O‘zbekisтon respublikasi


Тexnika xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha asosiy talablar va ularni tartibga soluvchi standartlar, texnik talablar



Download 6,58 Mb.
bet162/230
Sana29.01.2023
Hajmi6,58 Mb.
#905074
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   230
Bog'liq
mexnat muhofazasi (1) (1)

Тexnika xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha asosiy talablar va ularni tartibga soluvchi standartlar, texnik talablar


va boshqa hujjatlar.

Davlat standartlari GOSТ 12.2.003-91. “MХSТ. Ishlab chiqarish uskunalari. Umumiy xavfsizlik talablari” va GOSТ 12.2.049-80. “MХSТ. Ishlab chiqarish uskunalari. Umumiy ergonomik talablar” tomonidan iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida qo‘llaniladigan ishlab chiqarish uskunalariga umumiy xavfsizlik talablari o‘rnatilgan [45].


Davlat standarti GOSТ 12.3.002-75. “MХSТ. Ishlab chiqarish jarayonlari. Umumiy xavfsizlik talablari” bo‘yicha ishlab chiqarish jarayonlariga qo‘yiladigan umumiy xavfsizlik talablari ishlab chiqilgan.
Suv va qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish uskunalari va ishlab chiqarish jarayonlarining xavfsizligini ta’minlash quyidagi usullar bilan amalga oshiriladi:

  1. Ishlab chiqarishda zamonaviy ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash, mashina va mexanizmlarga zamonaviy serviz xizmati ko‘rsatishni, hamda ta’mirlashning ilg‘or usullarini qo‘llashni tashkil etish.

  2. Suv va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash omborlarini, mashina va mexanizmlarni saqlash joylarini me’yoriy-texnik hujjatlar talablari darajasida tutish.

  3. Yordamchi bino va inshootlarni me’yoriy hujjatlar talablari darajasida loyihalash, qurish, ishlatish va saqlash.

  4. Yuklarni tayyorlashning, saqlashning, tashishning xavfsiz usullarini tanlash.

  5. Suv va qishloq xo‘jaligi korxonalarida ish joylarini ratsional tashkil qilish.

  6. Ishlab chiqarish uskunalarini ratsional joylashtirish.

  7. Ishlovchilar bilan kasbiy tanlash va o‘qitishlar o‘tkazish, ularni himoya vositalari bilan ta’minlash.

  8. Хavfsizlik talablarini texnologik hujjatlarga kiritish va xavfsizlik talablarining bajarilishini nazorat qilish.

Zarur holatlarda suv va qishloq xo‘jaligida ishchilar uchun ratsional ikki smenali mehnat va dam olish tartibini joriy qilish lozim bo‘ladi.
Ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan mashinalarga umumiy va maxsus xavfsizlik talablari qo‘yiladi [28, 36].
Umumiy xavfsizlik talablariga quyidagilar kiradi:

  • harakatlanadigan va aylanadigan qismlarni konstruksiyalarning ichkarisida joylashtirish yoki to‘suvchi qobiqlar bilan berkitish;

  • to‘suvchi qobiqlarning ishlashga xalaqit bermasligi, lekin, ular o‘rnatilmaganda ogohlantirish tizimi ishlashi yoki blokirovka qurilmalari ishga tushishi zarurligi;

  • mashina konstruksiyasi elementlarida kesuvchi, teshuvchi o‘tkir burchaklar, qirralar, notekis yuzalar bo‘lmasligi kerak;

  • ishlab chiqarish jihozlarida tasodifan tegib ketadigan issiq va sovuq qismlar bo‘lmasligi kerak;

  • jihozlarning tashkil qiluvchi qismlari shunday hisob bilan qilingan bo‘lishi kerakki, ular tasodifan ishdan chiqib xavf tug‘dirmasligi kerak;

  • mashinalarning transport holatidagi gabarit o‘lchamlari elektr tarmoqlari ostidan, ko‘priklardan, yo‘l inshootlaridan o‘tayotganda xavfli holatlarni yuzaga keltirmasligi kerak;

  • mashinist yoki operator o‘tiradigan joy(kabina)ning mustahkamligi favqulodda avariya holatidagi xavfsizlik talabiga javob berishligi;

  • qoldiq gazlar tarkibidagi zararli gazlar konsentratsiyasining miqdori mashinist yoki operator o‘tiradigan joyda ruxsat qilingan me’yordan oshmasligi kerak.

Maxsus talablar har bitta meliorativ, qurilish yoki boshqa turdagi mashina va mexanizmlarga alohida qo‘yiladi.
Baxtsiz hodisalar, jarohatlanishlar va kasbiy kasalliklarning oldini olish uchun mashina, mexanizm va texnologik jarayonlarning xavfsizligini baholash juda muhim ahamiyatga egadir. GOSТ 12.2.002.1-91, GOSТ 12.2.002.2-91, GOSТ 12.2.002.3-91, GOSТ 12.2.002.4-91, GOSТ 12.2.002.5-91, GOSТ
12.2.002.6-91 kabi davlat standartlarida mashina va mexanizmlarni xavfsizlikka sinash metodlari va ko‘rsatmalari berilgan [41, 45]. Mashina va mexanizmlar konstruksiyasining xavfsizligi sinov paytida: ko‘rish, namunaviy ishlatish va o‘lchash, texnik va xavfsizlik talablari bilan taqqoslash kabi metodlar bilan aniqlanadi va hisoblanadi.
Bevosita ko‘rish va namunaviy ishlatish bilan quyidagilar aniqlanadi:

  • mashina kabinasining butunligi hamda kabina himoya karkasining mustahkamligi;

  • ish joyiga chiqish va undan tushishning xavfsizligi, tirkama mashinani qo‘shish va ajratishning, texnik qarov o‘tkazishning, texnik va texnologik buzilishlarni tuzatish, mashinani ishchi holatdan ko‘chish holatiga

o‘tkazishning va aksincha, hamda yo‘ldan va yo‘l inshootlaridan o‘tish xavfsizligi holatlari aniqlanadi;

  • kunning qarong‘i vaqtida boshqarishning qulayligi va xavfsizligi aniqlanadi;

  • ishchi organlarni, asboblarni, kabinadan keng va to‘sqinsiz ko‘rish- kuzatishning tor yoki kengligi, hamda qulayligi aniqlanadi;

  • mashina konstruksiyasining elektr va yong‘in xavfsizligi talablariga javob berishlik holati aniqlanadi;

  • signal tuzilmalari va asosiy dvigatelni o‘t oldiruvchi tizimlarning mavjudligi va ishonchliligi aniqlanadi;

  • mashinaning bosim ostida va yuqori temperaturada ishlovchi tashkil qiluvchi qismlarining xavfsizligini ta’minlovchi vositalarning mavjudligi aniqlanadi;

  • qulay mehnat sharoitini ta’minlovchi vositalarning mavjudligi, jumladan isitish tizimi, havoni sovitish tizimi (kondensionerlar), oyna tozalagichlar, xavfsizlik kamarlari, osma mashinalarni transport holatda ushlab turuvchi tuzilmalar mavjudligi aniqlanadi;

  • xavfli joylar to‘siqlarining mavjudligi aniqlanadi;

  • oyoq qo‘yish narvonlari, maydonchalar va zarur asbob-anjomlar qo‘yish joylari mavjudligi aniqlanadi.

O‘lchash bilan quyidagilar aniqlanadi: yetaklovchi g‘ildiraklardagi bosim va unga tushadigan yuklanish; mashinaning statik turg‘unligi; rul chambarakining bo‘ylama va ko‘ndalang yo‘nalishlardagi erkin harakati; tormoz tizimlarining ishonchli va samarali ishlashi; operator ish joyining o‘lchamlari va undan atrof- muhitning ko‘rinish kengligi; operator ish joyidagi shovqin va titrash darajalari; mashinaning gabarit o‘lchamlari; kabinadagi va ishchi ish joyidagi havo tarkibidagi chang va zararli moddalar miqdori; xavfsizlik uchun bog‘lanadigan tasmalarning mahkamlanishi; kechki vaqtda ish zonasi yoritilganligi holati aniqlanadi.
Тexnologik jarayonlarga bo‘ladigan xavfsizlik talablari quyidagilardan iborat:

  • texnologik jarayonlarni mexanizatsiyalashni, avtomatizatsiyalashni va masofadan boshqarishni, o‘z vaqtida ta’mirlashni, ishlarni to‘g‘ri va aniq rejalashtirishni tashkil qilish va olib borish;

  • texnologik jihozlarni o‘z vaqtida sozlash, texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash;

  • ishlovchilarga xavfli va zararli omillarning ta’sirini bartaraf qilish yoki sanitar me’yorlar talablari darajasigacha pasaytirish;

  • xavfli va zararli omillar paydo bo‘ladigan texnologik jarayonlarni kam xavfli yoki umuman xavfsiz jarayonlar bilan almashtirish;

  • texnologik jarayonlarning ayrim bosqichlarida xavfli va zararli omillarning paydo bo‘lishi, ularning ta’sir qilish xususiyati va boshqalar haqida o‘z vaqtida ma’lumotlar olib va berib turish.

Mexanizatsiya vositalari va ishlab chiqarish jihozlariga bo‘lgan xavfsizlik talablari – bu xavfsizlik, ishonchlilik va ishlatilishda qulaylilik demakdir.
Ishlab chiqarish uskuna va jihozlarining xavfsizligi asosan ularning harakat prinsiplarini, konstruktiv sxemalarini, yasaladigan materiallarini, ishchi jarayonlarni to‘g‘ri tanlash va bunda konstruksiyaga maxsus himoya vositalarini uzviy kiritish, mexanizatsiya vositalarini, avtomatizatsiyani, masofadan boshqarish usulini maksimal qo‘llash bilan ta’minlanadi. Bunda texnik hujjatlarga, uskunalarni montaj qilishga, ta’mirlashga, ishlatishga, saqlashga va ularni tashishga xavfsizlik talablarini ishlab chiqish va amalga tatbiq qilish ham katta ahamiyatga ega. Ishlab chiqarish jihozlariga va mexanizatsiya vositalariga xavfsizlik talablari tuzilganda, ularning konstruktiv afzalligi va ishlashlari bilan bog‘liq bo‘lgan holda paydo bo‘ladigan salbiy omillarning manbaini aniqlashga imkon beradigan ishlarni bajarish to‘g‘ri bo‘ladi.
Mashina va mexanizmlar, uskuna va qurilmalar xavfsizlikni ta’minlashning injener-texnik vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishlari kerak [27, 28, 33]. Хavfsizlikni ta’minlashning injener-texnik vositalariga: blokirovka qurilmalari; turli to‘siqlar, turli saqlash qurilmalari, o‘chirgichlar, tormozlar, avtomatik to‘xtagichlar; masofadan boshqarish vositalari; avtomatik boshqarish vositalari;
avariyaning oldini olishga xizmat qiladigan turli tuzilmalar, signalizatsiya (ogohlantirish) vositalari va boshqalar kiradi ( 5.2 – rasm).
Dastaklar va boshqa avariya holatida boshqarishga va to‘xtatishga xizmat qiluvchi vositalarda yozuvlar bo‘lishi lozim. Yozuvlar qizil rangda bo‘lishi kerak. Mashina va mexanizmlarni loyihalashda va qurishda ularga bo‘lgan ergonomik talablarini hisobga olish juda muhimdir, ya’ni mashina va uni boshqaruvchi operatorning ergonomik nuqtayi nazardan ma’lumotiy, biofizik, energetik, fazoviy- antropometrik va texnik-estetik jihatlardan moslashuvi xavfsizlikni ta’minlashda katta ahamiyatga ega.



    1. – rasm. Хavfsizlikni ta’minlashning injener-texnik vositalari:

a-muqim to‘la yopadigan to‘siq; b-yechiladigan to‘r to‘siq; v - kardan valining to‘siqi yechilganda unga harakat uzatilishini blokirovkalash qurilmasi; g – mexanik blokirovka qurilmasi; d - fotoelektr blokirovka tizimi; e - radioaktiv izotoplardan foydalanib muhofaza qilish qurilmasi.
Ishlab chiqarish uchun yangi jihozlarni yaratayotganda albatta ularning ish sharoitlarini nazarda tutish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ular portlash va yong‘inga nisbatan xavfsiz bo‘lishi, ish zonasiga va atrof-muhitga zararli moddalarni chiqarmasligi, ish bajarishda xavfsiz va qulay bo‘lishi kerak.



      1. Download 6,58 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish