13
9-rasm. YOpiq turdagi forsunka
1-igna; 2, 9-qistirma; 3-bo‘shliq; 4, 5-teshikchalar; 6-zichlash qistirmasi; 7-filtr; 8-shtutser;
10-rostlash vinti; 11-qopqoq; 12-stopor gaykasi; 13-stakan; 14-prujina; 15-shtanga; 16-
forsunka asosi; 17-o‘rnatish shtifitlari; 18-to‘zitkich; 19-pastki qism; 20-teshikchalar; 21-
qulflash konusi; 22-igna ostidagi xajm.
Belgilangan tezlik rejimini bir tekisda ushlab turish maxsus rostlagich
yordamida bajariladi. Dizellarni aylanishlar chastotasini rostlagichi odatda
YUBYON bilan birga maxkamlanib qo‘yiladi va quyidagi vazifalarni bajaradi:
tashqi muxit xarorati past bo‘lganda hamda dvigatelni engil yurgazib yuborish
uchun yoqilg‘i miqdorini yshbu xolatlarda 1,5…2
marta oshirib beradi; dvigatelni
ishlash sharoitigacha qizdirish vaqtida hamda mashinani vaqtincha to‘xtatib
turilganda dizelni minimal turg‘un aylanishlar chastotasida ushlab turadi; xaydovchi
tomonidan richag orqali belgilangan mashina tezligini uning xarakatlanishiga
qarshilik o‘zgarsa ham
ushbu xolatda ushlab turadi; dizelni maksimal belgilangan
aylanishlar chastotasini cheklab turadi.
Rostlagichlar ikki, uch va barcha rejimlilarga bo‘linadi.
Traktor dizellarni yuklanish tez-tez o‘zgarib turadigan sharoitda ishlaydi,
shuning uchun ularda xam barcha rejimli rostlagichlar qo‘llanadi.
Ushbu
rostlagichlarni asosiy xususmiyatlaridan biri – boshqarish richagi bilan YUBEN
reykasi orasida bevosita bog‘lanish yo‘qligi.
Dizel yurgazib yuborilganda richag 15 ni bolt 16 teggungacha buraladi (10-
rasm, I). Bunda richag 4 va boyitkich 10 prujinalarini cho‘zadi. Prujina 8 asosiy
14
richag 14 ni bolt 19 ga siqib qo‘yadi, prujina 10 esa oraliq richag 18 ni tortqisi 14
hamda nasos reykasi 11 ni chap tomonga siljitadi va shu bilan yoqilg‘i
uzatishni
oshiradi.
Dizel yurgazib yuborilgandan keyin va tirsakli valning aylanishlar chastotasi
oshgandan so‘ng yuk 2 larni markazdan qochma kuchi prujina 10 ni kuchini engib
mufta 1 va richag 13 ni o‘ng tomonga siljitadi, bu esa yoqilg‘i uzatishni kamaytiradi.
Dizelni salt yurishda nominal aylanishlar chastotasi
bilan ishlaganida
dvigatelga xech qanday yuklanish ta’sir qilmaydi, bunda richag 15 (10-rasm, II) bolt
16 ga tiralib turadi. YUk 6 larni markazdan qochma kuchlari prujina 8 kuchi bilan
muvozanatlanadi, oraliq richag 13 esa asosiy richag 14 ga birlashib ikkalasi bitta
richagga o‘xshab xarakatlanadi va nasos reykasi 6 ni tegishli yoqilg‘i uzatish
xolatiga o‘rnatadi.
Dvigatelga ta’sir qilayotgan yuklanish oshirilishida tirsakli valning aylanishlar
chastotasi
kamayadi, binobarin yuklarning markazdan qochma kuchlari ham
kamayadi. Richag 14 va 13 lar, prujina 8 ta’sirida reyka 6 ni chap tomonga siljitadi
va yoqilg‘i uzatishni oshiradi.
Dizel tirsakli valning nominal aylanishlar chastotasida richag 14 (10-rasm, III)
bolt 19 kallagiga juda yaqin keladi. Dizel tirsakli valini maksimal, nominal va ular
oralig‘idagi aylanishlar chastotasi bilan ishlaganida korrektor shtogi 9 prujina 3 ni
siqib asos 12 ichiga joylashib qoladi.
Agar dizel tirsakli valining aylanishlar chastotasi yuklanish oshishi natijasida
nominal aylanishlar chastotasidan kamroq bo‘lib qolsa, richag 14 o‘z xolatini
o‘zgartiradi. Oraliq richag 13 va reyka 11 esa (10-rasm, IV) korrektor prujinasi 3
ta’sirida chap tomonga siljiydi va avval uzatilayotgan yoqilg‘i
miqdorini oshirib,
dizelga vaqtincha ta’sir qilayotgan yuklanishni dvigatelni burovchi momentini
oshirish xisobiga engadi.
Dizelni to‘xtatish uchun richag 15 ni traktor xarakat yo‘nalishi bo‘yicha
oldinga surib qo‘yiladi. Bunda richag 4 prujina 8 orqali asosiy richag 14 ni shpilka
10 ga tiralgungacha siljitadi. Richag 14 ni bolt orqali richag 13 bilan bog‘langanligi
sababli nasos reykasi 6 o‘ng tomonga, ya’ni yoqilg‘i uzatishni to‘xtatgungacha
siljiydi.
Do'stlaringiz bilan baham: