O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi toshkent davlat agrar universiteti



Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/20
Sana15.05.2022
Hajmi2,55 Mb.
#603995
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
sXqZrmHVJen1dP8qrVto1JM9OomY42EnfEEoAyp6

Yo’naltiruvchi vtulka
11 (24-rasm) klapanning o’q bo’ylab siljishini va uyaga 
egilmasdan o’tirishini taminlaydi. U cho’yandan (ZMZ-53-11, SMD-60 va YAMZ-
240BM dvigatellari uchun) yoki yuqori xususiyatlarga ega antifriksion kukunli 
material (poroshok) dan tayyorlanadi. 
Prujina
10 klapanni yopish va uni uyaga jipslab o’tkazish uchun yetarli kuchni 
hosil qiladi. U turtgichni taqsimlash vali kulachogidan ajralishiga yo’l qo’ymaydi, bu 
esa klapanning belgilangan ochiq turish davrini saqlaydi. 
Prujinalar po’lat simdan tayyorlanadi. Odatda ular o’rama qadami o’zgarmas 
(D-245 dvigatelida) yoki o’zgaruvchan (ZIL-130 dvigatelida) silindrik o’ramli 


- 37 - 
bo’ladi. O’ramlar qadami o’zgaruvchan prujinalarda uning mustahkamligiga xavfli 
bo’lgan rezonansning kelib chiqishi kamayadi. Prujinaning kichik qadamli oxirgi 
uchi klapan tarelkasi tomonda joylashgan bo’lishi kerak. 
ZMZ-53-11 dvigatelida har bir klapanga bittadan prujina, D-245, A-41, SMD-
60 dvigatellarida esa ikkitadan prujina o’rnatilgan. Ichki 14 (24-rasm, b) va tashqari 
10 prujinalarning o’ramlari tiqilmasligi uchun, ular qarama-qarshi tomonga o’ralgan. 
Ikkita prujinaning mavjudligi ularning o’lchamini kamaytiradi va ish sharoitini 
osonlashtiradi; shu bilan birga chidamliligi oshadi; mabodo bir prujina sinsa klapan 
ikkinchi prujina bilan tutib turiladi. 
Dekompression 
mexanizm.
Dizelni 
yurgizib 
yuborish 
va 
uning 
mexanizmlarini rostlashda tirsakli valni aylantirish talab etiladi. Bunda silindrlarda 
havo siqilishidan paydo bo’ladigan qarshilikni kamaytirish uchun tirsakli valni 
aylantirish vaqtida kiritish, bazan chiqarish klapanlarini butun ish sikli davomida 
atmosfera bilan tutashtirib qo’yiladi. Bu vazifani bajarish uchun ish jarayoni gaz 
taqsimlash mexanizmi bilan bog’liq bo’lgan dekompression mexanizm xizmat qiladi.
Tirsakli val aylantirilganda dekompressiyalangan dizel asta-sekin qiziydi, 
undagi moyning qovushqoqligi pasayadi, mexanizm detallariga moy yuboriladi. Shu 
sababdan aylantirishga bo’lgan qarshilik kamayadi, aylanish chastotasi yetarli 
qiymatga yetganda dekompression mexanizm o’chiriladi va dizel yurgizib yuboriladi. 
Undan tashqari dekompression mexanizmi dvigatelni favqulodda to’xtatish uchun 
ham ishlatilishi mumkin (yoqilg’i nasosi reykasi tiqilib qolganda va yuklamaning 
birdaniga kamayganida). 
Traktor dizellarida dekompression mexanizmning turli xil sxemalari 
qo’llaniladi: dekompression valiklar yordamida turtgichlarni ko’tarish bilan: (26-
rasm, a); dekompression valik va maxsus shtanga yordamida koromisloni burish 
bilan; (26-rasm, b) dekompression valik yordamida koromisloga to’g’ridan-to’g’ri 
yoki siqish bo’lagi orqali tasir etish bilan (26-rasm, d va e). 
SMD-18N dizelining dekompression mexanizmi barcha klapanlarni bir vaqtda 
ochadi. Buning uchun dastak bilan valcha 1 (26-rasm, 
b
) buriladi, u koromislo 4 ning 
uzun yelkasini bosadi.
Zamonaviy traktor dizellarida (SMD-60, D-50, D-240, YAMZ-238NB, 
YAMZ-240BM) dekompression mexanizm yo’q. Bu dizellarning yurgizish 
xususiyatlari yaxshilangan va ularning yurgizish qurilmalarining ishonchliligi 
oshgan. 

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish