Texnologik sxemaning bayoni



Download 15,07 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi15,07 Kb.
#318751
Bog'liq
DILAFRUZ


Texnologik sxemaning bayoni

Rafinatsiya qilinmagan moy (1) avtomatik tarozida tortilib, (2) bakga kelib

tushadi va (3) filtrlar, (4) nasos, (5) issiqlik almashgichda 45-500 C gacha isitilib,

(6) rotametr orqali (8) aralashtirgichga beriladi. Suv (7) sath stabilizatori, (6)

rotametr orqali (8) aralashtirgichga keladi. Moy va fosfatid emulsiyasi aralashmasi

(9) ekspozitorda 30 min davomida ushlab turiladi, so‘ngra bu erda 13 ayl/min

tezlikda aralashtiriladi, koagulyasiya jarayoni ketadi va fosfatidlar parchasi

kattalashib boradi, keyin esa moy va fosfatid emulsiyasi (10) tarelkali tindirgich

ajratgichda ajratiladi. Fosfatid fraksiyasi (11) bakga yig‘iladi gidratatsiyalangan

moy esa boshqa (13) bakga kelib tushadi. U erdan (14) nasos yordamida (15)

issiqlik almashtirgichga beriladi? rafinatsiyaning keyingi bosqichlariga yuboriladi .

Fosfatid emulsiyasi (12) nasos yordamida fosfatid konsentratini quritishga

yuboriladi.

Gidratatsiyalangan moyni quritish. Nam gidratlangan moyini qisqa vaqt

mobaynida ham saqlash mumkin emas, chunki namlik ta’sirida oksidlanish

jarayoni kechadi. Natijada moyning kislota soni oshib ketadi. Shuning uchun

gidratlangan moy kolonna turidagi uzluksiz ishlovchi vakuum quritish uskunasida

quritiladi.(16) ,beriladi bu erda 90-950 C olib boriladi.

Soya moyni uzluksiz rafinatsiyalashni texnologik sxemasi Rafinatsiya

qilinmagan soy yog‘i (17) nasos orqali (18) baklarga kelib tushadi . U erda nasos

(19) bilan ikkita trubkali issiqlik almashinish apparatiga (20.21) yuboriladi:

Birinchi issiqlik almashinish apparatida (20) suv bilan sovutilsa,

ikkinchisida esa (20) 25-300 C gacha namokob bilan sovutiladi. Sovutilgan yog‘

reaktor-turbulizatorga (22) keladi. Konsentrlangan ishqor eritmasi (42) bakdan (43) nasos bilan (44) filtr orqali (45) bakga yuboriladi, bu bakga tuzsiz suv ham yuboriladi. Nasos-dozator (46) bilan namokobli (47) sovitgich orqali ishqor eritmasi, (22) reaktorturbulizatorga yuboriladi. Hosil bo‘lgan aralashma (23) nasos bilan (24) isitgich (u erda 65-700 C

gacha soapstokning qovushqoqligini kamaytirish uchun qizdiriladi) orqali

fazalarga ajratish uchun (26) tindirgich-ajratgich apparatiga keladi. Yog‘ uzluksiz

ravishda (27) bakga quyilib turadi, u erda qo‘shimcha tindiriladi. (26) Bakda

ajralgan soapstok, asosiy ajralgan soapstok bilan birga qayta ishlash uchun

yuboriladi. Agar kerak bo‘lsa, tindirgich-ajratgich apparatiga tushishdan oldin,

aralashma suv bilan (25) aralashtirgichda aralashtiriladi. Yog‘ (27) bakdan (28)

nasos bilan uzluksiz ravishda yuvish uchun, (29) isitkich orqali (85-900 C gacha

qizdiriladi) pichoqli aralashtirgichga (30) yuboriladi va bir vaqtning o‘zida suv

ham beriladi. Aralashma (31) ajratgichda ajratiladi. Yog‘ (32) isitgich orqali (33)

nasos bilan ikkinchi marta yuvish uchun pichoqli aralashtirgichga yuborilib, (36)

ajratgichda ajratiladi. Ajratgichlardan chiqqan yuvilgan suv (50) yog‘-tutgichga

keladi. Bu erda ajralgan yog‘ (51) nasosbilan (39) bakga yuboriladi, suv esa (52)

nasos bilan tozalash sistemasiga beriladi.Yog‘ (36) isitgichga kelib, keyin vakuum

quritish (37) apparatiga keladi. Quritishdan keyin yog‘ limon kislotasi eritmasi

bilan aralashtiriladi, u (48) bakda tayyorlanadi. Yog‘ vakuum-qurituvchi (37)

apparatdan yog’ (90-950 C) quriniladi (38) nasos bilan rafinatsiyalangan yog‘ uchun

(39) bakga yuboriladi, bakdan qadoqlash bo‘limiga beriladi (40) nasos orqali (52)

toroziga beriladi torozda o‘lchangan rafinatsiyalangan soya moyi (53) oraliq

sig‘imga beriladi bu erda (57) quyish uskunasidan 1.0 va 5.0 (4.2 kg) xajmli pet

itishlaga quyiladi va quyilgan idishlar (59) qopqoq yopish uskunasiga beriladi (60)

chi nazorat stoliga uzatiladi va tayyor quyilgan pet idishlani (61) etiketka

yopishtirish uskunasiga beriladi undan keyin (62) chi bloklash uskunasiga uzatiladi

va lentali transporter (63) orqali omborga beriladi (54) uskunada kompessor

yordamida 1.0 va 5.0 li pet (55) chi qizdirish orqali proformaga keltiriladi, tayyor



pet idishlarni (56) quyish uskunasiga uzatiladi.
Download 15,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish