- 3 -
1-laboratoriya ishi
Avtotraktor dvigatellarining krivoship-shatunli mexanizmi
Ishning maqsadi:
Krivoship shatun mexanizmi (KSHM) vazifasi, tuzilishi va
ishlashini o’rganish.
Ish joyini jihozlash:
KSHM detallari, ish qurollari, plakatlar, adabiyotlar.
Ishni bajarish tartibi:
Plakatlar yordamida KSHM tuzilishini o’rganing. Har
bir detalning nomini eslab qoling va ularni plakatlardan toping. Detallarni bir–biri
bilan qanday bog’langanligini va joylashishini o’rganing.
Mexanizmni ishlashi va
unda ko’p uchraydigan nosozliklarga etibor qarating.
Krivoship-shatunli mexanizm
kengayish taktida porshenning to’g’ri chiziqli
ilgarilama qaytma harakatini tirsakli valning aylanma harakatiga, qolgan taktlarda esa
tirsakli valning aylanma harakatini porshenning to’g’ri
chiziqli ilgarilanma qaytma
harakatiga aylantiradi.
Zamonaviy avtotraktorlar dvigatellarida markaziy (aksial) va surilgan
(dezaksial) krivoship-shatunli mexanizmlar keng qo’llaniladi. ZMZ-53-11, YAMZ-
240BM va ZIL-130 dvigatellarida dezaksial krivoship-shatunli mexanizm o’rnatilgan
bo’lib, ularda porshen barmog’ining o’qi, dvigatelda old tomondan qaralganda,
silindr o’qidan 3…5 mm chapga surilgan bo’ladi. Dezaksial
krivoship-shatunli
mezanizmi o’rnatilgan dvigatellarda porshenni yuqori chetki nuqtadan o’tish paytida
shovqin paydo bo’lish ehtimoli kamayadi.
Traktor
va
avtomobillarning
keng
tarqalgan
krivoship-shatunli
mexanizmlarning sxemalari 1-rasmda keltirilgan. Traktor yoki avtomobil dvigatelida
silindrlari bir qatorga (1-rasm, a, b), yoki ikki qatorga joylashgan (1-rasm, c) bo’lishi
mumkin.
1-rasm. Avtotraktor dvigatellari krivoship-shatunli mexanizmlari sxemalari
Bir qatorli dvigatel silindrlari vertikal yoki vertikalga 20… 45
0
burchak ostida
(M-412) joylashgan bo’lishi mumkin. Ikki qatorli dvigatellarda silindrlar o’qi
orasidagi burchak 90
0
bo’lganda V-simon, agarda bu burchak 180
0
ni tashkil etsa
gorizontal-oppozitli (silindrlari qarama-qarshi yotuvchi) dvigatellar deyiladi.
- 4 -
Porshenli ichki yonuv dvigatellarning krivoship-shatunli mexanizmi quyidagi
qo’zgalmas va qo’zgaluvchan detallardan tashkil topgan (2-rasmga qarang):
silindr
kallagi 1, silindr 5, karter 6, porshen 4, porshen xalqalari 2 va barmogi 3, shatun 14,
sirpanish podshipniklari 12, tirsakli val 8 va maxovik 7.
2-rasm. Porshenli ichki yonuv dvigateli
1-silindrlar kallagi; 2-porshen xalqalari; 3-porshen barmog’i; 4-porshen; 5-silindr;
6-karterning yuqori qismi; 7-maxovik; 8-tirsakli val; 9-karterning pastki qismi - taglik
(poddon); 10-jag’;11-krivoship sapfasi (tirsakli valning shatun bo’yini); 12-tayanch (o’zak)
podshipniklar; 13-tayanch (o’zak) bo’yinlar; 14-shatun; 15-kiritish klapani; 16-kiritish
patrubkasi; 17-klapan prujinasi;18-kulachokli val (gaz taqsimlash vali);19-chiqarish
patrubkasi; 20-chiqarish klapani; 21-yondirish svechasi
Karter, silindr va uning kallagi hamda boshqa qo’zgalmas (korpus) detallar
dvigatelning asosini tashkil etadi.
Silindr devori porshen harakatida yo’naltiruvchi bo’lib xizmat qiladi. Silindr 5
da porshen 4 harakatlanadi. Porshen tubi bilan silindr kallagi tomonga o’girilgan
stakan shakliga ega. Silindr bilan porshen orasidagi tirqish porshen xalqalari 2 bilan
zichlanadi. Porshenning silindrda siljishi shatun 14 orqali tirsakli val 8 ning
burilishiga olib keladi. Shatun ikkita yuqorigi va pastki kallaklarga ega. Yuqorigi va
pastki kallaklar orasidagi masofa L shatun uzunligini tashkil etadi.
Har bir silindr (yoki ular guruhi) uchun val 8 da alohida tirsak mavjud. Bu
tirsak krivoship sapfasi 11, jag’lar 10 va tayanch bo’yin 13 lardan iborat. Shuning
uchun ham dvigatel vali tirsakli deyiladi. Krivoship (tirsak) o’lchami
radius R bilan
aniqlanadi va u tirsakli val va krivoship sapfasi o’qlari orasidagi masofaga teng.
Porshenning silindrda eng katta ko’chishi, yani krivoshipning ikki radiusiga teng
S=2R miqdor porshen yo’li deb ataladi. Demak porshen yo’li - uning silindrda tirsakli
valning har yarim aylanishida ketma-ket egallaydigan ikki holati o’rtasidagi masofa.
- 5 -
Porshenning tirsakli val o’qidan maksimal uzoqlashgan holatini shartli ravishda
yuqori chetki nuqta (YCHN) va minimal masofada joylashgan
holatini esa pastki
chetki nuqta (PCHN) deyiladi. Chetki nuqtalarda porshen o’zining harakat
yo’nalishini o’zgartiradi va uning ko’chish tezligi nolga teng bo’ladi.
Porshenni chetki nuqtalardan chiqarish uchun tirsakli val 8 ga og’ir diskdan
yasalgan maxovik 7 o’rnatilgan. Kengayish (ishchi)
taktida aylanish xisobiga
to’plangan kinetik energiyani maxovik dvigatel silindrlarida kechadigan yordamchi
taktlarni amalga oshirish va tirsakli valda bir tekis aylanish hosil qilish uchun
sarflaydi.
Porshen yo’li S va silindr diametri D dvigatelning asosiy o’lchamlari bo’lib,
zamonaviy avtotraktor dvigatellarida S/D = 0,7…1,5 atrofida bo’ladi. S/D < 1
bo’lganda dvigatelni qisqa yo’lli; S/D = 1 da kvadratli; va S/D > 1 bo’lganda uzun
yo’lli deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: