlab chiqarish korxonasi, ammo kamroq quvvatga ega bo‘lgan, ya’ni po‘lat eritish yiliga 1000000 tonnagacha, umumiy domna pechlarining hajmi 500 dan 1500 m3 gacha bo‘lgan, shuningdek, rangli metallarga ishlov berish quvvati 1000 dan 3000 tonnagacha bo‘lgan yoki 20000 tonnagacha miqdorda cho‘yan quyma ishlab chiqaradigan ishlab chiqarish korxonalari kiradi.

  3. sinfga cho‘yan erituvchi domna pechlarining umumiy hajmi 500 m3 gacha bo‘lgan, 10000 tonnadan 20000 tonnagacha cho‘yan quymalari ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan, shuningdek, 1000 tonnagacha rangli metallarga ishlov berish imkoniyatiga ega bo‘lgan yoki simob ishlatish yo‘li bilan har xil asboblar ishlab chiqaradigan (simobli elektr tokini to‘g‘rilagichlar, lampalar va h.k.) ishlab chiqarish korxonalari kiradi.

  4. sinfga uncha katta bo‘lmagan quyish va metallarga qizdirib ishlov beradigan sexlarga ega bo‘lgan, shuningdek, metall elektrodlar ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan ishlab chiqarish korxonalari kiradi.

  5. sinfga quyish sexlariga ega bo‘lmagan, ammo qizdirilgan va cho‘g‘lantirilgan holatdagi metallarga ishlov berishga moslashtirilgan, shuningdek, metallarga sovuq holda ishlov beriladigan ishlab chiqarish korxonalari kiradi.

Ishlab chiqarish korxonalarini aholi yashash maskanlarida maxsus belgilangan maydonga joylashtiriladi. Bunda ishlab chiqarish korxonasi joylashgan
maydon aholi yashaydigan maskanga nisbatan shamolning bosh yo‘nalishiga qarama-qarshi tomonda bo‘lishiga e’tibor beriladi. Agar iloji bo‘lsa, ishlab chiqarish korxonasi quriladigan maydon aholi yashaydigan punktdan birmuncha olisroqda joylashtirilgani ma’qul. Bu holda ham, albatta, shamolning bosh yo‘nalishi hisobga olinishi va ishlab chiqarish korxonasi aholi yashaydigan punktga nisbatan shamol yo‘nalishiga qarama-qarshi tomonda bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.
Ishlab chiqarish korxonasi bilan aholi yashaydigan maskan oralig‘idagi masofa sanitar-muhofaza oralig‘i deb ataladi. Bu sanitar-muhofaza oralig‘i ishlab chiqarish korxonalari sinflariga qarab, mos ravishda, quyidagicha belgilanadi, m: 1000, 500, 300, 100, 50. Sanitar-muhofaza oralig‘i ko‘kalamzorlashtirilgan va unda sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari belgilangan bo‘lishi kerak. Sanitar- muhofaza oralig‘iga doimiy yashash joylari, dam olish maskanlarini tashkil qilish, shuningdek, issiqlik hosil qilish va boshqa sanoat inshootlarini qurishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bu oraliqlarga yong‘inga qarshi depo, avtotransport turish joylarini qurishga ruxsat etiladi. Ammo, bu qurilishlar oraliqni ko‘kalamzorlashtirishga zarar keltirmasligi kerak.
Ishlab chiqarish korxonasini, aholi yashaydigan maskanga nisbatan joylashtirish va sanitar-muhofaza oraliqlarini belgilashdan tashqari, uning maydonini tekislash va rejalashtirish kerak bo‘ladi. Bunda yomg‘ir va qor suvlarining to‘xtamay oqib ketish yo‘llari, korxonada ishlatib ifloslangan suvlarni yig‘ish va tozalashni yo‘lga qo‘yish, yer osti suvlari darajasini belgilash hamda toshqin va boshqa holatlarda ishlab chiqarish korxonasini suv bosib ketmasligini ta’minlash zarur. Bundan tashqari quyosh nurlarining sanoat korxonasi binolarini iloji boricha ko‘proq yoritishini hamda xonalarni iloji boricha yaxshiroq tabiiy shamollatish vositalari bilan ta’minlashga e’tibor berish kerak.



      1. Download 6,58 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish