Amaliy ish 9
Mavzu: Dizellarning ta’minlash tizimini tuzilishi va ishlashini o‘rganish
Ishning maksadi.
Qishloq xo‘jaligida keng foydalaniladigan dizellar misolida
ta’minlash tizimi elementlari xavotozalagich, turbokompressor, yoqilg‘i baki,
yoqilg‘i filtrlari, yoqilg‘i nasoslari, forsunka va aylanish chastotasi rostlagichlarini
vazifasi, tuzilishi va ishlashini o‘rganish. Ta’minlash tizimi elementlariga texnik
xizmat ko‘rsatish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar xosil qilish.
Ish joyini jixozlash.
Urganilayotgan ta’minlash tizimi elemenlari, kalitlar
tuplami va tegishli moslamalar. Mavzuga tegishli plakatlar va modellar.
Ta’minlash tizimi havo va yoqilg‘ini tozalab silindrga uzatish hamda yonib
bo‘lgan gazlarni silindrdan tashqi muhitga chiqarib yuborish uchun xizmat qiladi.
Ta’minlash tizimida quyidagi tashkil etuvchilarni ko‘rsatish mumkin:
- xavoni tozalash tizimi;
- yoqilg‘i etkazib berish tizimi;
- ishlab bo‘lgan gazlarni shovqinsizlantirish tizimi.
Havo bilan ta’minlash tizimining
asosiy vazifasi dizelni barcha tezlik va
yuklanish rejimlarida ishlaganida uning silindrlariga purkalayotgan yoqilg‘ini to‘liq
yoqish uchun kerak bo‘lgan tozalangan havo miqdorini ta’minlash uchun xizmat
qiladi.
Traktor avtomobillarga qaraganda ko‘proq changlangan sharoitda ishlaydi.
Silindrlar ichiga kirib qolgan moddalarni 90% ishlab bo‘lgan gazlar bilan birga
tashqi muxitga chiqib ketadi, qolgan 10% esa porshen xalqalari va silindrlar tirqishi
orasida qolib abraziv edirilish hosil bo‘lishiga imkon beradi.
Traktorni havo tozalagichlari ikki, uch pog‘onali bo‘lishi mumkin. Birinchi
pog‘ona inersion usuli bo‘yicha, ikkinchi va uchinchi pog‘onalar filtratsiya
prinsipida tozalanadi.
Havo tozalagichni birinchi pog‘onasi misoli 1-rasmda ko‘rsatilgan. Tashqi
muxitdan silindrlarga kiritilayotgan havo to‘r 6 dan o‘tayotganida katta mexanik
moddalardan tozalanib konussimon qobiq 4 va inersion panjara 3 tirqishga
yo‘naltiriladi.
So‘rish quvuri 2 ga kirishdan avval changlangan havo oqimi 180
0
buriladi,
so‘ngra to‘r 3 xalqlari tirqishlaridan yuqoriga xarakatlanadi. Burilish jarayonida
havo tarkibida bo‘lgan og‘ir mexanik moddalar o‘zlarini inersiya kuchlari ta’sirida
qobiq 4 bo‘yicha xarakatlanib chang yig‘ish bunkeri 1 da to‘planadi va keyinchalik
tashqi muxitga chiqarib tashlanadi.
Ikkinchi pog‘ona tozalash misoli 1-rasmni «b» ko‘rinishida keltirilgan.
Birinchi tozalanish pog‘onasidan o‘tgan havoni asosiy 14 va saqlagich 15 filtr-
patronlarini pardalaridan o‘tish jarayoni sodir bo‘ladi. Ikkala filtr patronlar havo
tozalagich asosi tagiga gayka 11 lar bilan siqib qo‘yiladi.
2
1-rasm. Xavo tozalagich.
1-chang to‘plash bunkeri; 2-so‘rish quvuri; 3-panjara haltasi; 4-konussimon qobug‘; 5-radial
joylashgan plankalar; 6-to‘r; 7-quvurcha; 8-xavo tozalagich asosi; 9-siquvchi bolt; 10-
patrubok; 11-gayka; 12-qopqoq; 13-16-zichlash xalqalari; 14-asosiy filtr; 15-saqlagich filtr; 17-
quvur; 18-rezbali teshikcha; 19-flanets; 20-disk rezbasi; 21-shaffof qopqoq; 22-disk; 23-
qo‘zg‘aluvchan baraban; 24-qo‘zg‘almas baraban; 25-prujina.
CHang to‘lib qolganligini ko‘rsatadigan indikator (1-rasm «v» ko‘rinishi)
xavo tozalagichni to‘lgan darajasini ko‘rsatadi va unga qarab filtrlash elementlari
o‘zgartiriladi. Xavo tozalagichni chiqarish partubkasida siyraklanish cheklangan
miqdordan oshib ketsa indikator diafragmasi egilib qo‘zg‘aluvchan baraban 23 ni
bo‘shatib yuboradi, undan so‘ng prujina 25 yshbu barabanni qo‘zg‘almas baraban 24
ni oynalari atrofida aylantiradi va unda shaffof qopqoq 21 orqali qizil chiroq yonib
darak beradi. Indikator quvur 17 ga shlang orqali ulangan. SHlangning bir uchi
rezbali teshikda 18 ga, ikkinchisi esa indikator rezbasi 20 ga maxkamlangan. Xavo
tozalagich flanets 19 yordamida koritish quvuriga maxkamlanadi.
Kombinatsiyalangan havo tozalagichlar qishloq xo‘jaligida ishlatiladigan
avtomobil dvigatellarida qo‘llaniladi va ko‘p pog‘onali tozalash tizimidan iborat
bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |