Odam tansining ayrim a‘zolari va tizimlari tuzilishini ularning funktsiyasi (faoliyati) bilan uzviy bog‘liq ravishda o‘rganish morfologlar tomonidan shakl va funktsiyaning dialektik birligi tulik tan olinganligining dalolatidir. P.F. Lesgaft esa bu materialistik dune qarash goyasining morfologiya namoyondasi sifatidagi ximoyachisi va tashvikotchisi bo‘lgan. U yaratgan va rivojlantirgan nazariy anatomiya qonuniyatlari, jumladan suyaklar o‘sishi qonuniyatlari, mushaklarning, bo‘g‘imlarning, ichki a‘zalarining tuzilishi xamda tomirlarning tarmoqlanishi qonuniyatlar zaminini shakl va funktsiyaning dialektik birligi goyasi asosida yaratgan.
P.F. Lesgaftanatomiya fanida jismoniy tarbiya, sport va tibbiet amaliyotlari bilan uzviy bog‘liq bo‘lishi, ilgor yo‘nalishning funktsional anatomiyaning asoschilaridan biridir. Uning
―Nazariy anatomiya asoslari‖ (―Osnovы teoreticheskoy anatomii‖) nomli fundamental asaridagi goyalar xozirgi kunda zamonaviy anatomiya fani rivoji uchun poydevor bo‘lib xizmat kilmokdalar.
P.F. Lesgaft 1892 yilda nashr etilgan ―Nazariy anatomiya asoslari‖ nomli noeb asarida odam anatomiyasining o‘rganish borasida yangi yo‘l-yuriklar va uslublarni izxor kildi. Dune olimlari orasida tasviriy anatomiya goyalari ustunlikka ega bo‘lgan davr uchun P.F. Lesgaftning funktsional anatomiya goyalari uning chuqur ilmiy fikrlash, ixtirochilik va yangilikka intilish qobiliyatlaridan dalolat berdi. Xarbiy-meditsina akademiyasining professori V.L.Gruber tasviriy anatomiyadan bir qancha asarlar yaratgan, Rossiyada birinchi anatomik muzeyini tashkil qilgan va P.F.Lesgaftning ustozi bo‘lgan. F.Lesgaft uz ustozlari va zamondoshlaridan farqli odam tanasining yoki a‘zolarining tuzilishini ularga xos bo‘lgan funktsiyasi bilan bog‘liq ravishda o‘rgandi.
Morfologiya fanining yuto‘qlari shu bugunda P.F.Lesgaftning teoretik anatomiya goyalari rivojlanishining davomiyati bo‘lib, nafaqat yaxlit organizm va a‘zolargina emas, balki to‘qimalar va hujayra ichra tuzilmalarga morfo-funktsional jixatdan xam baxo berishda asos bo‘lib kolmokda.
P.F. Lesgaft anatomiya rentgenologik izlanishni kiritgan olimlar namoyondasidir. Xozirda esa tirik odam anatomiyasini o‘rganish soxasida rentgenologik izlanishlarning qator yangi turlari (elektrorentgenografiya, mikrorentgenografiya, rentgenodensitometriya, kinotelevizion rentgenografiya, kompьyuterli tomografiya va boshqalar) qatorida ―Egizaklar‖ usuli, kapillyarosqopiya, biopsiya uslubi va xokazolar qo‘llaniladi.
P.F. Lesgaftning ilgor va ulug mo‘rabbiylik (pedagogik) xususiyatlari esa uning birinchi bor tabiiy bilimlariga, antomiya faniga asoslanib yaratgan jismoniy tarbiyaning ilmiy asoslarida uz aksini topdi.
P.F. Lesgaft asos solgan goyalar ma‘nosining unlab yillar mobaynida ilgor olimlar tomonidan chuqurlashtirilishi va kengaytirilishining xosilasi sifatida ommaviy jismoniy tarbiya va sportning rivojida jismoniy va ruxiy jixatdan sog‘lom shaxslarni shakllantirish amaliyotda muxim axamiyatga ega bo‘lgan zamonaviy sport morfologiyasi fani shakllantirdi.
P.F. Lesgaftning zamonaviy antropologiya va biomexanika fanlarining rivojlanishiga kushgan xissalari bebaxodir. P.F.Lesgaft tomonidan 131 ilmiy ishlar chop etilgan: undan 69 tasi anatomiya fani bo‘yicha, uning raxbarligi ostida 22 dissertatsiyalar tayyorlangan.
V.N. Tonkov – ―Odamning normal anatomiyasi‖ darsligini yozdi. Bu darslik besh marta qayta nashr etildi. Bu darslikning ko‘p yillar mobaynida shuxrat kozonganini sababi, anatomiyadagi butun tizimlarning a‘zolarini tuzilishi aniq, ravshan tilda, anatomiya dalillarining xammasi esa evolyutsiya goyalari asosida izoxlangan.
Odam organizmning yashash sharoitlarida jismoniy mashqlari va yuklanishlarni bajarishga adaptatsiya (moslashuvi) muammosi zamonaviy sport morfologiyasining eng dolzarb muammosi xisoblanadi. Ko‘rinishi, kuvvati va davriyligi xilma-xil bo‘lgan jismoniy yuklanishlarning yoshi yoki jinsi jixatidan turlicha bo‘lgan (bolalar, usmirlar, o‘rta yoshli va keksa) odamlar organizmiga ta‘sirotlari to‘g‘risida amaliyotda ko‘plab ma‘lumotlar bor. Bu ma‘lumotlarning aksariyati odamlarda va tajribada olingan mexnat va sportning turlicha ko‘rinishlari mobaynida shiddatli muskul faoliyatining tayanch-xarakat tizimiga ta‘sirotlarga moyildir. Bu ma‘lumotlar avvalo P.F. Lesgaft kalamiga mansub bo‘lib, ularga yana M.F.Ivanitskiy,A.A.Gladisheva,M.G.Prives,