- 34 -
Silindrlar kallagida joylashgan gaz taqsimlash
mexanizmining detallari
po’latdan yoki alyumindan yasalgan qalpoq bilan yopilgan. Qalpoqning pastki
tekisligi va silindrlar kallagi hamda qalpoqning yuqori tekisligi va uning qopqog’i
oraliqlari maxsus qistirmalar bilan zichlangan.
Klapan
tarelka 9 (24-rasm, a) va o’zak 8dan tashkil topgan. Tarelkaning
yetarlicha mustahkamligini taminlash tarelkadan issiqlikni o’tkazib yuborishni
yaxshilash va gazlarning xarakatiga qarshilikni kamaytirish uchun tarelkadan o’zakka
o’tish joyi silliq aylana shaklida qilingan.
24-rasm. Klapan, prujina va ularni gaz taqsimlash mexanizmiga mahkamlash uchun detallar
a-SMD-18N dvigateli; b-A-41 va A-01M dvigatellari; d-ZMZ-53-11 dvigateli uchun;
1-klapan tarelkasi faskasi; 2,4-klapan sterjenidagi silindrik o’yiq; 5-prujinani yuqori
tayanch shaybasi; 6-suxarlar; 7-prujinasimon xalqa; 8-sterjen; 9-tarelka; 10, 14-tashqi va
ichki prujina; 11-yo’naltiruvchi vtulka; 12-prujinani pastki tayanch shaybasi; 13-tayanch
shayba vtulkasi; 15-o’rnatma xalqa (uya);16-moy qaytaruvchi qalpoqcha
Klapan tarelkasidagi konusli faska 1 silindrlar kallagidagi uyani jipslab
berkitish uchun mo’ljallangan. Ko’pchilik dvigatellarda klapanlar faskasi va ularning
uyalari 45
0
burchak ostida ishlangan. Klapan faskasining
uyaga yopishib turish
jipsligiga birini ikkinchisiga silliqlash va jilvirlash yo’li bilan erishiladi.
Klapan o’zagi silliqlangan. Uning ustki qismida o’yiqcha 4 qilingan bo’lib,
unga suxari 6 deb ataladigan ikkita yarim bo’laklardan iborat konusli xalqaning ichki
chizig’i kirib turadi. Suxari shayba 5 ni klapan o’zagida tutib turadi. Ayrim xollarda
klapan o’zagidagi o’yiqcha 4ning tagida ikkinchi silindrsimon o’yiqcha 2 bo’lib,
unga prujinasimon xalqa 7 qo’yiladi. Bu xalqa klapan prujinasi to’satdan singan
holatida klapanning silindrga tushishidan saqlaydi.
Ayrim dvigatel klapanlari tarelkasi faskasini uyada jilvirlash uchun tarelkaning
yuzasida jilvirlovchi qurilma shpindelini ulash uchun kesik (yoki parmalash)
qilingan.
- 35 -
A-01M, A-41, YAMZ-240BM va ZMZ-53-11 dvigatellarida klapan prujinalari
11 va 14 (24-rasm, b va d) pastki 12 va yuqorigi 5 tayanch shaybalar oralig’ida
joylashtirilgan. Klapan shayba 5 bilan konusli vtulka 13 (KamAZ-740 va ZMZ-53-11
dvigatellarida) va suxari yordamida birikkan.
Vtulka 13 yuqorigi tayanch shayba 5 ga faqat yon tomoni yoki ensiz faska
bilan tayanadi, shuning uchun ular orasida ishqalanish kam va klapan koromislo
tasirida va prujina titrashida buralishi mumkin. Bu uyaning, klapan va vtulka 11
larning ish muddatini oshiradi.
ZMZ-53-11, VAZ-2106 dvigatellarida silindrga kiritish klapanining o’zagi va
vtulkasi orasidagi tirqishdan moyning sizib o’tishini
kamaytirish uchun tayanch
shayba 5 tagidan klapan o’zagiga moyga chidamli rezinadan moy
qaytargich
qalpoqcha 16 kiydirilgan.
25-rasm. ZIL-130 dvigateli gaz taqsimlash mexanizmining chiqarish klapanini yig’ma holati
va klapanning buralish sxemasi;
a-chiqarish klapanining yig’ilgan holati; b-burash mexanizmining detallari; d-burash
mexanizmining boshlang’ich holati; e-burash mexanizmining klapan ochilishidagi holati;
f-burash mexanizmining klapanni ochilishining oxiridagi holati;
1-chiqarish klapani; 2-qo’zg’almas korpus; 3-zoldir; 4-tayanch shayba; 5-qulf halqa;
6-klapan prujinasi; 7-klapan prujinasining yuqorigi tayanch shaybasi; 8-suxari;
9-disksimon prujina; 10-qaytargich prujina; 11-klapan o’zagidagi bo’shliq; 12-natriy;
13-issiqbardosh qotishma qatlami; 14-tiqin; 15-qo’yiladigan uya
Klapanlar yuqori haroratda mexanik xususiyatlarini saqlaydigan, yaxshi
qarshilik ko’rsatadigan legirlangan po’latdan tayyorlanadi. ZMZ-53-11 va ZIL-130
dvigatellari chiqarish klapanlarining (25-rasm, a) faskasiga issiqqa chidamli qotishma
qatlami 13
eritib quyiladi, barcha dvigatellarning kiritish va chiqarish klapanlari
o’zaklarining yon tomonlari esa toblanadi.
ZMZ-53-11 va ZIL-130 dvigatellarining chiqarish klapanlari uchun natriyli
sovutgich qo’llanilgan. Bunday klapanlar o’zaklari bo’shliq 11 ga ega, klapanni
- 36 -
tayyorlash paytida bo’shliqning 50...60% natriy bilan to’ldiriladi, keyin tarelkaga
to’siqcha 14 payvandlanadi. Dvigatelning ishlash paytida natriy eriydi (uning
erish
harorati 97
0
S), suyuq holatida klapan harakatida bo’shliq 11 ichida chayqaladi va
klapan tarelkasidan uning o’zagi va vtulkaga issiqlikni jadal o’tkazadi.
ZIL-130 dvigatelining chiqarish klapani 1ni ishlash muddatini oshirish uchun
dvigatel ishlayotganda maxsus mexanizm bilan majburiy buraladi. Burash mexanizmi
qo’zg’almas korpus 2dan tashkil topgan bo’lib (25-rasm, a va b), unda aylana bo’ylab
beshta qiya o’yiqchalarda beshta zoldirlar 3 va ularni oldingi holatiga qaytaruvchi
prujinalar 10, disksimon prujina 9, tayanch shayba 4 (uni klapan prujinasi 6 bosib
turadi) va qulf shayba 5 joylashgan. Shayba 4 va prujina 9
silindrlar kallagidagi
uyada o’rnatilgan korpus 2ga tirqish bilan kiydirilgan.
Klapanning yopiq holatda prujina 6 ning siquvchi kuchi (25-rasm, d) shayba 4
orqali qiya joylashgan disksimon prujina 9 ning tashqi qirrasiga beriladi, bunda
prujina qarama-qarshi tomonidan ichki qirrasi bilan korpus 2 ning chiqig’iga
tayanadi. Klapan ochilganda (25-rasm, e), prujina 6 siqiladi. Uning ortiqcha kuchi
natijasida qiya joylashgan disksimon prujina 9, shariklar (zoldirlar) 3 ga tayanib,
to’g’rilanadi. Disksimon prujina 9 ning ichki qirrasi va korpus 2 ning chiqig’i orasida
tirqish paydo bo’ladi. Prujina 6 va 9 larning kuchi tasiridan sharchalar 3 qaytargich
prujinalar 10 ning qarshiligini yengib, korpus 2 dagi o’yiqchilarda qiya tekislik
bo’ylab pastga dumalanadi va disksimon prujina 9, shayba 3 va u bilan prujina 6 va
klapan 1 ni birmuncha burchakka buradi (klapan bir marta ochilganda u o’z o’qi
atrofida 1 mm ga buriladi).
Klapan ochilish oxirida burash mexanizmining vaziyati 25-rasm f da
ko’rsatilgan. Klapan yopilishida prujina 6 ning kuchi kamayadi va disksimon prujina
oldingi holatiga qaytadi. Bunda zoldirlar 3 bo’shatiladi va prujinalar 10 ularni
dastlabki holatiga qaytaradi (25-rasm, d).
Dvigatel silindrlarini yangi zaryad bilan yaxshi to’ldirish uchun kiritish klapani
tarelkasi chiqarish klapani tarelkasidan bir oz katta qilingan.
YAMZ-240BM, ZMZ-53-11 va ZIL-130 dvigatellarining kiritish va chiqarish
klapanlarini
uyalari
15 (25-rasm, a) issiqqa bardoshli cho’yandan quyiladigan halqa
ko’rinishida ishlangan bo’lib, silindrlar kallagiga presslab mahkamlanadi. SMD-60
dvigatelining quyiladigan halqasi nikel asosidagi
qotishmadan tayyorlanadi, kiritish
klapanlari uyalari silindrga havoni yo’naltiruvchi pardalarga (kozerek) ega. A-41 va
A-01M dvigatellarida issiqqa bardoshli quyma halqalar faqat chiqarish klapanlari
uchun ishlatiladi. Quyma uyalar silindrlar kallagining ishlash muddatini uzaytiradi va
tamirlashni yengillashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: