- 38 -
26-rasm. Dekompression mexanizmlarining printsipial sxemalari
a-valikning turtgichiga tasir etish bilan; b-maxsus shtanga bilan koromisloning qisqa
yelkasini ko’tarish xisobiga; d-koromislo uzun yelkasiga valik bilan bosish hisobiga;
e-koromisloning uzun yelkasini bolt bilan bosish hisobiga; 1-valik; 2-turtgich; 3-shtanga;
4-koromislo; 5-koromislo mexanizmining shtangasi; 6-bolt (vint); 7-kontrgayka
Klapan o’zaklari bilan koromislo tayoqchasining orasidagi tirqish (zazor)
kattalashganda klapan mexanizmida taqillashlar paydo bo’ladi, silindrlarni havo bilan
to’ldirish va ularni ishlatilgan gazlardan tozalash yomonlashadi.
Tirqish
kichiklashganda, klapan o’zaklarining yo’naltiruvchi vtulkada tiqilib qolishida,
klapanlar faskasida va ularning uyasida qurum yoki buzilishlar bo’lganda,
prujinaning elastikligi yo’qolganda yoki singanda dvigatel silindrlarida kompressiya
yomonlashadi (pasayadi), kiritish va chiqarish quvurlarida davriy ravishda
qarsillashlar paydo bo’ladi. Bunday nosozliklar natijasida
dvigatelning quvvati
kamayadi va yoqilg’i sarfi ko’payadi.
Texnik xizmat ko’rsatish qoidasiga binoan silindrlar kallagining mahkamligini,
koromislo o’qining tayanchlarini va gaz taqsimlash mexanizmining boshqa detallarini
davriy ravishda tekshirib turish, dekompressiya mexanizmida (A-41, A-01M, D-160
dvigatellarida) klapanlar o’zaklarining uchlari bilan koromislo tayoqchasining
orasidagi tirqishni hamda taqsimlagich valining o’qiy siljishini tekshirish va rostlab
turish kerak.
Klapanlarning o’zak uchlari va koromislo tayog’ining orasidagi tirqish odatda
dvigatelning sovuq holatida rostlanadi. Klapanlardagi tirqishning belgilangan
qiymatlardan chetga chiqishi (katta yoki kichik bo’lishi)
dvigatel tejamkorligiga
salbiy tasir qiladi, yani bunda quvvat kamayadi, yoqilg’i sarfi esa oshadi. Undan
tashqari bunda gaz taqsimlash mexanizmining detallari ishdan chiqadi.
Klapanlar
tirqishining katta bo’lishi va ularning egarlarga zich o’tirmasligi klapan kallagi
faskasi va egarining kuyishiga olib keladi. Tirqish katta bo’lganda, klapan joylashgan
zonada taqillashlar paydo bo’ladi.
Ayrim avtotraktor dvigatellari klapanlarining issiqlik tirqishlari (mm da)
quyidagi jadvalda keltirilgan.
Klapanlar
Dvigatel markasi
M-412
VAZ-2106
4ВТ-3.9
kiritish
0.15
0.15
0.25
chiqarish
0.17
0.15
0.51
- 39 -
Klapanlari yuqorida osma joylashgan A-41 dvigatelida bu tirqish quyidagi
ketma-ketlikda rostlanadi.
1. Dekompression mexanizmining tortqisi bo’shatiladi va silindrlar kallagining
qopqog’i olinadi.
2. Gaykali kalit bilan dekompression mexanizmi qo’shiladi.
3. Birinchi silindr porsheni YCHN holatiga qo’yiladi. Buning uchun birinchi
silindrning kiritish va chiqarish klapanlari yopiq holatiga
kelgunga qadar dizelning
tirsakli vali aylantiriladi. Keyin maxovik karteridan o’rnatuvchi shpilka burab
chiqariladi va uning rezbasiz qismi bilan yana shu teshikka maxovik sirtiga
taqalgunga qadar tiqiladi. Shpilkani bosib turib, u maxovik
sirtidagi chuqurchaga
tushganiga qadar tirsakli val asta-sekin aylantiriladi.
4. Dekompression mexanizmi ajratiladi va shu bilan birinchi silindrning ikkala
klapanlarda klapan o’zagi uchi va karomislo tayoqchasi (boyoq) orasidagi tirqish A
tekshiriladi (3-rasm). U 0.25...0.30 mm bo’lishi kerak.
5. Rostlash vintining kontrgaykasi bo’shatiladi. Undan keyin kontrgaykani kalit
bilan tutib turib vintni burab kiritiladi (agarda tirqishni kamaytirish kerak bo’lsa) yoki
burab chiqariladi (agarda tirqishni kattalashtirish kerak bo’lsa). Kerakli zazor
o’rnatilgandan so’ng, vint 13 kontrgayka 12 bilan maxkamlab qotiriladi va tirqish
yangidan tekshiriladi. Shtanga 14 ni o’z o’qi atrofida burab
uning erkin aylanishiga
amin bo’lgan holda tirqish yangidan tekshiriladi. Birinchi silindr klapanlarini
rostlashni tugallab, shpilkani sug’irib olinadi va uni maxovik karteridagi rezbali
teshikka burab kiritiladi.
Undan keyin birinchi silindr dekompression mexanizmi rostlanadi. Vintlarning
o’qi vertikal holatga kelgunga qadar valikni buriladi va kontrgaykani bo’shatiladi.
Klapan o’zak uchi bilan koromislo tayog’ining orasidagi tirqish 0.25...0.30 mm
bo’lganga qadar vintni burab kiritiladi yoki chiqariladi.
Bu rostlashdan keyin dizelning boshqa silindrlari
klapanlarining tirqishlari
tekshiriladi va rostlanadi. Tirsakli valni birinchi yarim aylanaga (180
0
burchakka)
burab uchinchi silindr klapanlarining tirqishlari rostlanadi. Keyin dvigatel silindrlari
ish tartibiga qarab qolgan silindrlar klapanlaridagi tirqishlar tekshirib rostlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: