O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi toshkent davlat agrar universiteti



Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/20
Sana15.05.2022
Hajmi2,55 Mb.
#603995
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
Bog'liq
sXqZrmHVJen1dP8qrVto1JM9OomY42EnfEEoAyp6

Shatun podshipniklari
qalinligi 1…3 mm li po’lat lentadan tayyorlangan 
yupqa devorli vkladish 10 lardan iborat. Ularning ichki yuzasi tirsakli val 
bo’yinlarining ishqalanish va yeyilishini kamaytirish uchun ishqalanishga qarshi 
alyuminiy asosidagi qotishma yoki qo’rg’oshinli bronzadan iborat yupqa qatlam 
(0.08…0.10 mm) bilan qoplangan. 
Vkladishlarni va uni pastki qopqog’ini o’q bo’ylab siljishi va aylanib ketishini 
oldini olish uchun shatunning ponasimon o’yiqchasiga kiruvchi chiqiq-
mo’ylovchadan foydalaniladi. Shu maqsadda vkladish shatunning pastki kallagiga 
natyag bilan o’rnatiladi. 


- 19 - 
14-rasm. SMD-18 dvigatelining shatuni 
1-vtulka, 2-yuqorigi kallakdagi teshik; 3-yuqori kallak; 4-o’zak; 5-bolt; 6-pastki kallak;
7-pastki kallak qopqog’i; 8-gayka; 9-shplint; 10-shatunning pastki kallagi vkladishlari;
11-vkladish mo’ylovi 
Ko’pchilik dvigatellar vkladishlari butun yuzasi bo’ylab qalinligi 0.002…0.003 
mm bo’lgan qalay bilan qoplanadi. Shatun podshipnigi vkladishlari va val bo’yinlari 
orasida moy qatlami hosil qilish uchun radial tirqish mavjud. Uning qiymati SMD-60 
dvigatelida 0.090…0.146 mm oralig’ida, ZIL-130 karbyuratorli dvigatelida esa 
0.026…0.083 mm. 
Ayrim dvigatellar vkladishlarining tutashgan joylarining butun uzunligi 
bo’ylab eni bir necha millimetrlar va chuqurligi 0.06…0.08 mm li tutash kesiklar 
(liski) qilingan. Ularni podshipniklardan issiqlikni eltishni yaxshilaydigan 
sovutkichlar deyiladi. Ishdan chiqqan, yani yeyilgan vkladishlar yangisiga nominal 
yoki tamirlov o’lchamiga qarab almashtiriladi. 
ZMZ-53-11, SMD-60, YAMZ-240BM V-simon dvigatellarda ikkita qarama-
qarshi yotuvchi silindrlar shatunlari tirsakli valning bitta bo’yiniga mahkamlangan. 
Tirsakli val
transmissiyaga aylanma harakat uzatadi. Bundan tashqari u 
dvigatelning turli mexanizmlarini xarakatga keltiradi. 
Tirsakli val quyidagi asosiy elementlardan tashkil topgan: 
o’zak bo’yinlar 6, 10, 14 va 16 (15-rasm) bilan val karterda joylashgan o’zak 
podshipniklarga tayanadi; 
shatun bo’yinlari 8; 
o’zak va shatun bo’yinlarini birlashtiruvchi jag’lar 9 (bo’yinlarning jag’larga 
o’tish joylari zo’riqish kontsentratsiyasini kamaytirish maqsadida yumaloq shaklda 
yasaladi va bu galtel deyiladi); 
tumshuq (oldingi uchi); 
dumcha (orqa qismi). 
Dvigatel ishlayotganda tirsakli val davriy ravishda tasir qiladigan gazlar bosim 
kuchi va qaytma-ilgarilanma hamda aylanuvchi qismlarining inertsiya kuchlari 
tasirida yuklangan bo’ladi. Bu kuchlar val elementlarida egilish, burilish va siqilish 


- 20 - 
deformatsiyalarini keltirib chiqaradi. Bulardan tashqari, val bo’yinlari mexanik 
yeyilishga ham uchraydi. 
15-rasm. SMD-60 dizelining tirsakli vali va maxovigi 
1-shkiv; 2-xrapovik; 3-oldingi pasangi; 4-moy qaytargich; 5-moy nasosi yuritmasining 
tishli g’ildiragi; 6-birinchi o’zak bo’yin; 7-o’lcham guruhi belgisi uchun maydoncha;
8-shatun bo’yini; 9-jag’lar; 10-ikkinchi o’zak bo’yin; 11-moy oluvchi naycha; 12-shatun 
bo’yinidagi bo’shliq; 13-tiqin; 14-uchinchi o’zak bo’yin; 15-o’qiy tutib turuvchi yarim 
xalqa; 16-orqa o’zak bo’yin; 17-gaz taqsimlagich mexanizmi yuritmasining tishli g’ildiragi; 
18-flanets; 19-maxovik; 20-ilashish muftasini shamollatish uchun teshik; 21 va 23 boltlar; 
22-sharikli podshipnik; 24-moydon; 25-ilashish muftasi disklari uchun yo’naltiruvchi paz;
26-porshenni YCHN holatida o’rnatish uchun belgi; 27-shkala; 28-tishli gardish 
Tirsakli valga quyidagi asosiy talablar qo’yiladi: charchashga qarshi yuqori 
mustaxkamlik va tayyorlash aniqligi, bikrlik va yeyilishga chidamlilik, dinamik 
muvozanatlanganlik, titrashning bo’lmasligi, uncha katta bo’lmagan o’qiy siljish, 
kichik massa. 
Tirsakli vallar yuqori uglerodli po’latdan shtampovkalab (SMD-60, D-245, 
KamAZ-740 dvigatellarida) yasaladi yoki legirlangan (magniyli) cho’yandan (ZMZ-
53-11 dvigatelida) quyiladi. Cho’yandan quyilgan vallar po’latdan yasalganga 
qaraganda oson tayyorlanadi va arzonga tushadi. Tirsakli valning boshqa detallar 
bilan tutashgan barcha sirtlariga mexanik ishlov beriladi. Val bo’yinlari yuqori 
aniqlikda ishlanadi. Yangi vallar bo’yinlarining ovalligi va konusligi 0.015 mm dan 
oshmasligi kerak. Qattiqlik va yeyilishga chidamlilikni oshirish uchun tirsakli 
vallarning o’zak va shatun bo’yinlariga termik ishlov beriladi. Undan keyin ular 
silliqlanadi va jilvirlanadi. 
Krivoship-shatunli mexanizmning muvozanatlanishini yaxshilash uchun 
tirsakli valning jag’larida, ayrim hollarda maxovikda va ventilyator yuritma shkivida 
posangilar o’rnatiladi. Ular jag’larga boltlar yordamida (D-245 dvigatelida) 
mahkamlanadi yoki jag’ning davomi sifatida yaxlit etib (SMD-60 va ZIL-130 
dvigatellarida) yasaladi. 


- 21 - 
Tirsakli val shakli silindrlarning soni va joylashuvi hamda kengayish 
taktlarining bir meyorda takrorlanishiga va dvigatelni muvozanatlashga bo’lgan 
talablar bilan aniqlanadi. 
Silindrlari bir qatorda joylashgan dvigatellarda shatun bo’yinlari silindrlar 
soniga teng. Silindrlar V-simon joylashganda (SMD-60, ZMZ-53-11 dvigatellarida) 
har bir shatun bo’yiniga odatda ikkita shatun mahkamlanadi: bittasi o’ng qator 
silindrlar uchun, boshqasi chap qator uchun. 
Tirsakli val o’zak bo’yinlar soni silindrlar soni teng bo’lgan turlicha 
dvigatellarda turlicha bo’lishi mumkin. O’zak bo’yinlar sonining ortishi, tirsakli val 
egilishini kamaytiradi, biroq dvigatelning o’lchamlari va bahosi oshadi. Shatun 
bo’yinlarining ikkala tomonida o’zak bo’yinlari joylashgan tirsakli val to’liq 
tayanchli deyiladi (SMD-60, YAMZ-240BM, ZMZ-53-11 dvigatellarida). 
Ayrim dvigatellarda valning tumshug’iga gaz taqsimlash mexanizmi 
yuritmasining va dvigatelning boshqa mexanizmlarini yetakchi tishli g’ildiraklari, 
tirsakli valni aylantirish uchun xrapovik, moy qaytaruvchi qistirma va zichlovchi 
salnik o’rnatiladi. SMD-60 dizelida gaz taqsimlash mexanizm yuritmasining tishli 
shesternyasi 17 tirsakli val dumida joylashgan, val oxirida esa maxovikni 
mahkamlash uchun flanets 18 joylashgan. 
Tirsakli valning o’qiy siljishi o’zak podshipniklardan birortasining maxsus 
qurilmasi yoki boshqa moslama bilan cheklanadi. D-245, SMD-60, A-41 va A-01M 
dvigatellarida bu maqsad uchun orqa o’zak tayanchlari yon tomonidagi o’yiqchalarda 
joylashgan to’rtta po’lat alyuminiy yarim xalqalar 15 dan foydalanilgan, SMD-60 
dizelida esa bu yarim xalqalar tirsakli valning uchinchi o’zak tayanchida o’rnatilgan. 
YAMZ-240BM dizelida tirsakli valning siljishi blok karterning oldingi sirtida 
qotirilgan maxsus korpus yo’niqchasiga kiritilgan bronzali xalqalar bilan 
chegaralanadi. 
ZMZ-31-10 va ZMZ-53-11 dvigatellarida tirsakli valning bo’ylama siljishini 
cheklash uchun birinchi o’zak podshipnikning ikkala tomonidan po’lat tayanch 
qistirmalar o’rnatilgan bo’lib, ularning bir tomoniga babbit qoplangan. Oldingi 
tayanch qistirma babbitli sirti bilan birinchi o’zak bo’yinning toretsiga tishli g’ildirak 
yordamida siqilgan va shponka orqali valga maxkamlangan po’lat tayanch qistirmaga 
qaratilgan. Qistirma buralmasligi birinchi o’zak podshipnik asosiga va uning 
qopqog’iga presslab kiydirilgan ikkita shtiftlar bilan tutib turiladi. Orqa tayanch 
qistirma babbit tomoni bilan val jag’ining tayanch burtigiga qaratilgan va birinchi 
o’zak podshipnik qopqog’idagi to’rtburchakli pazga kiruvchi chiqiq uni buralib 
ketmasligini taminlaydi. 
O’qiy siljish birinchi o’zak bo’yin uzunligidan podshipnik uzunligi bilan 
qistirmalarning qalinliklari yig’indisining ayirmasi sifatida aniqlanadi. 
O’zak va shatun podshipniklariga motor moyini keltirish uchun tirsakli val 
bo’yinlari ulardan o’tuvchi kanallar bilan tutashtirilgan. 
Ko’pchilik avtotraktor dvigatellarida moyni markazdan qochma usulda 
tozalash uchun tirsakli valning shatun bo’yinlarida kir tutuvchi bo’shliq 
(gryazeulovitel) mavjud. SMD-60 dvigatelida bunday qurilma quyidagicha 
bajarilgan. Valning o’zak bo’yinlaridagi kanallar orqali moy shatun bo’yini ichidagi 
bo’shliq 12 ga o’tadi (15-rasm). Har qaysi bo’shliq 12 yon tomonidan tiqin 13 bilan 


- 22 - 
berkitilgan. Tirsakli val aylanishida moydagi og’ir aralashmalar (chang, qum, koksli 
va metall zarrachalar) markazdan qochma kuch tasirida bo’shliq 12 devoriga 
uloqtiriladi, tozalangan moy esa bosim ostida naycha 11 orqali shatun 
podshipniklariga beriladi. ZMZ-31-10 va ZMZ-53-11 dvigatellarining kir 
tutgichlarining tuzilishi va ishlashi SMD-60 dizelnikiga o’xshash bo’lib, faqat moy 
kir tutkich bo’shlig’idan shatun bo’yini tashqi sirtiga naycha orqali emas, balki kanal 
orqali uzatiladi. 

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish