O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi toshkent davlat agrar universiteti


Klapanlari pastda, silindrlar yon tomonida joylashgan



Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/20
Sana15.05.2022
Hajmi2,55 Mb.
#603995
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20
Bog'liq
sXqZrmHVJen1dP8qrVto1JM9OomY42EnfEEoAyp6

Klapanlari pastda, silindrlar yon tomonida joylashgan
gaz taqsimlash 
mexanizmida (19-rasmga qarang) klapanlarga kulachoklar rostlagich vintlar 7 bilan 
turtgichlar orqali to’g’ridan-to’g’ri tasir ko’rsatadi. 
Gaz taqsimlash mexanizmi detallarining qizishi, o’lchamlarning o’zgarishi, 
klapan tarelkasining silindrlar kallagidagi jips o’tirishini buzilmasligi uchun klapan 
o’zagi 22 (18-rasm) va koromislo tayoqchasi (boyoq) orasida, hamda rostlash vinti 7 
(19-rasm) va klapanlar o’zagi orasida tirqish A o’rnatiladi. Dvigatelning sovuq 
holatida bu tirqish kiritish klapanlari uchun 0.15...0.40 mm, chiqarish klapanlar 
uchun esa 0.20...0.45 mm ni tashkil etadi. 
To’rt taktli dvigatelda bir ishchi siklda kiritish va chiqarish klapanlarining bir 
marta ochilishi sodir bo’ladi. Buning uchun taqsimlash vali bir marta, tirsakli val esa 
ikki marta aylanishi kerak. Shuning uchun gaz taqsimlash vali yuritmasida uzatmalar 
soni 2:1 ga teng. 
Silindrning berilgan hajmida eng ko’p ish bajarishi uchun, silindr yonuvchi 
aralashma yoki havo bilan maksimal to’ldirilishi kerak. Kiritish klapanining ochilish 
davrining ko’payishi dvigatel silindrining yaxshiroq to’lishiga imkon tug’diradi. Shu 
sababli avto-traktor dvigatellarida kiritish klapani porshen YCHNga 10...25
0
(tirsakli 
valning aylanishi bo’yicha) yetmasdan ochiladi va porshen PCHNdan 40...70
0
o’tgandan keyin kechroq yopiladi. 


- 27 - 
Chiqarish 
klapanining 
ochilish 
davrini 
ko’payishi 
silindrning ishlatilgan gazlardan 
yaxshi tozalanishi va demak, 
uning 
havo 
yoki 
yonuvchi 
aralashma 
bilan 
yaxshi 
to’ldirilishini 
taminlaydi. 
Chiqarish 
klapani 
porshen 
PCHNga 
kelishiga 
50...60
0
qolganda ochiladi va YCHNdan 
20...40
0
o’tgandan 
keyin 
yopiladi. 
Klapanlarning ochilish va 
yopilish paytlari taqsimlash vali 
kulakchoklarining 
profiliga, 
uning tirsakli valga nisbatan 
o’rnatilishiga va klapanlar o’zagi 
bilan 
koromislo 
tayoqchasi 
(boyoq) 
orasidagi 
tirqishga 
bog’liq. 
17-rasm. Klapanlarni o’rnatish va 
ularni xarakatga keltirish uchun 
qo’llanilgan sxemalar 
a, б, в, va г –silindrlar kallagida 
joylashgan gaz taqsimlash validan 
xarakatlanadigan osma klapanli 
GTM; д – pastda joylashgan gaz 
taqsimlash validan xarakatlana-
digan osma klapanli GTM; e – yon 
klapanli GTM; 1-gaz taqsimlash 
vali;2-klapan; 3- prujina;
4-koromislo (shayin); 5-richag;
6-traversa; 7-shtanga;
8-turtgich 
Gaz taqsimlashning faza diagrammasi bu davriy diagramma shaklida 
keltirilgan va tirsakli valning burilishi bo’yicha graduslarda ko’rsatilgan 
klapanlarning (ikki taktli dvigatellarda darchalarning) ochilish va yopilish paytlari 
orasidagi davrlardir (20-rasm, a va b).
Gaz taqsimlash diagrammasida ko’rsatilgan davrlar dvigatel tirsakli valining 
aylanish tezligiga qarab o’zgaradi. 
Klapanlarning bir vaqtni o’zida ochiq bo’lish (perekritiye yani ustma-ust 
tushishi) davrining burchak qiymati 16
0
dan (P-23U dvigatelida) 60
0
gacha (ZIL-130 
dvigatelida) o’zgaradi. Klapanlarning ochilish va yopilishlarining ustma-ust tushishi 
silindrlarning yonib bo’lgan gazlardan yaxshi tozalanishi uchun qulay shart-sharoit 


- 28 - 
yaratib beradi. Ustma-ust tushish davri qisqa bo’lganligi va bu davrda havo o’tish 
kesimining kichikligi tufayli yonib bo’lgan gazlar bilan atmosferaga chiqayotgan 
yangi zaryad miqdori uncha katta bo’lmaydi. 
18-rasm. A-41 va A-01M dizellarining osma klapanli gaz taqsimlash mexanizmi 
1-yo’naltiruvchi vtulka; 2-pastki tayanch shayba; 3, 5-suxar; 4-yuqori tayanch shayba;
6-koromislo; 7-dekompression mexanizmning rostlash vinti; 8-dekompression 
mexanizmning valigi; 9-ichki prujina; 10-tashqi prujina; 11-koromislo o’qi; 12-kontrgayka; 
13-rostlash vinti; 14-shtanga; 15-turtgich o’qi tayanchi; 16-silindrlar kallagi; 17-shtanga 
uchi (nakonechnigi); 18-turtgich tovoni (pyata); 19-turtgich; 20-turtgich o’qi;
21-taqsimlash vali; 22-klapan;
A-klapan o’zagi uchi (torets) va koromislo kaltagi (boyog’i) orasidagi tirqish (klapanning 
issiqlik tirqishi) 
 
Har bir dvigatel uchun qulay gaz taqsimlash diagrammasini tajribada 
aniqlanadi. Gaz taqsimlashning qabul qilingan diagrammasidan uncha ko’p 
bo’lmagan chetga chiqishlar dvigatel quvvati va tejamkorligini anchagina 
kamaytiradi. Dvigatel klapanlarining ochilish va yopilish vaqtlari orasidagi davrlarni 
to’g’ri o’rnatish uchun dvigatelni yig’ishda tirsakli valning shesternyasi 1 (20-rasm, 
d), oraliq va taqsimlash vallari 2 va 5 dagi shesternyalardagi maxsus belgilarni bir-
biriga to’g’ri keltirish kerak bo’ladi. 


- 29 - 
19-rasm. Klapanlari yon tomonda joylashgan P-23U dvigatelining gaz taqsimlash 
mexanizmi 
1-prujina; 2-kiritish klapani; 3-yo’naltiruvchi vtulka; 4-chiqarish klapani;5-suxar;
6-tayanch shayba; 7-rostlash vinti; 8-kontrgayka; 9-turtgich kronsheyni; 10-turtgich;
11-gaz taqsimlash vali; 12-tayanch shayba; 13-taqsimlash valining shesternyasi 
Gaz taqsimlash mexanizmining asosiy detallari: taqsimlash vali va turtkichlar, 
shtangalar, koromislo, klapanlar, prujinalar, shesternyadir. 

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish