- 30 -
20-rasm. Dvigatelning gaz taqsimlash diagrammasi va har xil mexanizmlarning
shesternyalarini joylashish sxemasi
a-A-41 dizelining gaz taqsimlash diagrammasi; b-ZMZ-53-11 karbyuratorli dvigatelning
gaz taqsimlash diagrammasi d-A-41 dizelining taqsimlash yuritmasi va turli
mexanizmlarida shesternyalarning joylashish sxemasi;
1-tirsakli val shesternyasi; 2-oraliq shesternya; 3-gidrokuchaytirgich nasosi yuritmasining
shesternyasi; 4-yoqilg’i nasosi yuritmasining shesternyasi; 5-taqsimlash valining
shesternyasi; 6-gidroosma tizimi yuritmasining shesternyasi; 7-moy nasosi yuritmasining
shesternyasi; T, R, K- belgilar
ZMZ-53-11 va ZIL-130 dvigatellarining taqsimlash vallari yoqilg’i
nasosi
yuritmasining ekstsentrigi 5 va moy nasosi yuritmasining hamda uzgich-
taqsimlagichning shesternyalari bilan yaxlit qilib tayyorlanadi.
Ko’pchilik dvigatellar taqsimlash vallarining oldingi qismida uning yuritmasini
shesternyasi 1 o’rnatiladi.
Taqsimlash valining vtulkada o’q bo’ylab siljishi 0.1...0.5 mm oralig’ida
chegaralanadi. Bu maqsadda ZIL-130 va ZMZ-53-11 dvigatellarida
blok-karterning
oldingi devoriga boltlar bilan mahkamlangan tirak flanets 2dan foydalaniladi. Flanets
2 oldingi tayanch bo’yini 4 toretsi va taqsimlash vali yuritmasining shesternyasi 1
gubchagi orasida o’rnashgan. Flanets 2ning qalinligi ajratish halqasi 3 qalinligidan
kichik. Bu valning o’q bo’ylab siljishini taminlaydi.
A-41 va SMD-60 dvigatellarida shunday printsipda
ishlaydigan taqsimlash
valining o’q bo’ylab siljishini cheklovchi qurilma mavjud.
- 31 -
21-rasm. ZIL-130 dvigatelining gaz taqsimlash mexanizmi
1-taqsimlash vali yuritmasining shesternyasi; 2-tayanch flanets; 3-ajratkich xalqa;
4-tayanch bo’yin; 5-yoqilg’i nasosi yuritmasining ekstsentrigi; 6-chiqarish klapanlarining
kulachoklari; 7-kiritish klapanlarining kulachoklari; 8-taqsimlash vali; 9-kiritish klapani;
10-yo’naltiruvchi vtulka; 11-tayanch shayba; 12-prujina; 13-koromislo o’qi; 14-koromislo;
15-rostlash vinti; 16-koromislo o’qining ustini; 17-chiqarish klapanining burovchi
mexanizmi; 18-chiqarish klapani; 19-shtanga; 20-turtgich; 21-moy nasosi yuritmasining va
uzgich-taqsimlagichning shesternyasi; 22-vtulka
Ko’pchilik avtotraktor dvigatellarida taqsimlash vali shesternyalar, VAZ-2106
dvigatelida ikki qatorli vtulkali zanjir, VAZ-2105 dvigatelida va DEU avtomobillari
dvigatellarida esa-tishli tasma bilan aylantiriladi. Tasmaning tarangligi kronshteynga
mahkamlangan rolik bilan avtomatik rostlanadi.
Taqsimlash shesternyalari dvigatelning oldingi (qopqoq bilan yopilgan,
karterning maxsus bo’limida) yoki orqa (SMD-60, KamAZ-740 va YAMZ-240BM
dvigatellarida) qismlarida o’rnatilgan.
Ayrim dvigatellarda tirsakli va gaz taqsimlash
vallarining shesternyalari
bevosita ilashmaga kirishadi, A-41 (20-rasm, v), SMD-18N va D-245 dvigatellarida
esa ular oraliq shesternyalar orqali biriktirilgan.
Aylanishning ravonligini yaxshilash va
shovqinni kamaytirish uchun
taqsimlash shesternyalari qiya tishli qilinadi. Shesternyalar po’latdan, legirlangan
cho’yandan va tekstolitdan tayyorlanadi. Masalan, ZMZ-53-11 dvigatelida taqsimlash
valining shesternyasi tekstolitdan yasalgan.
Shesternyalar uchun har xil
materiallarning qo’llanilishi ularning ishlashida shovqinni kamaytiradi.
Tirsakli va taqsimlash vallarining shesternyalari shponkada o’rnatiladi.
Ko’pchilik dvigatellarning oraliq shesternyasi blok-karter devoriga preslab
o’tkazilgan qo’zg’almas po’lat o’qda aylanadi.