Хavfsizlikning texnik vositalarini pasportlash. Ish joylarining talabga javob berishini aniqlash maqsadida, mashina va mexanizmlar, texnologik jarayonlar, bino va inshootlarning sanitariya talablariga, MХSТ, SMvaQ, texnika xavfsizligi va yong‘in xavfsizligi qoidalariga, mehnat xavfsizligi chora-tadbirlarini rejalashtirish uchun kerakli ma’lumotlarni olish va korxonalarning mehnat xavfsizligi talablariga javob berishini aniqlash maqsadida pasportlashtirish o‘tkaziladi.
Pasportlashtirishni bo‘limlar rahbarlari o‘tkazadilar, agar ish joyida noqulay omillar faollashuvi (kuzda va qishda) yuzaga keladigan bo‘lsa uni har kuni mehnat xavfsizligi bo‘yicha muhandis nazorat qilishi shart. Nazoratni yuqori turuvchi tashkilotlar va viloyat kasaba uyushmasining mehnat bo‘yicha texnik inspeksiyasi olib boradi. Тayyorgarlik vaqtida pasportlashtirishni o‘tkazish to‘g‘risida buyruq chiqarish va obyektlarni tayyorlashni ta’minlash kerak.
Pasportlashtirishning mohiyati shundan iboratki, har bir ishlab chiqarish bo‘limi bo‘yicha bir qancha pasportlashtirish texnologik varaqalari to‘ldiriladi. Bular bo‘lim pasportini tashkil etadi. U bino ma’lumotlarining umumiy tavsifini, sexlar, bo‘limlar, ishlab chiqarish kategoriyalari, portlash, yonish xavfi bo‘yicha xonalar sinfi, noqulay mehnat sharoitida ishlaydiganlarning soni, sanitariya- maishiy xonalar bilan ta’minlanishi, maxsus kiyimlarni yuvish va ta’mirlash maskanlari, tibbiyot xonasini qurish, jihozlash, oshxona, mehnat xavfsizligi kabinetlari hamda burchaklarining, sanitariya-maishiy xonalar rejasi, shuningdek, mehnat xavfsizligi vositalari tavsifini (himoyalovchi to‘siqlar va signal beruvchi moslamalarning mavjudligi, elektr tokidan himoyalanish vositalari, shaxsiy himoyalanish vositalari, mehnat sharoitlariga baho beruvchi vositalar, o‘t o‘chirish vositalarining mavjudligi) o‘z ichiga oladi.
Kartalardagi ma’lumotning tarkibida, so‘z bilan qisqartirilgan javob va raqamli ma’lumotlar berilgan bo‘ladi. Ko‘pincha kartalarga sinov, ekspertiza, guvohnomalashtirish, tekshirish dalolatnomalari qo‘shib qo‘yiladi.
Bu ma’lumotlarning hammasi sexdagi mehnat sharoitining sanitar-texnik holati pasportida saqlanishi kerak. Bu pasportga xavfsizlikning texnik vositalari to‘g‘risidagi turli ma’lumotlar ham kiritiladi. Хavfsizlikni ta’minlash qoidasiga asosan korxonada har yili pasportizatsiya o‘tkazilishi kerak.
Pasportlashda aniqlangan ma’lumotlar mehnat muhofazasi holatini yaxshilash rejalarini tuzishda va uni amalga oshirishda katta ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |