- 16 -
kuchi ham xalqani silindr sirtiga itaradi. Shunday qilib kompression xalqalar silindr
sirtiga o’zining elastiklik kuchi va gazlar bosim kuchi tasirida itariladi.
Porshen xalqalaridagi kesiklar 3 va 5 qulf deyiladi. Silindrga qo’yilgan xalqada
bir necha millimetrga teng tirqish bo’lishi kerak, bu tirqish xalqa qiziganda uning
uzayishiga imkon beradi. Ko’pchilik dvigatellarda porshen xalqalari to’g’ri
burchak
shaklli qulfga ega, bunday xalqalarni tayyorlash oson va kerakli zichlikni
(germetiklikni) taminlaydi.
Xalqalarning yon tomonlari porshen ariqchalari yuzalarida ishqalanishi tufayli
ularning elastikligiga xalaqit bermasligi uchun xalqalar ariqchalarda balandligi
bo’yicha ham bir necha yuzdan bir millimetrga teng tirqishlar bilan joylashtiriladi.
Odatda yuqorigi porshen xalqalarida qulf tirqishlari, shu jumladan balandligi
bo’yicha ham, pastnikilarga qaraganda katta bo’ladi.
Qulflar orqali gaz qochishini kamaytirish uchun
porshenda xalqalar shunday
o’rnatiladiki, bunda ularning qulflari bir-biriga nisbatan 90…120
0
burchak ostida
turadi. Ikki taktli dvigatellarda (P-10UD va uning modifikatsiyasida) xalqalar
ariqchalarda porshenga burab kiritilgan cheklovchi vintlar yordamida tutib turiladi.
Bu esa xalqalar uchlarining bir joyga yig’ilib, silindr oynasida, vertikal to’g’ri
chiziqqa tushishining oldini oladi.
Agarda porshen xalqalari silindr devorlariga tig’iz tegib turmagan bo’lsa,
silindr devori va xalqalar orasidagi juda kichik tirqishdan yorib o’tayotgan gazlar
xalqalarning qizib ketishiga va bu esa porshen va silindr devorlari orasida joylashgan
moyning oksidlanishiga olib keladi. Bunda hosil bo’ladigan uglerodsimon modda
(lak qatlami) porshen ariqchasining devori bilan xalqa orasidagi tirqishni to’ldiradi.
Bunda xalqalarning
harakati qiyinlashadi, ular elastiklik xususiyatini yo’qotadi va
porshen ariqchalarida erkin harakatlana olmaydilar. Bu hodisa xalqa kuyishi deb
ataladi (kokslanish), bunda dvigatel quvvatining kamayishi va moy sarfining ortishi
kuzatiladi.
Porshen xalqalarining silindr devoriga uzoq vaqt tig’iz yotishini taminlash
uchun xalqalar aylana bo’ylab notekis radial bosim bera oladigan qilib tayyorlanadi.
Qulfda eng katta bosim radial bosimning bunday taqsimlanishiga xalqalarni maxsus
formada quyish va ularga mexanik ishlov berish bilan erishiladi.
SMD-60,
A-41, KamAZ-740
dvigatellarining
kompression
xalqalari
ko’ndalang kesimida to’g’ri burchakli trapetsiya shaklida bo’lib, qiyaligi ichki
diametr tomonga 10
0
burchak ostida yotadi. Birinchi (yuqorigi) kompression
xalqaning silindrik tashqi sirti xrom bilan qoplangan. Xromning umumiy qalinligi
0.12…0.20 mm, shu bilan birga xromning 0.03…0.05 mm li ustki qatlami g’ovak
bo’ladi. Bu qatlam xalqa va silindr gilzasining tez yeyilishiga (prirabotkaga) imkon
beradi va ular orasidagi ishqalanishni kamaytiradi.
Ikkinchi va uchinchi kompression xalqalar yuzalarining boshlang’ich yeyilishi
(prirabotka)ni tezlatish uchun (D-245, SMD-60 dizellarda), gilzaga tegib turgan
qismida ular uncha katta bo’lmagan (1.5
0
) konuslikka ega. Ular yupqa qalinlikda
(0.005…0.006 mm) qo’rg’oshin qatlam bilan qoplanadi. KamAZ-740 dvigatelida
ikkinchi xalqa yuzasi molibden bilan qoplangan.
Shu maqsadni ko’zlab ichki diametri yo’nilgan 7 kompression xalqalar
qo’yiladi.
Bunday
xalqalarni
porshen
ariqchalariga
o’rnatganda
ular
- 17 -
deformatsiyalanadi (buraladi) va konusli xalqaga o’xshab ishlaydi.
Bu xalqalarning
yo’nilgan qirrasi porshen tubiga qaratib o’rnatiladi.
Moy sidirgich xalqalar silindr devoridan ortiqcha moyni sidirib pastga tushirish
uchun kerak bo’ladi. Agarda silindrning ichki yuzasidan ortiqcha moyni sidirib
tushirilmasa, unda u porshen ustki bo’shlig’iga o’tadi va issiq gazlar va detallar bilan
uchrashadi, qisman yonadi, qisman oksidlanadi. Bu moy sarfining ortishiga va
porshen tubida, silindrlar kallagi va devorida qurum hosil bo’lishiga olib keladi. Moy
sidirgich xalqa 2 silindr oynasidan ortiqcha moyni sidirib tashlaydi va uni karterga
yo’naltiradi. U turli xil tuzilishda bo’lishi mumkin. Korobkasimon xalqa qirrasi (13-
rasm, d) yuqoriga va pastga xarakatlanganda moyni sidiradi. Xalqa va ariqcha devori
o’rtasidagi tirqish xalqadagi o’yiq 6 va porshendagi kanal 11 orqali moy karterga
oqib tushadi.
ZIL-130 va ZMZ-53-11 dvigatellarining porshenlarida bo’lakli
moy sidirgich
xalqa qo’llaniladi (12-rasm, b). Uning detallari prujinali po’latdan yasalgan. Xalqa
ikkita yupqa xalqalar 8, o’q bo’ylab 9 va radial 10 kengaytirgichlardan tashkil
topgan. Xalqalar 8 orasida joylashgan o’qiy kengaytirgich 9 ularni yuqorigi va pastki
porshen ariqchalari devoriga siqadi. Porshen ariqchasida diskalar orqasida joylashgan
radial kengaytirgich 10 ularni silindr oynasiga qattiq siqadi.
SMD-60 dvigatelida faqat bitta kengaytirgichli bo’lakli moy sidirgich xalqa 17
(11-rasm) qo’llanilgan, biroq u o’qiy va radial kengaytirgichlar funksiyalarini
bajaradi.
D-65N dvigatelida har qaysi ariqchaga ishchi chiqig’i xromlangan sidirgich
(skrebok) tipidagi ikkitadan moy sidirgich xalqalar 15 va 16 (13-rasm e) va radial
kengaytirgich 10 o’rnatilgan. Bu xalqalar biri ikkinchisiga bog’liq bo’lmagan
holda
ishlaydi va silindr gilzasi yuzasiga oson moslashadi. Yuqorigi sidiruvchi xalqa 15
ning pastki yuzasida joylashgan chuqurliklar o’tuvchi yoriqlar hosil qiladi, ulardan
moy porshen ichkarisiga o’tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: