3
kiritilayotgan havo miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Turbokompressor silindrga
kiritilayotgan havo massasini siqish yo‘li bilan ko‘paytiradi. Buning natijasida
turbokompressor o‘rnatilgan dvigatellar quvvati 20…50% gacha oshirilishi mumkin.
Traktor va avtomobil dizellaridagi turbokompressor kompressordan va uni xarakatga
keltiruvchi gazli trubinadan iborat. Odatda traktor dizellarida
havoni siqish uchun
markazdan qochma kompressorlar qo‘llaniladi.
Turbokompressorni asosiy elementlari quyidagilardan iborat: rotor, u o‘z
navbatida val 12 ga maxkamlangan kompressor 2 va turbina 9 g‘ildiraklaridan (2-
rasm); kiritish qismi mavjud kompressor asosi 3 dan; diffizor 4 dan va havo qabul
qilgichdan; gaz keltiruvchi kanal 7 li turbina asosidan; yo‘naltiruvchi apparat 6 dan;
chiqish qismi 8 dan va podshipnikli asos 6 dan. Kiritish qurilmasi havoni ishchi
g‘ildiragiga ravon kirishini ta’minlaydi.
2-rasm. Turbokompressor qurilmasi
1-gayka; 2-ishchi g‘ildirak; 3-kompressor asosi; 4-diffuzor; 5-podshipniklar asosi; 6-yo‘naltiruvchi
apparat; 7-gaz kirituvchi kanal; 8-chiqarish qismi; 9-turbina g‘ildiragi; 10-issiqlik
o‘tkazmaydigan ekran; 11-salniklar; 12-val.
Kompressorni ishchi g‘ildiragi 2 da, rotorni aylanishi natijasida hosil bo‘lgan
mexanik ish, havoni oqimi kinetik energiyasiga aylantirib beriladi.
Kompressor
g‘ildiraklari alyuminiy qotishmalardan quyish usuli bilan tayyorlanadi. Juda kata
aylanish chastotasi bilan ishlaganligi uchun g‘ildirak rotordan alohida
muvozanatlanadi (balansirlanadi) va valga gayka 1 yordamida maxkamlanadi.
Diffuzor 4 havo oqimi kinetik energiyasini qisman
bosimga ham aylantirib
berishga xizmat qiladi. Zamonaviy turbokompressorlarda parraksiz diffuzorlar
qo‘llash tobora keng tarqalayapti.
Turbinali gaz kirituvchi asos 7, dvigatelni chiqarish quvuridagi gazni
yo‘naltiruvchi apparat 6 ga ravon kiritish va uni aylana bo‘yicha
taqsimlanishini
ta’minlaydi.
Yo‘naltiruvchi apparat 6 gazning potensial energiyasini kinetik energiyaga
aylantirib berish uchun xazmat qiladi.
4
Trubina g‘ildiragi 9 da gazni energiyasini rotorni mexanik aylanish
energiyasiga o‘zgartirib beradi. Bu g‘ildirakni aylanish chastotasi 100000 min
-1
dan
ortiq bo‘lganligi va 300
0
issiqlik muxitida ishlaganligi sababli uni vakuumda sifatli
materialdan quyish usulida tayyorlanadi.
Dvigatellarga havoni puflab berish ikki usul bilan bajarilishi mumkin:
majburiy – havo silindrlarga xarakatni tirsakli valdan oladigan nasos orqali kiritiladi;
gaz turbinali – havo silindrlarga xarakatni gaz trubinadan
oladigan nasos orqali
kiritiladi, Trubina esa xarakatni silindrlardan chiqib ketayotgan gazlardan oladi.
KamAZ, GAZ avtomobillarining dizellarida o‘rnatiladigan TKR-7 turbinali
kompressorini tuzilishi va ishlashi 3-rasmda keltirilgan. Trubinali kompressor nasos
1 va trubina 5 li g‘ildiraklardan iborat bo‘lib dvigatelga maxkamlanadi.
3-rasm. TKR-7 rusumli trubinali kompressor
a-tuzilish sxemasi; b-ishlash sxemasi; 1-kompressor g‘ildiragi; 2-yo‘naltiruvchi apparat; 3-
fiksator; 4-trubina asosi; 5-trubina g‘ildiragi; 6-issiqlik o‘tkazmaydigan ekran; 7,9-asoslar; 8-
zichlash xalqasi; 10-rotor vali; 11,12-GTM ni kiritish va chiqarish klapanlari.
Ish bajarib bo‘lgan gazlar silindrlardan chiqarish kollektori orqali turbina
g‘ildiragiga kelib uning valini xarakatlantiradi. Turbina g‘ildiragi
bilan bir valda
o‘rnatilgan nasos g‘ildiragi ham aylanib kirituvchi kollektorga havoni majburiy
kiritadi. Silindrga majburiy kiritilayotgan havoni bosimiga qarab puflash past (0,15
MPa gacha), o‘rta (0,22 MPa gacha) va yuqori (0,22 MPa dan ortiq) bo‘ladi.
Gaz trubinali puflash usulini quyidagi afzalliklari bor: dvigatel quvvati
puflash darajasiga
taxminan proporsional ortadi; dvigatel foydali ish koeffitsienti
(FIK) 2…5% ga oshadi; solishtirma yoqilg‘i sarfi 3…5 g/kVt soat ga kamayadi.
Kamchiliklari: tizim qimmatlashadi (dvigatelni tannarxidan 10…15% ga);
turbinali kompressorni qimmatbaho po‘latdan tayyorlanishi; g‘ildiraklarni o‘ta aniq
balansirlanishligi; katta aylanish sonlarida shovqin bilan ishlashi, havoni silindrlarga
qizib kirishi.
TKR-7 trubinali kompressori silindrlardagi bosim darajasini 1,6…2,6 marta
oshiradi. Rotor vali 10da nasosli 1 va trubinali 5 g‘ildiraklar o‘rnatilgan.
Nasos
g‘ildiragi orqasini zichligi xalqa 8 yordamida bajariladi. Trubina g‘ildiragi 5 maxsus
issiqlikka chidamli birikmadan, nasos g‘ildiragi 1 esa konstruksion po‘latdan
5
tayyorlanadi. Turbinali kompressor quyidagicha nomlanadi: TKR-7 rotorli trubinali
kompressor; 7-nasos g‘ildiragini diametri, sm da.
Do'stlaringiz bilan baham: