O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi toshkent davlat agrar universiteti



Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/20
Sana15.05.2022
Hajmi2,55 Mb.
#603995
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
Bog'liq
sXqZrmHVJen1dP8qrVto1JM9OomY42EnfEEoAyp6

Porshen barmog’i
16 (11-rasm) porshen bilan shatun 9 ni sharnirli biriktirish 
uchun xizmat qiladi. U kavak silindr bo’lib, katta bo’lmagan qalinlikdagi devorga 
ega. Ishqalanishga bardoshli qattiq tashqi qatlam (1…1.5 mm) va egiluvchan o’rta 
qatlam hosil qilish uchun barmoqqa termik ishlov beriladi. Ishqalanishni kamaytirish 
uchun barmoqning tashqi yuzasi jilvirlanadi. Ko’pchilik dvigatellarda porshen 
bobishkasi 13 va shatun vtulkasi 10da erkin siljiydigan «qalquvchi» barmoqlar 
qo’llaniladi. Barmoqni o’q bo’ylab xarakatlanishi stopor xalqalar yordamida 
cheklanadi. 
Dvigatelning sovuq xolatida barmoq porshen bobishkasiga uncha katta 
bo’lmagan natyag bilan biriktirilgan bo’ladi. Porshen materiali barmoqnikiga 
qaraganda katta chiziqiy kengayish koeffitsientiga ega. Barmoq ishchi haroratni 
egallaganda u o’zi o’rnatiladigan porshen bobishkasi teshigida porshenga nisbatan 
kam darajada kengayadi. Buning natijasida barmoq bobishkada erkin aylanadi. 
Barmoq porshen bobishkasida moy sidirgich xalqa sidirib tushirgan va tirsakli val 
sachratgan moy bilan moylanadi. Ayrim dvigatellar bobishkalarida barmoq va 
bobishkalarning ishqalanish yuzalariga moyning yaxshi o’tishi uchun teshiklar 
qilingan. 


- 18 - 
Porshen barmoqlari massasi va tashqi diametri bo’yicha tanlanadi 
(komplektlanadi). 
Shatun
kengayish taktida porshendan tirsakli valga va yordamchi taktlarda esa 
teskari yunalishda kuch uzatadi. 
Shatun mustaxkam, bikr va yengil bo’lishi kerak. Uni yuqori sifatli, uglerodli 
yoki legirlangan po’latdan shtampovka qiladilar, undan keyin mexanik va termik 
ishlov beriladi. 
Shatunda quyidagi bo’laklar mavjud: barmoq bilan porshenni biriktiruvchi 
yuqorigi kallagi 3 (14-rasm), o’zak 4 va tirsakli valning shatun bo’yiniga ulanadigan 
pastki ajraladigan kallagi 6. 
Shatun o’zagi 4 odatda qo’shtavr kesimga ega. Yuqori kallak 3 ga bronzadan 
yoki bimetal vtulka 1 qoqiladi. Porshenning yuqori kallagidagi (SMD-18N) va 
vtulkadagi teshiklar 2 porshen barmog’ining yuzasiga moy keltirish uchun xizmat 
qiladi. A-41 va SMD-60 dizellari shatunlarining yuqori kallagi vtulkalariga pastki 
kallakdan shatun o’zagidagi kanal orqali moy majburiy beriladi. Vtulka 10 (11-rasm) 
yuzasida xalqasimon moy taqsimlovchi ariqcha 11 ko’zda tutilgan. 
Shatunning yuqori kallagining uzunligi porshen bobishkalarining uchlari 
(toretsi) oralig’idagi masofadan 2…4 mm ga kichik, bu bilan kallakning porshen 
bobishkasida ishqalanishi bartaraf etiladi. 
Shatunning pastki kallagi ajraladigan qismi qopqoq deyiladi. Pastki kallagining 
ajraluvchi tekisligi odatda shatun o’qiga perpendikulyar bo’ladi. Biroq A-41, YAMZ-
240BM va SMD-60 dizellarida pastki kallak ajratkichi shatun o’qiga 55
0
burchak 
ostida joylashadigan qilib yasalgan. Bu porshen bilan shatun komplektini silindr 
orqali o’rnatishga imkon beradi. Aynan shunga o’xshash shatunlardan 4ВТ-3.9 
dvigatellarida ham foydalanilgan. 
Qopqoq 7 ni (14-rasm) ikkita bolt 5 va gaykalar 8 bilan shatunga qotiriladi. 
Boltlarni aylanib ketishdan boltlar kallagidagi kesik (liska) bilan tutib turiladi. Shatun 
boltlarining gaykalari 8 ni dinamometrli kalit bilan tortiladi va shplintlar 9 bilan 
joyida qo’zg’almas holda tutib turiladi. Boltlar shatun va qopqoq teshiklariga jips 
bo’lib kiradi, shu tufayli ularning to’g’ri birikishi taminlanadi. 
Shatun qopqoqlari o’zaro almashinmaydi, shuning uchun shatunning pastki 
kallagining ikkala yarmi yuzalarida bir xil belgi (sonlar) bo’ladi, ularning mos 
kelishiga qarab shatun bilan qopqoq biriktiriladi. Shatunlar massasi bo’yicha 
tanlanadi. Masalan, SMD-60 dvigateli shatunlar komplektida massalar farki 14 g dan 
oshmasligi kerak. 

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish