10
quvurchada va forsunkada yoqilg‘i bosimi keskin kamayadi.
Natijada forsunkadagi
igna prujina ta’sirida yopiladi. Klapan 25 prujina 28 tomonidan egar 24 o‘tirib
forsunkaga yoqilg‘i yuborishni to‘xtatadi. Forsunka tomonidan yoqilg‘i purkash bir
necha milli sekundni tashkil qiladi.
8-rasm. YUBEN ning bir seksiyasini elementlari
1-kanal; 2-vtulka; 3-vtulkaning kiritish teshigi; 4-yoqilg‘i xaydash xajmi; 5-plunjer; 6-
plunjerni bo‘ylama kanali; 7-plunjerni radikal teshikchasi; 8-plunjerni o‘yiqchasi; 9-vintli
kemtik; 10-plunjerni xalqasimon o‘yiqchasi; 11-prujina; 12-prujina tarelkasi; 13-turtqini uzunligini
rostlash bolti; 14-kontrgayka; 15-turtqi; 16-rolik; 17-bronzadan tayyorlangan vtulka-podshipnik;
18-rolik o‘qi; 19-asos; 20-kulachok (mushtcha); 21-valik; 22-umumiy kanal; 23-chiqarish
teshigi; 24-xaydash klapanining egari; 25-xaydash klapani; 26-xaydash klapanining xalqasi; 27-
shtutser; 28-xaydash klapan prujinasi; 29-shtutser konusining sirti; 30-shtutserni teshikchasi; 31-
seksiya asosi; 32-xaydash klapanining silindrik belbog‘i; 33-korrektorlash teshikchasi; 34-
shtutser xajmi; 35-segmentlar; 36-gilza; 37-plunjer krestovinasi; 38-gilzaning ko‘ndalang
o‘yiqchasi; 40-xomut; 41-reyka; 42-povodok; 43-o‘yiqchalar; 44-shariklar; 45-ugolnik; 46-
asos; 47-boltlar; 48-shtiftlar; 49-yoysimon o‘yiqchalar; 50-buraluvchi gilza;
Traktorning tezligini oshirish yoki qarshilikni engish uchun dizel silindrlariga
purkalanayotgan yoqilg‘i miqdorini o‘zgartirish kerak bo‘ladi. Odatda bu jarayon
plunjerni vintli kemtigi 9 ni vtulkadagi chiqarish teshigiga nisbatan joylashish
holatiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, plunjerni soat miliga qarshi tomonga burilsa vintli
kemtik 9 orqali teshik 23 ni ochilishi qiyinroq bo‘ladi, shunda forsunka tomon
xaydalayotgan yoqilg‘i dozasi ortadi.
Plunjerni burash odatda vtulka 2 ustiga kiydirib qo‘yilgan gilza 36
orqali
bajariladi. Gilza 36 ni pastki qismida ko‘ndalang tuynukcha 38 mavjud. Plunjerni
krestovinasi 37 yshbu tuynukcha bo‘yicha siljiydi. Gilzani burilishi xomut 40
yordamida bajariladi. Xomutning sektori barcha seksiyalarga umumiy bo‘lgan reyka
11
41 ning tishlariga kirib turadi. Reykani xaydovchi yoki rostlagich tomonidan
bajarilgan ilgarilama – qaytma xarakati – xomutni, gilza va krestovinalarni
buralishiga
olib keladi, bu esa o‘z navbatida yoqilg‘i dozasini oshirish yoki
kamaytirishga imkon beradi.
Berilayotgan yuklamaga yoki bajarilayotgan jarayonga nisbatan dizel turli
miqdordagi quvvatga ega bo‘lishi kerak, bu o‘z navbatida avval berilayotgan
yoqilg‘i
miqdoriga, uning yonish sifatiga va purkash paytiga bog‘liq bo‘ladi.
SHuning uchun ta’minlash tizimidagi yoqilg‘i purkash qismi quyidagi talablarni
bajarishini ta’minlashi lozim: purkash katta bosim ostida bajarilishi; bir siklda
beriladigan yoqilg‘ini
rostlanishi mumkinligi; yoqilg‘ini silindrga purkash payti
rostlanish mumkinligi.
Ushbu barcha talablarni YUBEN plunjer juftligi bajaradi. Plunjer juftligi bu
porshenli gidravlik nasos bo‘lib ikkita qismdan iborat bo‘ladi: plunjer va vtulka.
Soz plunjer juftligi 50…70 MPa bosimni ta’minlaydi. Plunjer yuqoriga
ko‘tarilishi xaydash klapanni ko‘tarilishiga sabab bo‘ladi va yoqilg‘i yuqori bosimli
quvurchalar orqali forsunka tomon intiladi – bu xolat yoqilg‘i
xaydashni davom
etishini bildiradi.
Plunjerni yanada yuqoriga xarakatlanishi uning vintli kemtigi tomonidan
chiqarish teshigini ochilishiga olib keladi. Bunda yoqilg‘i plunjerni bo‘ylama
teshigi va vintli kemtik orqali chiqish teshigidan oqib ketadi bosim keskin kamayadi.
Xaydash klapani o‘z egariga o‘tiradi. Plunjer yuqoriga xarakatlanishini davom
ettirsa ham yoqilg‘i forsunka tomon xaydalmaydi, chunki
chiqish teshigi ochiq
bo‘lib undan yoqilg‘i chiqib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: