O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi toshkent davlat agrar universiteti



Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/20
Sana15.05.2022
Hajmi2,55 Mb.
#603995
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
sXqZrmHVJen1dP8qrVto1JM9OomY42EnfEEoAyp6

Silindrlar kallagi 
shakli bo’yicha murakkab detal xisoblanadi. U silindr (D-
21A1, YAMZ-240-BM dvigatellarida), silindrlar guruhi (SMD-60, ZMZ-53-11 
dvigatellarida) yoki blok-karter (A-01M, SMD-18N, D-245, 4ВТ-3.9 dvigatellarida) 
yuqorisida joylashgan. U cho’yandan yoki alyuminiy qotishmasidan quyuladi. 
Silindrlar kallagi 1 (2-rasmga qarang) blok-karterga burab kiritilgan 
shpilkalarga kiydiriladi va gaykalar yordamida qotiriladi. Gaykalar dvigateldan 
foydalanish bo’yicha qo’llanmada ko’rsatilgan tartibda dinamometrik kalit bilan 
ketma-ket (o’rtadan chetga qarab) bir tekis qotiriladi. 
Kallak bilan blok-karter yoki silindrlar orasini zichlash maqsadida ular 
o’rtasiga qalinligi 1.5…2 mm bo’lgan asbopo’lat yoki mis-asbestli qistirma 
(prokladka) joylashtiriladi. 
Asbopo’lat qistirma (6-rasm) yupqa list (po’lat-karkas) 1 bo’lib, unga har ikki 
tomondan presslab asbest listlari 2 yopishtirilgan. Asbest listlari tashqi tomondan 
grafit bilan qoplangan. Yonish kamerasi uchun darcha chekkalari, ayrim hollarda 
suyuqlik va moy uchun teshiklar yupqa po’lat list 3 bilan o’ralgan (okantovkalangan). 


- 9 - 
6-rasm. To’rt silindrli dizel silindrlar kallagining qistirmasi (prokladkasi) 
1-po’lat karkas; 2-asbestli listlar; 3-okantovka
 
D-21A1, YAMZ-240BM va KamAZ-740 dvigatellarining har qaysi silindri 
aloxida kallakka ega, KamAZ-740 dvigatelida kallak alyuminiy qotishmasidan 
yasalgan. Kallak bilan blok-karter tutashgan joyi ikkita qistirma bilan jipslangan. 
Sovitish suyuqligi va moy kanallari birikmalari, hamda silindrlar kallagi konturi 
bo’ylab rezina zichlagich bilan zichlanadi. 
4ВТ-3.9 dvigatelida hamma silindrlar uchun bir butun silindrlar kallagi 
mavjud. Kiritilayotgan yangi zaryadga aylanma harakat berish va yonib bo’lgan 
gazlarning atmosferaga chiqishdagi energiyasini so’ndirmaslik uchun silindrlar 
kallagidagi kiritish va chiqarish traktlari maxsus formaga ega, kallakda termostat 
uyasi va yonilg’i filtri kallagi ham joylashgan. 
Silindrlar kallagining konstruktsiyasi dvigatel turiga, qabul qilingan sovitish 
tizimiga va klapanlarning joylashuviga bog’liq. Karbyuratorli dvigatel silindrlar 
kallagida yonish kamerasi va yondirish svechasi, dizellarda esa forsunka joylashgan. 
Agarda sovitish uchun suyuqlik ishlatilsa silindrlar kallagida bo’shliqlar 
(g’iloflar) 17 (7-rasm) mavjud bo’lib, ular blok-karter g’iloflari bilan qo’shilgan 
bo’ladi. Havoda sovitishda kallak 3 ning tashqi sirtida (3-rasm), sovitish qovurg’alari 
10 mavjud. 
Yonish kamerasining shakli silindrda ishchi siklining kechish xarakteriga, 
ayniqsa aralashma hosil qilish va yonish jarayonlariga keskin tasir etadi. Elektr 
uchquni bilan o’t oldiriladigan dvigatellarda yonish kamerasining shakli va yondirish 
svechasi 18 ning (7-rasm) joylashuvi siqish darajasi qiymatini belgilaydi. 
Yonish kamerasining asosiy shakllari 8-rasmda ko’rsatilgan. ZMZ-53-11 va 
ZIL-130 dvigatellarining silindrlar kallaklarida ponasimon (8-rasm, b), dizellarda esa 
ajratilmagan (8-rasm, g) yonish kameralari qo’llaniladi 
D-240 dizelining cho’yandan quyilgan silindrlar kallagining tuzilishi 9-rasmda 
ko’rsatilgan. Har qaysi silindr qarshisida silindrlar kallagining pastki tekisligi 
tomonidan ikkita teshik-uyalar mavjud, ularning qirralari 45
0
burchak ostida kesilgan 
bo’lib, chiqarish 3 va kiritish 4 klapanlar uchun tayanch belcha (egar) vazifasini 
bajaradi. Kallakning yuqori qismida har bir uya ustida vertikal teshikcha mavjud, bu 
yerga klapanni yo’naltiruvchi bimetil vtulka 5 presslab o’rnatilgan. 
Silindrlar kallagi ichki qismida klapanlar joylashgan teshiklar uchlari 
tashqariga chiqadigan kirituvchi 19 va chikaruvchi 18 kanallar bilan tutashgan. 
Silindrlar kallagining bir tomonidan chiqarish, ikkinchi tomondan kiritish 25 quvur 


- 10 - 
utkazgichlar maxkamlangan. Silindrlar kallagining ustki qismida gaz taqsimlash 
mexanizmining detallari va qalpoq 11 bilan yopiladigan qopqoq 7 o’rnatilgan. 
7-rasm. ZMZ-53-11 dvigatelining ko’ndalang kesimi 
1-turtki shtangasi; 2-kormislo; 3-klapan; 4-silindrlar kallagi; 5-blok-karter; 6-silindr 
gilzasi; 7-porshen; 8-moy ulchash lineykasi; 9-karter tagligi (poddon); 10-moy nasosining 
moy qabul qilgichi; 11-tirsakli val; 12-starter; 13-shatun qopqog’i; 14-shatun; 15-porshen 
barmog’i; 16-blok-karterda sovitish suyuqligi uchun bo’shliq (g’ilof); 17-silindrlar kallagi 
g’ilofi; 18-elektr uchquni bilan yondirish svechasi; 19-taqsimlash vali; 20-turtki 
Kallakning o’ng devori bo’ylab joylashgan sakkizta o’tuvchi teshiklardan 
turtkilar 20 ning shtangalari 21 o’tadi. Chap tomonda joylashgan to’rtta latun 
stakanchalar forsunkalarni o’rnatish va sovitish uchun xizmat qiladi. 
Oldingi va orqa qopqoqlar qalinligi 2…4 mm dan iborat cho’yan yoki 
alyuminiy qotishmasidan iborat figurali quyulma shaklida yasalgan. Ular 
taqsimlagich tishli g’ildiraklari, har xil yig’ma birliklar yuritmasi va maxovik 
joylashgan bo’shliqlarni yopadigan kojuxlardir. 
Dvigatel tagligi (poddon) blok-karterga boltlar bilan qotiriladi. Blok-karter 
bilan taglik orasidagi tutashgan oraliq karton qistirma bilan zichlanadi. Taglikning 
pastki qismida joylashgan moyni to’kish teshigi tiqin bilan bekitilgan. 
Umumiy holda krivoship shatun mexanizmining xarakatlanuvchi detallari 
quyidagi 10-rasmda keltirilgan.


- 11 - 
8-rasm. Dvigatel yonish kameralarining shakllari; 
a-siljitilgan; b-ponasimon; v-ajratilgan; g-ajratilmagan; 1-svechalarning joylashish o’rni; 
2-forsunka; 3-qo’shimcha (uyurma) yonish kamerasi;4-asosiy yonish kamerasi 

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish