14-MAVZU:ALGЕBRAIK MATЕRIALLARNI O`RGATISHNING SINFLAR BO`YICHA
TAQSIMLANISHINI DARSLIK ASOSIDA TAHLILQILISH. Reja:
1. Algеbraik matеriallarni o`rgatishning sinflar bo`yicha taqsimlanishini darslik asosida tahlil
qilish.
2.Murakkab harfiy ifodalarga doir misollar.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar.
1. 1-sinf darsligida o`rgatiladigan algebraik materiallarni tahlilni o`tkazish.
2. 2-sinf darsligida o`rgatiladigan algebraik materiallarni tahlilni o`tkazish.
3. 3-sinf darsligida o`rgatiladigan algebraik materiallarni tahlilni o`tkazish.
4. 4-sinf darsligida o`rgatiladigan algebraik materiallarni tahlilni o`tkazish.
5. Ifoda, Sonli va harfiy ifoda tushunchalarini ta’riflarini o`tkazish.
6. Harfiy ifodalarning qanday turlarini bilasiz?
7. Murakkab harfiy ifodalarni bajarish metodikasini ko`rsatib bering.
Harfiy ifodalarni bajaring.
1. Harfli ifodaning qiymatini toping:
a) 128 – b, bunda b = 31; 43; 59. B) b – 18, bunda b = 39; 124; 215.
d) 35 + x, bunda x = 0; 10; 100. E) 125 – x, bunda x = 0; 110; 98.
2. Harfli ifodaning qiymatini toping:
a) (128 – 12b) + (14b – 18), bunda b = 3; 4; 5.
b) (30y – 25) – (20y + 10), bunda y = 4; 8; 10.
3.Asal x yoshda, Sobir undan 8 yosh kichik. Sobirning yoshi qancha?
Agar Asalning yoshi a) 10; b) 14; d) 16 ga teng bo‘lganda, Sobirning yoshi qancha bo‘ladi?
4. Duradgor uch kunda buyurtmani bajardi. Birinchi kuni u 24 ta, ikkinchi kuni
birinchi kundan a
ta ko‘p va uchinchi kuni esa ikkinchi kundan 4 ta kam stul yasadi. a = 8; 10; 12 qiymatlarda
duradgor yasagan jami stullar sonini hisoblang.
5.Harfli ifodaning qiymatini toping.
a) 28 – c, bunda c = 12; 24. b) d – 109, bunda d = 139; 523.
6. Harfli ifodaning qiymatini toping.
a) (19 – 7b) + (9b – 8), bunda b = 1; 2. b) (5a – 3) + (8a + 16), bunda a = 1; 2; 3.
7. Ifodaning qiymatini toping:
a) 260 + b – 160, bunda b = 93; b) а + c, bunda а = 20, c = 70.
15-MAVZU:IKKI O‘ZGARUVCHILI IFODALARNING QIYMATINI BERILGAN
SONLAR ORQALI TOPISH.IFODANING QIYMATINI TOPISH.
Reja:
1. Ikki o‘zgaruvchili ifodalarning qiymatini berilgan sonlar orqali topishni o`rgatish
2. Mavzuga doir mashqlarni metodikasi bilan bajarish.
1-topshiriq. Matematika kechasida Hoshimjon yig‘ilganlarni kuldirish maqsadida baliq
oviga borgani haqida hikoya qilib berdi. U hikoyasida o‘lchov birliklarini ataylab chalkashtirib
aytdi.
Baliq ovida.
Men ertalab uyg‘onib
soatga qarasam, vaqt 4 kg 15 gramm bo‘libdi. Darrov
yuz qo‘limni yuvdim va nonushtada 1 kilometr sut ichib oldim. Kun salqin, 12 soat issiq edi. Ko‘l
tomon yo‘lga chiqdim. Men 2 litr tezlik bilan yurdim va 4 gradus yo‘l bosdim. Ko‘lga 2 metrda
yetib keldim. Tezda baliq ovlashga kirishdim. 20 santimetr vaqt o‘tib
birinchi baliq qarmoqqa
ilindi. Uning uzunligi 50 minut, massasi esa 4 kilometr edi. Men baliq ovidan mamnun bo‘lib
uyga qaytdim.
Hikoyada Hoshimjon yo‘l qo‘ygan xatolarni aniqlang va ularni tuzatib hikoyani qayta
so‘zlab bering.
O`lchov birliklarini to`g`ri qo`yish orqali o`quvchilarda qanday bilimlar
takomillashadi? Siz ham shunga o`xshash hikoya tuzing.
2-masala. ABC uchburchakning AB tomoni BC tomonidan 4 sm qisqa va AC tomonidan esa 3 sm
uzun. Agar AC = 17 sm ekanligi ma’lum bo‘lsa, ABC uchburchakning perimetrini hisoblang.
Harfiy ifodalarni bajaring.
1.
5*(2a+3b)+19c bo`lsa, a=16, b=9, c=23 ifodani qiymatini toping.
2.
3a+7b-c+12m+6n bo`lsa, a=9 b=11 c=7 m=15 n=19 ifodani qiymatini toping.
3.
5b+b:8 bo`lsa, b=56, b=64, b=45 bo`lganda ifodalarni qiymatini toping.
4.
58a+b-76c+28d bo`lsa, a=13, b=12, c=9, d= 11 ifodani hisoblang.
5.
c=380, c=640, c=560, c=189, c=368 bo`lsa, 690-c ifodaning qiymatini toping.
6.
a=32 bo`lganda ifodaning qiymatini toping
3a+18 ( 47-a):3 80-a:8 64+a:16 98*5+a 105+a*8 36*12+5a a*6+56
7.
a+b+3=10 bo`lsa, 3.8a+ 7.7+1.1b+2.5a+11.2+4.6b ifodaning qiymatini toping.
8.
(a+b)(a-b+1)+(a+b-1)-2b ni soddalashtiring.
9.
(a+b)(a+b+2)-(a-b)(a-b-2)ni ko`paytuvchilarga
ajrating
10.
P=(1/3x-1/3y)-(x+2y) va Q=1/3x+1/3y- (x-y) ko`phadlar ayirmasini toping.
11.
Agar bo`luvchi x-2 ga bo`linma x+3 ga, qoldiq 5 ga teng bo`lsa bo`linuvchi
nimaga teng.
12.
(a+3b)(a+b+2)-(a+b)(a+3b+2) ni ko`phad shaklida tasvirlang.
13.
Agar bo`luvchi x-8 ga, bo`linma x+3ga va qoldiq (-6)ga teng bo`lsa
bo`linuvchini toping.
2x(x-1)-(2x+1)(x-2) ko`phadni standart shaklda tasvirlang.