Avl Korneliy Sel‟s (30 y. yangi eramizgacha –45y. yangi era) ―Tibbiet xaqida‖ degan 8 tomli asari bilan mashxur. Bu kitobda usha davrgacha anatomiya soxasida to‘plangan dalillarni va xirurgiya bo‘yicha to‘plagan bilimlarini bayon etgan.
Klavdiy Galen (131-210y.ya.) filosofiya, matematika, tibbiet, anatomiya fanlari bo‘yicha bir qancha asarlarning muallifi. ―Anatomik tekshiruvlar‖, ―Tana qismlarining tuzilishi‖ degan asarlari ayniqsa, mashxur bo‘lib 13 asrlar mobaynida butun dune tibbietshunoslari anatomiyani shu kitob
asosida o‘rganishgan. Bu asarning ijobiy tomonlari tana a‘zolarining tuzilishini, bajaradigan funktsiyasi bilan bog‘liq xolda bayon etilgan. Galen uz tekshirishlarini xayvonlarda maymunlar va chuchkalarda o‘tkazganligi uchun odam murdasida tekshirishlar o‘tkazmaganligi sababli yaratgan asarida xatoliklarga yo‘l qo‘ygan.
Galen suyaklar va muskullarni tuzilishini va shu asosda klassifikatsiyasini ishlab chiqqan. Suyaklar klassifikatsiyasi shu ko‘ngacha deyarli o‘zgarmagan. 7 juft bosh miya nervlarini, oshkozon, ichaklar, bachadon, arteriyalar devorini tashkil etuvchi qobiqlarini ajratgan. Galen asarlari fors va arab mamlakatlarida keng qo‘llanilgan.
Abu Ali ibn Sino (980-1037) Yevropada Avitsenna nomi bilan mashxur bo‘lgan. U Buxoro shaxrining Afshona kishlogida tug‘ildi. 985 yilda ibn Sino 5 yoshligida ota-onasi Buxorodagi madrasaga berishdi. Mustakil ravishda yosh ibn Sino Gippokrat, Galen, Aristotelь, Abu-Bakra asarlarini o‘rgandi. 17 yoshligidanok ko‘p fanlarni mukammal o‘rgandi va yetuk olim bo‘lib yetishdi. 997 yili Buxoro amiri Nux ibn Mansurni kasalini davolagan evaziga amir saroyidagi kitobxonadan foydalanishga ijozat oldi.
Ibn Sino ko‘p fanlarni egallagan buyuk olim bo‘lib, pedagogika, psixologiya, adabiyot, san‘at soxalarida ko‘p asarlar yaratdi. Ayniqsa anatomiya soxasidagi buyuk kashfiyotlari butun duneda shuxrat kozondi. Ibn Sino 100 dan ortiq asarlar yaratdi. Bulardan eng yiriklari: ―Tib qonunlari‖ - 5 jilddan iborat, anatomiya, fiziologiya, ichki kasalliklar, xirurgiya, farmakologiya, gigiena soxalaridagi barcha nazariyani to‘plab kolmasdan, balki ularni uz tajribasi va kuzatishlari bilan boyitdi. ―Kitab ash-shifo‖, ―Danish - name‖, ―An-nadjat‖, ―Isharat va tanbixat‖ va boshqa asarlari tibbiyot va turli fanlar soxalariga bagishlangan. Ibn Sino birinchi marotaba tana tuzilishiga qarab tana tipologiyasi xaqida ta‘limotni yaratgan va tananing morfotipini xisobga olgan xolda kasalni davolash zarurligini isbotlagan. Jismoniy mashqlarni organizmga ijobiy ta‘sirini ko‘rsatgan, ularning klassifikatsiyasini yaratdi va turli kasalliklarni davolashda uziga xos mashqlarni kullashni va bemorning individual xususiyatlarini xisobga olishni tavsiya etdi. Yevropada Ibn Sinoni
―SHark yo‘lduzi‖ degan nom berib, uni olim sifatida Gippokrat, Aristotelь va Galen nomlari bilan bir qatorga quyishgan.
Keyingi asrlar (XV-XVIII asrlar) tarixga ―Uygonish davri‖ yoki Renessans davri deb nomlangan. Bu davr buyuk kashfiyotlar, ilm va fanga katta kizikish paydo bo‘lishi bilan, turli universitetlar va maktablar ochilishi bilan, ilmiy tekshirishlarni o‘tkazish maqsadida anatomik teatrlar tashkil etish bilan ta‘riflanadi. Uygonish davrining eng buyuk olimlari – bu Leonarda da Vinchi va Andre Vezaliy.
Do'stlaringiz bilan baham: |